oshqozon osti bezi kasalligi Sir emas, ko‘pchiligimiz moddiy ehtiyojlarimizni qondirish uchun ko‘p ishlaymiz. Ba’zida hatto ovqatlanishni ham unutib qo‘yamiz. Unutmasak-da, vaqtimizni, ko‘pincha cho‘ntakdagi «qadri baland» moyanamizni tejab, ishtahamizni «bo‘g‘ib», oshqozonimizni aldab qo‘yamiz. Bundan kimga foyda, kimga zarar? Bu haqda o‘ylashga ham vaqt qurg‘ur izn bermaydi- da. Ammo kun kelib organizm degani «xarxasha» qilib qolsa bormi, terlab, kechalari uxlamay, hatto ovqatlanmay yig‘ib-tergan pullarimizni bir zumda dorixonaga tashlab chiqamiz. Ana o‘shanda do‘ppini boshdan olib, hammasini bamaylixotir o‘ylashga vaqt ham topila qoladi. Mutaxassis pankreatit haqida – Agar odam to‘liq dam olmasa, quruq ovqat bilan kifoyalanib, vaqtni tejab fastfud, ya’ni tez pishadigan taomlarni iste’mol qilsa, organizmda energetik muvozanat buziladi, – deydi oliy toifali gastroenterolog Xolida Ochilova. – Energiyaning ko‘p sarf bo‘lishi esa kasallikning rivojlanishiga turtki beradi. Og‘ir vazifani uddalash uchun organizm zaxiradagi energiyadan foydalanishga majbur. Bunda tamaki, alkogol, qahva «beminnat yordamchi». G‘ayratni oshiruvchi ushbu moddalar umuman bo‘lmaganda edi, tugab bitayotgan ichki rezervlar zudlik bilan o‘zlarining og‘ir ahvoli haqida, albatta, darak berardi: kishini esnoq tutib, ko‘zlari yumilib ketaveradi, odam o‘zini horg‘in his etadi, ertalablari yostiqdan bosh ko‘tarish og‘ir kechadi. Ammo tamaki yoki bir finjon qahvali «nonushta» bu alomatlarni bir zumda daf qiladi, oqibatda tetikkina «ishchan» yana ishga yuguradi. Kun bo‘yi tinmay ishlaydi. Uzoq mehnat kunidan so‘ng o‘zini tartibga solish uchun yana ko‘p-ko‘p qahva, tamakiga ehtiyoj sezadi. Mehnatkashning doimiy «hamrohlari» (qahva, spirtli ichimliklar, tamaki, vaqti-vaqti bilan bo‘ladigan stresslar, qattiq charchash, quruq ovqatlanish) – hammasi birgalikda to‘ppa-to‘g‘ri hech qanday to‘siqsiz bexato otiladigan «zambarak» – oshqozon osti beziga yig‘iladi. Va bunday holatlarning davomiyligi «zambarak»ni portlashga majbur qiladi. Yakun o‘zingizga ayon – pankreatit! Ya’ni o‘z fermentlari hisobiga oshqozon osti bezi to‘qimalari faoliyati buziladi va yallig‘lanadi. Pankreatit rivojlanayotganda bu fermentlar o‘n ikki barmoq ichakka ajralmasdan oshqozon osti bezi to‘qimalarining o‘zida ishlay boshlaydi va uning buzilishiga olib keladi. Bunday paytda bemor qornining yuqori qismida chapdan yoki «ko‘krak osti»dan, bel aylanasida og‘riq paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, ich buzilishi ( ich ketish), yelning ko‘payishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ishtahaning yo‘qolishi ham kuzatiladi. Agar qorinning yuqori qismidagi og‘riq haftasiga uch marotaba bo‘lsa, parhez hamda yashash tarzining tartibga tushishi ahvolning yaxshilanishiga olib kelmasa, albatta, gastroenterolog ko‘rigidan o‘tish shart. Pankreatit kasalligining asorati O‘tkir pankreatit asorati – pankreonekrozda oshqozon osti bezining katta qismida to‘qimalarning o‘lishi (nekroz) kuzatiladi. Bunday paytda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmasa, o‘limga olib borishi mumkin. Davolashda… O‘tkir va surunkali pankreatitni davolayotganda bemor birinchi 2-3 kunda o‘zini ovqatdan tiymog‘i lozim. Bundan tashqari, shifokor maxsus ferment dorilar yozib beradi. Ochlik davridan so‘ng 5-7 kungacha jiddiy parhez tutiladi. Bir kunda kam-kamdan, 5-6 marta ovqatlanish tavsiya etiladi. Ratsiondan achchiq, yog‘li, dudlangan mahsulotlar, xom sabzavot va mevalar, dukkakli, go‘shtli, baliqli, qo‘ziqorinli