Xorazm" nomii (toponimi) Avestoda Xvairizem, qadim forsiychada Uvarazmis, lotinchada Chorasmia va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan.
Arabcha yozma manbalarda bu hudud Xvorazm talaffuzida tilga olinadi. "Xorazm" nomining semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. Xorazm tarixining bilimdoni S.P. Tolstov "Xorazm" nomi talqinlari orasida "Quyoshli oʻlka", "Quyoshli yer" deb atalishi haqiqatga eng yaqin etnonimdir deb taʼkidlasada, Xorazmni "Xvarri yoki Xarri (Xurriy) xalqi vatani", "quyosh (xalqi) zamini" deb izohlaydi. Sugʻdshunos olim M. N. Bogolyubovning fikricha, Xorazm alohida 3 ta soʻzdan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu —"yaxshi" "maʼqul", var(vara) — "devor", "marza", "fob", "qalʼa", "qoʻra" degan maʼnolarni bildirgan. Zm (zim, zem) esa — "zamin", "hudud", "diyor", "mamlakat" kabi maʼnolarni anglatgan. Xorazm nomi "oziqlanadigan zamin", boshqasiga ko'ra "past zamin" degan maʼnoni anglatgan.[4] Avestoning "Yasht" qismida Xorazm "Ming irmoqli daryo", "Koʻllar va oʻtloqlarga boy oʻlka" sifatida madh etiladi. Qadimiy Xorazm hududi tabiiy jihatdan 2 mintaqaga ajralgan. Uning shimoliy qismida Amudaryo etaklarida behisob sersuv oʻzanlar, shimoliy va shimoliy sharqqa tomon yastangan keng yaylovlardan iborat bepoyon pastgekisliklar, uning janubiy qismida esa, Murgob va Tajan daryolari vodiylarining kattagina qismi togʻ va adirliklar va ulardan bosh olgan katta-kichik daryo jilgʻalar etaklarida yuzaga kelgan hosildor yerlar joylashgan. Xorazm qadim davrda Tahrirlash Xorazm qalʼalari, miloddan avvalgi V asrdan milodiy VI asrgacha Devoriy rasmlar, Xorazm, Tuproq qalʼa, milodiy II-III asrlar Qadimiy Xorazm mintaqalari hududlarining oʻziga xos tabiati, shubhasiz, qadimiy aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qadimiy madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli taʼsir etgan. Shu boisdan Xorazmning shimoliy qismi (Oqchadaryo deltasi)da miloddan avval IV—III ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi (qarang Kaltaminor madaniyati) yashagan boʻlsa, miloddan avval 2-ming yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor boʻlgan qabilalar (qarang Tozabogʻyop madaniyati va Suvyorgan madaniyati) istiqomat qilgan. Miloddan avval 2-ming yillikning 2-yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va miloddan avval 1-ming yillik boshlari (IX-VIII asrlar) da sugʻorma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan (qarang Amirobod madaniyati). Bu davrda Tozabogʻyop, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan. Ular Xorazmning qadimiy aholisi massagetlarning bevosita ajdodlari boʻlgan. Koʻchmanchi chorvachilik, xususan, yilqichilikning rivoji Xorazm aholisining ijtimoiy hayotiga ham kuchli taʼsir etib, suvoriylar tabaqasini shakllantirgan. Akchaxon qalʼa, devoriy rasmlar, I asr. Xorazmning janubiy qismida joylashgan vodiy va vohalar (Tajan, Herirud, Murgʻob va Gyoksur) da esa miloddan avval VI—III 1-ming yilliklardayoq oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyati qaror topib, taraqqiy qilgan. Bu davrlarda ushbu mintaqa aholisi qabilalar uyushmasiga birlashib, dehqonchilik xoʻjaligida motiga (ketmon)dan tashqari omochdan hamda har xil katta-kichik sugʻorish inshootlaridan ham foydalangan. Avval ular somonli guvalalardan bir xonali, soʻngra esa koʻchalar boʻylab guvala va xom gʻishtlardan bir necha xonali uylar bino qilib, atrofi devor bilan oʻralgan turar joy va istehkomli qishloqlar barpo etgan (qarang Joytun madaniyati va Namozgohtepa). Miloddan avval 2 ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida qadimiy sugʻorma dehqonchilik madaniyatining hududlari sharq va janubiy-sharq tomon kengayib, Herirud