Hayrulla Hamidov- "Shayhga"

Qasida yozishga yoqdir niyyatim,
Va lekin nenidir yozmaslik nadir.
Ko'zlarim qarida achchiq tahayyul,
Buyuk ayriliqdan yurak yonadi.
Siz ketib esladim Rasul o'tganin,
Va keldim ilk bora ushbu fkirga,
Qiyin bolgan ekan judaham qiyin,
O'sha payt hazratim Abu Bakrga.
Payg'ambar yotipti hozir ko'milar,
Ashoblar hayrona bu ne sinoat.
Va demoq shu paytda Rasulim ketti,
Alloh mangu qoldi ungadir toat.
Yo'q sizni u qadar ko'kka ko'tarmam,
Bu bopda hatarli bo'lmoq be holis.
Lekin tan olmoqqa majburdir hamma,
Siz olim edingiz rasulga voris!
Manashu olimlik darajangizda,
Sizni suymoqlikka mahkumman bugun!
Boshimni egishga ijozat eting,
Kotarganingiz uchun islomning yukun!
Ha buham Allohning buyuk taqdiri,
Manzilga sezdirmay yetib oldingiz.
Alg'v dalg'ov fitna to'fonlaridan,
Nuhning kemasida ketib qoldingiz!
Bu yerda qoldilar minglab shogirdlar,
Million muhlislar ko'zlari jiq yosh.
Oyning nigohida alam koraman,
Achchiq istirobdan qizarmish quyosh!
Ha Hazrat bu millat baribir buyuk,
Ahir ne zotlarni yetishdirmishdir.
Bir odamga shuncha og'irligu yuk,
Yo Alloh o'zi bir ilhom bermishdir!
Men bir noqis siz bop nimaham derdim,
Bir ko'lmak bololmam ummon qarshida!
Bizku suymaslikka choramiz yo'qdir,
Zero Alloh suysin buyuk arshida!
Men neham derdimki ustoz bu kecha,
Farishtalar qanot yoziblar kelmish!
Baliqlardan tortib gullarga qadar,
Olimlar haqqiga duolar qilmish!
Ustoz men taqdirga otmagum toshlar,
Nechun nima uchun demasman zinhor.
Oqar bo'lsa bordir kozimda yoshlar,
U ham muhabbatim boriga izhor !
Men bu go'zal yurtni qattiq suyaman,
Ha sevgim sababi bisyor judaham.
Olimlar tug'adi asrma asr,
Dardlar ulasharu, ortidan malham!
Negadir ishongim keladi bugun!
Siz ul yon tomonga safar qilgan chog'!
Yurtimning qaysi bir tinch go'shasida,
Tug'lgan bolsa ne olim chaqaloq!
Ahir aytisharku Imomi Azam,
Ketgan sanasida mo'jiza bolib!
Dunyoga kelgandir imom Shofein,
Ilohiy ilmga buloqdek to'lip!
Dingadir to'kilgan jami hasratim,
Ko'nglimham nenidir kutadi jimdir!
Shunday bir niyyatim ketti Hazratim,
O'rningizni yopsin deanda kimdir!
Ha Alloh buyuk zot buyuk chevardir!
Duolarim holis qasam o'ziga!
Avomning holini o'nglamoq uchun,
Olimlar kerakdir zamin yuziga!
Ko'p ulug' zotlarga to'lmish bu tuproq,
Ustida endi yo'q yana bir olim!
Qishning ayozida uzulgan yaproq,
Ko'proq tushungaydir ezilgan holim!
Hazratim men sizni ko'pham maqtamam,
Alloh ulug'lasin deyman u yoqda!
Faqat insonligim tutub qoladi,
Jim yig'lab qo'yaman achchiq firoqda.
Dunyoning besh kuni otarda bir ku,
Chalingay shunhasiz surning ovozi!
Diydor endi aniq mahsharga qoldi,
Bizdan rozi bo'linh biz sizdan rozi!

Комментарии