🍃🍃Tirik yetim bo'lib qolgan bolalar🍃🍃

Onasi bir yonda otasi bir yon,
Bolasin o'ylamay yurishar haryon.
Ko'zlari kulsa ham dillari giryon,
Tirik yetim bo'lib qolgan bolalar.
Onasi beshigin ipin yechmagan,
Bolam deb bir bora suyub quchmagan.
Ota-onasi qo'lidan suv ham ichmagan,
Tirik yetim bo'lib qolgan bolalar.
Qalbida ovozsiz, unsiz nolasi,
Ko'nglini ololmas munis xolasi.
Go'yoki cho'qqining so'lgan lolasi,
Tirik yetim bo'lib qolgan bolalar.
Chiqishga tortinar ko'chayu-ko'yga,
Hech kim kutib olmas kelganda uyga.
Shaylanib borolmas bayramu-to'yga,
Tirik yetim bo'lib qolgan bolalar.
Ishqu muhabbatni havas qilmaydi,
Yor bilan yurmoqlik gashtin bilmaydi.
Yig'lasa yig'laru dildan kulmaydi,
Tirik yetim bo'lib qolgan bolalar.
Dunyoda kimlardur tirnoqqa zordur,
Naxotki farzanddan bezor onalar bordur.
Yolg'iz emassizlar Olloxim yordur,
Tirik yetim bo'lib qolgan bolalar.
Achchiq yosh miltirab turar ko'zidan,
Yuraklar qon bo'lar aytgan so'zidan.
Ko'ngli to'lmas ekan sira o'zidan,
Tirik yetim bo'lib qolgan bolalar. 😢
Ba'zi bir qo'shtirnoq ichidagi ota-onalarga Olloxim insof bersin. Qanchadan qancha tirnoqqa zor insonlar bor. Ba'zilar esa o'z jigarbandidan vos kechadi. Afsuuuuus.... 😔
#ĐĮMÆ O4

🍃🍃Tirik yetim bo'lib qolgan bolalar🍃🍃 - 874581186659
🍃🍃Tirik yetim bo'lib qolgan bolalar🍃🍃 - 874581186403
🍃🍃Tirik yetim bo'lib qolgan bolalar🍃🍃 - 874581185891
🍃🍃Tirik yetim bo'lib qolgan bolalar🍃🍃 - 874581186147

Комментарии

Комментариев нет.