tillarning qorluq guruhiga mansub tillardan; yangi uygʻur tili bilan birgalikda qorluqxorazm guruhchasini tashkil etadi. Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili (1989 yil 21 oktyabr dagi "Davlat tili haqida"gi qonunga muvofik, oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan). Asosan, Oʻzbekistonda, shuningdek, Afgʻoniston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston, RF, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, AQSH, Germaniya va boshqalar mamlakatlarda tarqalgan. Oʻ. t.da soʻzlashuvchilarning umumiy soni 25 mln. kishidan ortiqroq (Oʻzbekistonning oʻzida 18 mln.dan, Tojikistonda 1,2 mln.dan ziyodroq, Afgʻonistonda esa, turli manbalarga koʻra, 2,5 mln.dan 4 mln.gacha, Qirgʻiziston va Saudiya Arabistonining har birida 550—600 mingdan ortiq, Qozogʻiston va Turkmanistonning har birida 320—330 mingdan ortiq) kishini tashkil etadi (2000). Oʻ.t. qipchoq, oʻgʻuz, qorluqchigiluygur kabi 3 ta til birligi sifatida shakllanib, murakkab dialektal tarkibi bilan ajralib turadi. Unda 3 ta asosiy lahja guruhi bor. Bular: 1) qorluqchigiluygʻur lahjasi; 2) qipchoq lahjasi; 3) oʻgʻuz lahjasi. Bu lahja guruhlari tarkibidagi koʻplab shevalar oʻzaro fonetik, leksik va qisman morfologik jihatdan oʻzaro farqtansada, ularning barchasi ham milliy Oʻ.t. ning , adabiy Oʻ.t.ning shakllanishida u yoki bu darajada ishtirok etgan. Oʻ.t.ning lahjalari orasida, odatda, qorluqchigil lahjasi hamda uning tarkibiga kiruvchi shevalar (Toshkent, Andijon, Fargʻona, Namangan, Qoʻqon, Jizzax, Samarqand, Kattaqoʻrgon, Buxoro, Qarshi, Oʻsh, Margʻilon. Jalolobod va boshqalar shaharlarning shevalary) oʻzbek adabiy tilining tayanch shevalari deb hisoblanadi. Oʻzbek adabiy tilining meʼyorlarini belgilashda Toshkent shevasi fonetik jihatdan. Fargʻona, Andijon shevalari esa morfologik jihatdan tayanch shevalar deb olingan. Oʻ.t.ning asosiy fonetik belgilari: tayanch shevalarda, shuningdek, boshqa turkiy tillarda 8—9 unli boʻlgani holda, adabiy Oʻ. t.da 6 unlining mavjudligi; ayrim shevalarga, boshqa bir qancha turkiy tillarga xos boʻlgan lab va tanglay ohangdoshligi (singarmonizm)ning adabiy Oʻ. t.da yoʻqligi, urgʻuning , asosan, soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushishi va boshqalar Morfologik belgilari: otlarning kelishik (6 ta kelishik mavjud), egalik, son (birlik va koʻplik) kategoriyalariga egaligi va shular boʻyicha oʻzgarishi, jins kategoriyasining yoʻkligi; singarmonizm yoʻqligi tufayli soʻz va shakl yasovchi qoʻshimchalarning bir variantligi; sifatlarda daraja kategoriyasining (ozaytirma va kuchaytirma shakllarning) mavjudligi; olmosh va son turqumlarida soʻz yasalishining yoʻqligi; koʻplab ravishlarning oʻziga xos qoʻshimchalar bilan hosil boʻlishi; feʼllarda mayl, nisbat, shaxsson, zamon kategoriyalarining mavjudligi (q. Fel) vab. Sintaktik belgilari: soʻzlar teng va tobe alrqada boʻlib, tobe aloqaning 3 turi (boshqaruv, moslashuv, bitishuv) mavjud; soʻz tartibida aniqlovchi aniqlanmishdan, toʻldiruvchi