qaynatmalar, qahva, kakao, mevali, sabzavotli nordon sharbatlar, gazlangan ichimliklar, kvas, sut, asal, shokolad, sirka, murabbolar olib tashlanadi. Spirtli ichimliklarning barcha turi taqiqlanadi. Bir haftadan so‘ng kuchli shamollash o‘tib ketgach ham parhez ushlab turiladi: tabiiy toza oziq-ovqat iste’mol qilinadi. Oshqozon osti bezi xastaligining rivojlanish omillari Ovqatlanish tartibining buzilishi, katta miqdordagi yog‘li taomlarni hisobsiz iste’mol qilish, ratsionda achchiq yeguliklarning ziyodligi, yog‘ va oqsilning ko‘pligi yoki yetishmasligi; chekish – oshqozon osti bezi saratoni xavfini kuchaytiradi; spirtli ichimliklarni haddan ortiq ko‘p iste’mol qilish. Asosan 25-40 yoshli erkaklarda shu vajdan pankreatit o‘tkir turi kuzatiladi; uzoq va tez-tez kuzatiladigan stresslar; parazitar infeksiyalar (lyamblioz) va invaziya (opistorxoz); dori-darmon vositalarini nazoratsiz qabul qilish, o‘z- o‘zini davolash. Foydali tavsiyalar Ishdan tashqari vaqtda ham tinmay ishlaydigan, doimiy stressda yuradiganlar og‘ir ish kunidan so‘ng kuch to‘plashni bilishi kerak. Ruhiy-asab tangligini quyidagi usullar bilan bartaraf etish mumkin: — autogen mashg‘ulotlar yordamida; — suvli muolajalar (issiq vanna – bo‘shashtiradi, sovuq yo iliq dush tetiklashtiradi, lanjlik va horg‘inlikni oladi; — jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanish. Bu stresslar bilan kurashishga yordam berib, kun bo‘yi yig‘ilgan adrenalinlarni organizmdan chiqarib tashlaydi, tanani kislorod bilan to‘yintiradi, mushaklarning faol ishlashi asab tizimi faoliyatini yaxshilaydi; — yashash tarzini bir muddat o‘zgartirish (tabiat qo‘ynida sayr qilish, shahar chetiga, dachaga borish, turistik sayohatlar va hokazo); — xobbi – kolleksiyalash, to‘qish, raqs musiqa va hokazo.
Do'stlar bu guruh yaqinda yopiladi
:♥ Гордый √
Pankreatit —
oshqozon osti bezi
kasalligi
Sir emas, ko‘pchiligimiz moddiy
ehtiyojlarimizni qondirish uchun
ko‘p ishlaymiz. Ba’zida hatto
ovqatlanishni ham unutib
qo‘yamiz. Unutmasak-da,
vaqtimizni, ko‘pincha
cho‘ntakdagi «qadri baland»
moyanamizni tejab, ishtahamizni
«bo‘g‘ib», oshqozonimizni aldab
qo‘yamiz. Bundan kimga foyda,
kimga zarar? Bu haqda o‘ylashga
ham vaqt qurg‘ur izn bermaydi-
da. Ammo kun kelib organizm
degani «xarxasha» qilib qolsa
bormi, terlab, kechalari uxlamay,
hatto ovqatlanmay yig‘ib-tergan
pullarimizni bir zumda
dorixonaga tashlab chiqamiz.
Ana o‘shanda do‘ppini boshdan
olib, hammasini bamaylixotir
o‘ylashga vaqt ham topila qoladi.
Mutaxassis pankreatit
haqida
– Agar odam to‘liq dam olmasa,
quruq ovqat bilan kifoyalanib,
vaqtni tejab fastfud, ya’ni tez
pishadigan taomlarni iste’mol
qilsa, organizmda energetik
muvozanat buziladi, – deydi oliy
toifali gastroenterolog Xolida
Ochilova.
– Energiyaning ko‘p sarf bo‘lishi
esa kasallikning rivojlanishiga
turtki beradi. Og‘ir vazifani
uddalash uchun organizm
zaxiradagi energiyadan
foydalanishga majbur. Bunda
tamaki, alkogol, qahva «beminnat
yordamchi». G‘ayratni oshiruvchi
ushbu moddalar umuman
bo‘lmaganda edi, tugab
bitayotgan ichki rezervlar zudlik
bilan o‘zlarining og‘ir ahvoli
haqida, albatta, darak berardi:
kishini esnoq tutib, ko‘zlari
yumilib ketaveradi, odam o‘zini
horg‘in his etadi, ertalablari
yostiqdan bosh ko‘tarish og‘ir
kechadi.
Ammo tamaki yoki bir finjon
qahvali «nonushta» bu
alomatlarni bir zumda daf qiladi,
oqibatda tetikkina «ishchan»
yana ishga yuguradi. Kun bo‘yi
tinmay ishlaydi. Uzoq mehnat
kunidan so‘ng o‘zini tartibga
solish uchun yana ko‘p-ko‘p
qahva, tamakiga ehtiyoj sezadi.