vodiysining yuqori oqimigacha yoyilgan. Shu boisdan Avestoda Xvairizem oʻlkasi Areyadan sharqda Hilmand vodiysida joylashgani haqida ishora qilinadi. Arxeologik maʼlumotlarning guvohlik berishicha, aynan shu davrda Amudaryo etaklarida yashagan koʻchmanchi chorvador qabilalarning 1 qismi janub tomon siljib to shimoliy Hindiston hududlariga qadar borib oʻrnashgani kuzatiladi. Miloddan avvalgi VII asrdan antik davrigacha Tahrirlash Miletlik Gekatey (miloddan avval VI asr) maʼlumotlari asosida Gerodot (miloddan avval V asr) axamoniylar davridan avval girkanlar (Kaspiy dengizining janubiy-sharqi, Gurgon daryosi havzasi), parfiyaliklar (Shimoliy Xuroson), dranglar va tamanaylar (Gʻarbiy Afgʻoniston)ning hududlari bilan tutashgan keng oʻlkada xorazmiylar yashagani haqida maʼlumotlar keltiradi. Gerodotning yozishicha, keyinchalik, oʻlka axamoniylarga qaram boʻlib qolgach, togʻ daralaridan oqib tushadigan Akes (Herirud) oʻzani darvozali toʻgʻon bilan bogʻlanib, xorasmiylar (xorazmiylar)ning ekin yerlari suvsiz qolgan. Ular shoh saroyiga borib arzidod qilib, suv uchun alohida soliq toʻlagach, shoh toʻgʻon darvozalarini ochishga buyurgan. Xorazmda zardushtiylikning Olovga sigʻinuvchilar ibodatxonasi topilgan. Ibodatxona qoldiqlari Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi Xumbuz-tepa yodgorligida topilgan. Bu yerda miloddan avval VII asrdan milodiy IV asrigacha sopollar ishlab chiqarilgan. Ushbu hududda topilgan ibodatxona miloddan avval V asr oxiridan IV asr boshigacha mavjud boʻlgan. [5] Qadimgi Hazaraspni nomi "Azar-sipand" (Muqaddas olov) dan kelib chiqqan. Hazarasp Zardushtining va muqaddas "Avesto" kitobini vatani deb taxmin qilinadi. Akademik S. P. Tolstov oʻzining "Qadimgi Xorazm" asarlari va ilmiy maqolalarida Zardushtiylikning muqaddas olovi Hazaraspda yoqilganligini taʻkidlaydi. Buning tasdigʻi Humbuz-tepa ibodatxonasidir.[6] Miloddan avval VI—V asrlarda Xorazm Axomaniylar tomonidan bosib olingan va davlatining 16 satraplik tarkibiga kirgan. Miloddan avval V asr oxiri esa, u alohida satraplik hisoblangan va miloddan avval IV asr boshlarida mustaqillikka erishgan. Манба: Хоразм-википедия.
Xorazm va xorazmliklar
:МАЯ ХАБИБУЛЛИНА
Xorazm" nomii (toponimi) Avestoda Xvairizem, qadim forsiychada Uvarazmis, lotinchada Chorasmia va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan.
Arabcha yozma manbalarda bu hudud Xvorazm talaffuzida tilga olinadi.
"Xorazm" nomining semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. Xorazm tarixining bilimdoni S.P. Tolstov "Xorazm" nomi talqinlari orasida "Quyoshli oʻlka", "Quyoshli yer" deb atalishi haqiqatga eng yaqin etnonimdir deb taʼkidlasada, Xorazmni "Xvarri yoki Xarri (Xurriy) xalqi vatani", "quyosh (xalqi) zamini" deb izohlaydi. Sugʻdshunos olim M. N. Bogolyubovning fikricha, Xorazm alohida 3 ta soʻzdan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu —"yaxshi" "maʼqul", var(vara) — "devor", "marza", "fob", "qalʼa", "qoʻra" degan maʼnolarni bildirgan. Zm (zim, zem) esa — "zamin", "hudud", "diyor", "mamlakat" kabi maʼnolarni anglatgan.
Xorazm nomi "oziqlanadigan zamin", boshqasiga ko'ra "past zamin" degan maʼnoni anglatgan.[4]
Avestoning "Yasht" qismida Xorazm "Ming irmoqli daryo", "Koʻllar va oʻtloqlarga boy oʻlka" sifatida madh etiladi. Qadimiy Xorazm hududi tabiiy jihatdan 2 mintaqaga ajralgan. Uning shimoliy qismida Amudaryo etaklarida behisob sersuv oʻzanlar, shimoliy va shimoliy sharqqa tomon yastangan keng yaylovlardan iborat bepoyon pastgekisliklar, uning janubiy qismida esa, Murgob va Tajan daryolari vodiylarining kattagina qismi togʻ va adirliklar va ulardan bosh olgan katta-kichik daryo jilgʻalar etaklarida yuzaga kelgan hosildor yerlar joylashgan.