va hol kesimdan oldin keladi. U.t. soʻz yasalishida affiksatsiya ustunlik qiladi. Leksik tarkibi oʻz va oʻzlashgan qatlamdan iborat: oʻz qatlam umumturkiy va sof oʻzbekcha soʻzlardan tashkil topgan boʻlsa, oʻzlashma qatlamda koʻplab arabcha, forscha, tojikcha, moʻgʻulcha, ruscha va rus tili orqali kirgan baynalmilal soʻzlar bor. Terminologiya, asosan, baynalmilal leksika hisobiga boyib bormoqda. Oʻzbek tiliga soʻz oʻzlashtirish majburiylik asosida emas, tillar rivojlanishining obʼyektiv qonuniyatlariga mos holda amalga oshmoqda. Turkiy xalqlar uchun mushtarak obida hisoblangan urxunenisey tosh bitiklari, Oʻrta Osiyo turkiy xalqlarining umumiy adabiy tili namunalari boʻlgan "Devonu lugʻotit turk", "Qutadgʻu bilig" kabi oʻlmas asarlar oʻzbek xalqi tilining ham dastlabki yozma yodgorliklari hisoblanadi. Eski oʻzbek adabiy tilining shakllanishi 14-asr oxirlari va 15-asrga toʻgʻri keladi. Bu davr adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning ham ilmiy, ham amaliy xizmatlari, adabiy ijodi muhim oʻrin tutadi. Uzbek adabiy tili Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy, Bobur ijodi bilan boshlanib, Ogahiy, Furqat, Muqimiylar ijodida davom etdi, sayqal topdi. Hoz. oʻzbek adabiy tili, eski oʻzbek adabiy tilining davomchisi sifatida 20-asrning 1-choragida qarluqchigil lahjasining Toshkent va Fargʻona shevalari bazasida shakllanadi.
Dunyo tillarini o'rganish va o'rgatish kursi
:Shahiyor Al Buxoriy
Oʻzbek tili — turkiy
tillarning qorluq guruhiga
mansub tillardan; yangi
uygʻur tili bilan birgalikda
qorluqxorazm guruhchasini
tashkil etadi. Oʻzbekiston
Respublikasining davlat tili
(1989 yil 21 oktyabr dagi
"Davlat tili haqida"gi
qonunga muvofik, oʻzbek
tiliga davlat tili maqomi
berilgan). Asosan,
Oʻzbekistonda,
shuningdek, Afgʻoniston,
Tojikiston, Qirgʻiziston,
Qozogʻiston,
Turkmaniston, RF, Turkiya,
Saudiya Arabistoni, Xitoy,
AQSH, Germaniya va
boshqalar mamlakatlarda
tarqalgan. Oʻ. t.da soʻzlashuvchilarning
umumiy soni 25 mln.
kishidan ortiqroq
(Oʻzbekistonning oʻzida 18
mln.dan, Tojikistonda 1,2
mln.dan ziyodroq,
Afgʻonistonda esa, turli
manbalarga koʻra, 2,5
mln.dan 4 mln.gacha,
Qirgʻiziston va Saudiya
Arabistonining har birida
550—600 mingdan ortiq,
Qozogʻiston va
Turkmanistonning har
birida 320—330 mingdan
ortiq) kishini tashkil etadi
(2000).
Oʻ.t. qipchoq, oʻgʻuz,
qorluqchigiluygur kabi 3 ta
til birligi sifatida shakllanib,
murakkab dialektal tarkibi
bilan ajralib turadi. Unda 3
ta asosiy lahja guruhi bor.
Bular: 1)
qorluqchigiluygʻur lahjasi;
2) qipchoq lahjasi; 3)
oʻgʻuz lahjasi. Bu lahja
guruhlari tarkibidagi
koʻplab shevalar oʻzaro
fonetik, leksik va qisman
morfologik jihatdan oʻzaro
farqtansada, ularning
barchasi ham milliy Oʻ.t.
ning , adabiy Oʻ.t.ning
shakllanishida u yoki bu
darajada ishtirok etgan.
Oʻ.t.ning lahjalari orasida,
odatda, qorluqchigil lahjasi
hamda uning tarkibiga
kiruvchi shevalar
(Toshkent, Andijon,
Fargʻona, Namangan,
Qoʻqon, Jizzax, Samarqand,
Kattaqoʻrgon, Buxoro,
Qarshi, Oʻsh, Margʻilon.
