"Sariq kasalligi nima?

"
Sariq kasallik bu bir qator alomatlar majmui bo’lib, biluribin ortishi natijasida teri, ko’z sklerasi, shilliq qavatlar sarg’imtir bo’lib qoladi. Normada bilirubin taloqda kechadigan eritrotsitlarning parchalanishi jarayonida chiqariladi. So’ngra u jigarga o’tadi va metabolik jarayonlarda ishtirok etgach, organizmni tark etadi.
Yuqoridagi bosqichlarning birontasida buzilish bo’lsa, bilirubin birikmasi qonda to’planib, u skleralar va shilliq qavatlarni sariq rangga bo’ylishiga sabab bo’ladi. Nima uchun bunday bo’ladi? Gemoglobin parchalanishi paytida organizmda sariq pigment hosil bo’ladi. Normal holatda u organizmni defakatsiya jarayonida tark etadi. Jigar yetishmovchiligi va safro yo’llari o’tkazuvchanligining buzilishi bilan kechadigan sariq kasalligi rivojlanishida juda ko’p bilirubin qonda qoladi. Bu holda, ushbu moddaning biroz miqdori teri yoki buyraklar orqali chiqariladi.
Ushbu kasallik eng keng tarqalganlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, sariq kasallik ko’pincha iqlimi issiq va sanitariya sharoitlari yomon bo’lgan mamlakatlarda ko’p qayd qilinadi. Masalan, Markaziy Osiyoda deyarli har bir bola ushbu kasallikni boshdan kechiradi. Sharqiy Yevropada virusli kasallikning tarqalganligi yiliga 100 ming aholi boshiga 250 kishini tashkil etadi.
Sariq kasallik qanday gepatit hisoblanadi?
Xalq orasida sariq kasallik deb ko’pincha «gepatit A» yoki «Botkin» kasalligi aytiladi. Bu virusli patologiya organizmning umumiy intoksikatsiyasi va jigar faoliyatining buzilishi bilan birga kechadi. Bundan tashqari, virusli gepatit B va gepatit C, shuningdek, kasallikning autoimmun, mononukleoz, toksik, bakterial, dorivor shakllari mavjud.
Sariq kasallik rivojlanishida inkubatsiya davri bir necha oyga cho’zilishi mumkin. Kasallik davomiyligiga qarab o’tkir, uzoq muddatli yoki surunkali bo’lishi mumkin.
Sariq kasallik alomatlari va belgilari
Kattalarda kasallikning umumiy belgilari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Terining sariqligi;
Jigar va taloq o’lchamining kattalashishi;
Qonda eritrositlarning ortishi;
Qorin sohasida venoz to’r paydo bo’lishi.
Katta yoshlilarda sariq kasalligi terining kuchli qichishi, siydik va najas rangining o’zgarishi bilan namoyon bo’lishi mumkin. Organizmda bilirubinning yuqori kontsentratsiyasi tufayli najas kulrang, siydik esa juda to’q rangga kiradi. Kishi ishtahani yo’qotadi va ko’pincha o’ng qovurg’a ostida spazmatik yoki tortuvchi tabiatli sezilarli og’riqlar tuyadi.
Sariq kasallik rivojlanishi sabablari
Kattalarda sariq kasallikka olib kelishi mumkin bo’lgan ko’plab omillar mavjud:
Jigarda yaxshi yoki yomon sifatli o’sma shakllanishi;
Safro yo’llarining tug’ma patologiyalari;
Parazit mikroorganizmlar bilan kasallanish;
Jigar va o’t pufagi patologiyalari;
Operatsiyadan keyingi asoratlar;
Ayrim dori guruhlaridan foydalanish.
Agar virusli gepatit A bilan kasallanish xavfi haqida gapiradigan bo’lsak, u holda xavf guruhiga aholining quyidagi toifalari kiradi:
Yaqin qarindoshlari virus bilan kasallangan kishilar;
Infektsiyalangan shaxs bilan jinsiy aloqada bo’lgan kishilar;
Ushbu virusning tarqalganligi yuqori bo’lgan davlatga borishni rejalashtirgan kishilar;
Giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar.
Sariq kasalligi turlari
Sariq kasallikning alomatlari va davolash usullari to’g’ridan-to’g’ri kasallikning turi va bosqichiga bog’liq. Bu patologiyaning keltirib chiqargan sababiga qarab farq qiladigan ko’plab shakllari mavjud.
Kon’yugatsion sariq kasallik
Sariq kasallikning bu shakli mustaqil kasallik emas — u bevosita bilirubin konversiyasining buzilishi bilan bog’liq bo’lib, uning organizmdagi miqdorining keskin o’sishiga olib keladi. Bu hodisa yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun odatiy holdir, chunki ulardagi modda almashinuvi jarayonlari hali nomukammal bo’ladi. Biroq, ba’zida kattalarda ham sariq kasallikning bu shakli tashxislanadi. Odatda bu jigarga salbiy omillar ta’siri, masalan, dori vositalarini qabul qilish oqibatida rivojlanadi. Bundan tashqari, kon’yugatsion sariq kas

"Sariq kasalligi nima?" - 868511291435

Комментарии

Комментариев нет.