Комментарии
- 11 окт 2017 00:54Madi HodjakeldievUxlaganda burun ichidagi qon tongda dumogdan til (tonoq)ustiga tushib qolishi mumkinmi
- 26 окт 2017 17:50LION 777Manda xam kop qon ketadi.
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
YOSH OILALARGA TIBBIY MASLAXATLAR
:Ulug‘bek ) ) )
"BURUN NEGA QONAYDI"
Burun qonashi— burun bo'shlig'idan qon kelishi. Burunning lat yeyishi yoki shilliq pardasining zararlanishi (tirnalishi, shilinishi, burunni kovlash), organizmning umumiy, asosan, yuqumli kasalliklari (masalan, gripp) Burun qonashiga sabab bo'ladi. Yurak, buyrak, jigar, qon yaratuvchi a'zolar kasallanganda, qon bosimi oshganda ham burun qonaydi. Ba'zan atmosfera bosimi, havo harorati va namligi o'zgarganda, shilliq pardaga muntazam kimyoviy moddalar ta'sir etganda, shuningdek jazirama issiq kunlarda ham Burun qonashi kuzatiladi. Burun qonaganda qon tashkariga chiqmay, ba'zan halqumga qarab oqishi va burni qonayotgan kishi uni bilmay yutib yuborishi ham mumkin. Bunda birdan qon qusish burun qonayotganining aniq belgisi hisoblanadi. Ba'zan qizilo'ngach yoki me'dadan kelayotgan qon ham burundan qon ketishiga sabab bo'ladi. Burun qonaganda boshni baland qilib yotqizish, burun katagiga vodorod peroksid shimdirilgan paxta yoki doka tiqin qo'yish, iloji boricha qonni to'xtatish chorasini ko'rish lozim. Muzdek suvga latta ho'llab qansharga bosish, to'xtayvermasa ensaga muz solingan xalta qo'yish, bular yordam bermasa vrach chaqirish kerak. Botbot Burun qonashi biror kasallik alomati bo'lishi mumkin, bunday hollarda, albatta, tibbiy tekshiruvdan o'tish zarur.
Burun qonaganda birinchi yordam
Burun-nafas olish sistemasini boshlanishi bölib,u jarohat,bosh miyada haroratni ortishi,qon bosimini ortishi,oftob ötishi va boshqa bir qancha sabablarga köra qonashi mumkin.Burundan qon ketgan hech qachon boshni yuqoriga kötarmang,bu qon ichga:nafas olish yoki ovqat hazm qilish a'zolariga oqishi va qon ichki a'zolarda qotib qolib,yallig'lanishga,yemirilishga olib kelishi mumkin.Shu uchun,burun qonaganda,bosh pastga qaratib qon biron narsaga yoki kaftga tomishini ta'minlang.Shu tarzda sovuq suv oldiga darhol boring va burunni chaying,bu hol qon töxtaguncha yoki oqishi kamayguncha davom etsin.Iloji bölsa burunni tashqi tomoniga muz qöyib,ushlab turing.Agar burundan qon oqishi surunkali tus olsa,doktorga murojat eting.