Xorazm qadim davrda Tahrirlash
Xorazm qalʼalari, miloddan avvalgi V asrdan milodiy VI asrgacha
Devoriy rasmlar, Xorazm, Tuproq qalʼa, milodiy II-III asrlar
Qadimiy Xorazm mintaqalari hududlarining oʻziga xos tabiati, shubhasiz, qadimiy aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qadimiy madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli taʼsir etgan. Shu boisdan Xorazmning shimoliy qismi (Oqchadaryo deltasi)da miloddan avval IV—III ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi (qarang Kaltaminor madaniyati) yashagan boʻlsa, miloddan avval 2-ming yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor boʻlgan qabilalar (qarang Tozabogʻyop madaniyati va Suvyorgan madaniyati) istiqomat qilgan. Miloddan avval 2-ming yillikning 2-yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va miloddan avval 1-ming yillik boshlari (IX-VIII asrlar) da sugʻorma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan (qarang Amirobod madaniyati). Bu davrda Tozabogʻyop, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan. Ular Xorazmning qadimiy aholisi massagetlarning bevosita ajdodlari boʻlgan. Koʻchmanchi chorvachilik, xususan, yilqichilikning rivoji Xorazm aholisining ijtimoiy hayotiga ham kuchli taʼsir etib, suvoriylar tabaqasini shakllantirgan.
Akchaxon qalʼa, devoriy rasmlar, I asr.
Xorazmning janubiy qismida joylashgan vodiy va vohalar (Tajan, Herirud, Murgʻob va Gyoksur) da esa miloddan avval VI—III 1-ming yilliklardayoq oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyati qaror topib, taraqqiy qilgan. Bu davrlarda ushbu mintaqa aholisi qabilalar uyushmasiga birlashib, dehqonchilik xoʻjaligida motiga (ketmon)dan tashqari omochdan hamda har xil katta-kichik sugʻorish inshootlaridan ham foydalangan. Avval ular somonli guvalalardan bir xonali, soʻngra esa koʻchalar boʻylab guvala va xom gʻishtlardan bir necha xonali uylar bino qilib, atrofi devor bilan oʻralgan turar joy va istehkomli qishloqlar barpo etgan (qarang Joytun madaniyati va Namozgohtepa).
Miloddan avval 2 ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida qadimiy sugʻorma dehqonchilik madaniyatining hududlari sharq va janubiy-sharq tomon kengayib, Herirud vodiysining yuqori oqimigacha yoyilgan. Shu boisdan Avestoda Xvairizem oʻlkasi Areyadan sharqda Hilmand vodiysida joylashgani haqida ishora qilinadi.
Arxeologik maʼlumotlarning guvohlik berishicha, aynan shu davrda Amudaryo etaklarida yashagan koʻchmanchi chorvador qabilalarning 1 qismi janub tomon siljib to shimoliy Hindiston hududlariga qadar borib oʻrnashgani kuzatiladi.
Miloddan avvalgi VII asrdan antik davrigacha Tahrirlash
Miletlik Gekatey (miloddan avval VI asr) maʼlumotlari asosida Gerodot (miloddan avval V asr) axamoniylar davridan avval girkanlar (Kaspiy dengizining janubiy-sharqi, Gurgon daryosi havzasi), parfiyaliklar (Shimoliy Xuroson), dranglar va tamanaylar (Gʻarbiy Afgʻoniston)ning hududlari bilan tutashgan keng oʻlkada xorazmiylar yashagani haqida maʼlumotlar keltiradi.
Gerodotning yozishicha, keyinchalik, oʻlka axamoniylarga qaram boʻlib qolgach, togʻ daralaridan oqib tushadigan Akes (Herirud) oʻzani darvozali toʻgʻon bilan bogʻlanib, xorasmiylar (xorazmiylar)ning ekin yerlari suvsiz qolgan. Ular shoh saroyiga borib arzidod qilib, suv uchun alohida soliq toʻlagach, shoh toʻgʻon darvozalarini ochishga buyurgan.
Xorazmda zardushtiylikning Olovga sigʻinuvchilar ibodatxonasi topilgan. Ibodatxona qoldiqlari Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi Xumbuz-tepa yodgorligida topilgan. Bu yerda miloddan avval VII asrdan milodiy IV asrigacha sopollar ishlab chiqarilgan. Ushbu hududda topilgan ibodatxona miloddan avval V asr oxiridan IV asr boshigacha mavjud boʻlgan. [5]
Qadimgi Hazaraspni nomi "Azar-sipand" (Muqaddas olov) dan kelib chiqqan. Hazarasp Zardushtining va muqaddas "Avesto" kitobini vatani deb taxmin qilinadi. Akademik S. P. Tolstov oʻzining "Qadimgi Xorazm" asarlari va ilmiy maqolalarida Zardushtiylikning muqaddas olovi Hazaraspda yoqilganligini taʻkidlaydi. Buning tasdigʻi Humbuz-tepa ibodatxonasidir.[6]
Miloddan avval VI—V asrlarda Xorazm Axomaniylar tomonidan bosib olingan va davlatining 16 satraplik tarkibiga kirgan. Miloddan avval V asr oxiri esa, u alohida satraplik hisoblangan va miloddan avval IV asr boshlarida mustaqillikka erishgan.
Манба: Хоразм-википедия.