Respublika ishchi guruhining Quvasoy shahridagi o‘rganishlari davomida aniqlangan muammolar bartaraf etilmoqda

Ayni kunlarda mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish, tashkiliy chora-tadbirlarga ko‘maklashish maqsadida Respublika ishchi guruhi Quvasoy shahrida bo‘lib turibdi.
Xususan, Qo‘chqorchi MFY da Respublika ishchi guruhining o‘rganishlarida bir qator murojaatlar kelib tushdi. Shundan kelib chiqib aholining elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida ko‘chalarning biriga yangi tayanchlarni o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi.
Shuningdek, hududdagi kam ta’minlangan oilalarga 30 donadan parrandalar beg‘araz tarqatildi va fuqarolarning qo‘shimcha daromad manbalari yaratildi.
Huddi shu kabi boshqa tarmoq sohalarida ham aholi muammolarini ijobiy hal etish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
✅ Quvasoy.uz|✅Telegram| ✅Facebook | 📹YouTube |🌐Instagram| 🕊 Twitter

Комментарии

Комментариев нет.