Mehnatkashning doimiy
«hamrohlari» (qahva, spirtli
ichimliklar, tamaki, vaqti-vaqti
bilan bo‘ladigan stresslar, qattiq
charchash, quruq ovqatlanish) –
hammasi birgalikda to‘ppa-to‘g‘ri
hech qanday to‘siqsiz bexato
otiladigan «zambarak» –
oshqozon osti beziga yig‘iladi. Va
bunday holatlarning davomiyligi
«zambarak»ni portlashga majbur
qiladi.
Yakun o‘zingizga ayon –
pankreatit! Ya’ni o‘z fermentlari
hisobiga oshqozon osti bezi
to‘qimalari faoliyati buziladi va
yallig‘lanadi. Pankreatit
rivojlanayotganda bu fermentlar
o‘n ikki barmoq ichakka
ajralmasdan oshqozon osti bezi
to‘qimalarining o‘zida ishlay
boshlaydi va uning buzilishiga
olib keladi. Bunday paytda bemor
qornining yuqori qismida
chapdan yoki «ko‘krak osti»dan,
bel aylanasida og‘riq paydo
bo‘ladi. Shu bilan birga, ich
buzilishi ( ich ketish), yelning
ko‘payishi, ko‘ngil aynishi, qayt
qilish, ishtahaning yo‘qolishi ham
kuzatiladi. Agar qorinning yuqori
qismidagi og‘riq haftasiga uch
marotaba bo‘lsa, parhez hamda
yashash tarzining tartibga
tushishi ahvolning
yaxshilanishiga olib kelmasa,
albatta, gastroenterolog
ko‘rigidan o‘tish shart.
Pankreatit
kasalligining asorati
O‘tkir pankreatit asorati –
pankreonekrozda oshqozon osti
bezining katta qismida
to‘qimalarning o‘lishi (nekroz)
kuzatiladi. Bunday paytda
jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmasa,
o‘limga olib borishi mumkin.
Davolashda…
O‘tkir va surunkali pankreatitni
davolayotganda bemor birinchi
2-3 kunda o‘zini ovqatdan
tiymog‘i lozim. Bundan tashqari,
shifokor maxsus ferment dorilar
yozib beradi. Ochlik davridan
so‘ng 5-7 kungacha jiddiy parhez
tutiladi. Bir kunda kam-kamdan,
5-6 marta ovqatlanish tavsiya
etiladi. Ratsiondan achchiq, yog‘li,
dudlangan mahsulotlar, xom
sabzavot va mevalar, dukkakli,
go‘shtli, baliqli, qo‘ziqorinli
qaynatmalar, qahva, kakao,
mevali, sabzavotli nordon
sharbatlar, gazlangan ichimliklar,
kvas, sut, asal, shokolad, sirka,
murabbolar olib tashlanadi. Spirtli
ichimliklarning barcha turi
taqiqlanadi.
Bir haftadan so‘ng kuchli
shamollash o‘tib ketgach ham
parhez ushlab turiladi: tabiiy toza
oziq-ovqat iste’mol qilinadi.
Oshqozon osti bezi
xastaligining
rivojlanish omillari
Ovqatlanish tartibining
buzilishi, katta miqdordagi
yog‘li taomlarni hisobsiz
iste’mol qilish, ratsionda
achchiq yeguliklarning
ziyodligi, yog‘ va oqsilning
ko‘pligi yoki yetishmasligi;
chekish – oshqozon osti bezi
saratoni xavfini kuchaytiradi;
spirtli ichimliklarni haddan
ortiq ko‘p iste’mol qilish.
Asosan 25-40 yoshli erkaklarda
shu vajdan pankreatit o‘tkir turi
kuzatiladi;
uzoq va tez-tez kuzatiladigan
stresslar;
parazitar infeksiyalar
(lyamblioz) va invaziya
(opistorxoz);
dori-darmon vositalarini
nazoratsiz qabul qilish, o‘z-
o‘zini davolash.
Foydali tavsiyalar
Ishdan tashqari vaqtda ham
tinmay ishlaydigan, doimiy
stressda yuradiganlar og‘ir ish
kunidan so‘ng kuch to‘plashni
bilishi kerak. Ruhiy-asab
tangligini quyidagi usullar bilan
bartaraf etish mumkin:
— autogen mashg‘ulotlar
yordamida;
— suvli muolajalar (issiq vanna –
bo‘shashtiradi, sovuq yo iliq dush
tetiklashtiradi, lanjlik va
horg‘inlikni oladi;
— jismoniy mashqlar va sport
bilan shug‘ullanish. Bu stresslar
bilan kurashishga yordam berib,
kun bo‘yi yig‘ilgan adrenalinlarni
organizmdan chiqarib tashlaydi,
tanani kislorod bilan to‘yintiradi,
mushaklarning faol ishlashi asab
tizimi faoliyatini yaxshilaydi;
— yashash tarzini bir muddat
o‘zgartirish (tabiat qo‘ynida sayr
qilish, shahar chetiga, dachaga
borish, turistik sayohatlar va
hokazo);
— xobbi – kolleksiyalash, to‘qish,
raqs musiqa va hokazo.