Jalolobod va boshqalar
shaharlarning shevalary)
oʻzbek adabiy tilining
tayanch shevalari deb
hisoblanadi. Oʻzbek adabiy
tilining meʼyorlarini
belgilashda Toshkent
shevasi fonetik jihatdan.
Fargʻona, Andijon shevalari
esa morfologik jihatdan
tayanch shevalar deb
olingan.
Oʻ.t.ning asosiy fonetik
belgilari: tayanch
shevalarda, shuningdek,
boshqa turkiy tillarda 8—9
unli boʻlgani holda, adabiy
Oʻ. t.da 6 unlining
mavjudligi; ayrim
shevalarga, boshqa bir
qancha turkiy tillarga xos
boʻlgan lab va tanglay
ohangdoshligi
(singarmonizm)ning adabiy
Oʻ. t.da yoʻqligi,
urgʻuning , asosan,
soʻzning oxirgi boʻgʻiniga
tushishi va boshqalar
Morfologik belgilari:
otlarning kelishik (6 ta
kelishik mavjud), egalik,
son (birlik va koʻplik)
kategoriyalariga egaligi va
shular boʻyicha oʻzgarishi,
jins kategoriyasining
yoʻkligi; singarmonizm
yoʻqligi tufayli soʻz va
shakl yasovchi
qoʻshimchalarning bir
variantligi; sifatlarda daraja
kategoriyasining
(ozaytirma va kuchaytirma
shakllarning) mavjudligi;
olmosh va son
turqumlarida soʻz
yasalishining yoʻqligi;
koʻplab ravishlarning
oʻziga xos qoʻshimchalar
bilan hosil boʻlishi;
feʼllarda mayl, nisbat,
shaxsson, zamon
kategoriyalarining
mavjudligi (q. Fel) vab.
Sintaktik belgilari: soʻzlar
teng va tobe alrqada
boʻlib, tobe aloqaning 3
turi (boshqaruv, moslashuv,
bitishuv) mavjud; soʻz
tartibida aniqlovchi
aniqlanmishdan,
toʻldiruvchi va hol
kesimdan oldin keladi. U.t.
soʻz yasalishida affiksatsiya
ustunlik qiladi. Leksik
tarkibi oʻz va oʻzlashgan
qatlamdan iborat: oʻz
qatlam umumturkiy va sof
oʻzbekcha soʻzlardan
tashkil topgan boʻlsa,
oʻzlashma qatlamda
koʻplab arabcha, forscha,
tojikcha, moʻgʻulcha,
ruscha va rus tili orqali
kirgan baynalmilal soʻzlar
bor. Terminologiya, asosan,
baynalmilal leksika
hisobiga boyib bormoqda.
Oʻzbek tiliga soʻz
oʻzlashtirish majburiylik
asosida emas, tillar
rivojlanishining obʼyektiv
qonuniyatlariga mos holda
amalga oshmoqda.
Turkiy xalqlar uchun
mushtarak obida
hisoblangan urxunenisey
tosh bitiklari, Oʻrta Osiyo
turkiy xalqlarining umumiy
adabiy tili namunalari
boʻlgan "Devonu lugʻotit
turk", "Qutadgʻu bilig" kabi
oʻlmas asarlar oʻzbek xalqi
tilining ham dastlabki
yozma yodgorliklari
hisoblanadi.
Eski oʻzbek adabiy tilining
shakllanishi 14-asr oxirlari
va 15-asrga toʻgʻri keladi.
Bu davr adabiy tilining
shakllanishi va
rivojlanishida buyuk shoir
va mutafakkir Alisher
Navoiyning ham ilmiy, ham
amaliy xizmatlari, adabiy
ijodi muhim oʻrin tutadi.
Uzbek adabiy tili Lutfiy,
Sakkokiy, Navoiy, Bobur
ijodi bilan boshlanib,
Ogahiy, Furqat, Muqimiylar
ijodida davom etdi, sayqal
topdi. Hoz. oʻzbek adabiy
tili, eski oʻzbek adabiy
tilining davomchisi sifatida
20-asrning 1-choragida
qarluqchigil lahjasining
Toshkent va Fargʻona
shevalari bazasida
shakllanadi.