Yana seni o‘ylab ko‘nglim uvishdi. Seni olib ketdi qaysi daryolar? Hamrohing bo‘ldilar qanday sabolar? Xonamga nastarin bo‘yi bo‘yladi, Sochlari rayhonim, seni o‘yladim. Bo‘ying to‘kildimi olis bog‘larga? Ko‘ngling ko‘nikdimi qarg‘a, zog‘larga? Kaptarlar bir-birin suyib o‘pishdi, Xayolim sen tomon qush bo‘lib uchdi. Sen nechun ketding, men nechun ketkazdim? Qanotimga o‘zim shikast yetkazdim. Deraza raxiga boshimni qo‘yib, O‘yladim, yomg‘irsiz o‘tdimi to‘ying? Yig‘lamadim, faqat xo‘rsindim xolos, Boladek jimgina o‘ksindim xolos.
Энг якин дустлар даврасида
:Adham Xushvaqtov
Deraza pardasi yelkanday shishdi,
Yana seni o‘ylab ko‘nglim uvishdi.
Seni olib ketdi qaysi daryolar?
Hamrohing bo‘ldilar qanday
sabolar? Xonamga
nastarin bo‘yi bo‘yladi,
Sochlari rayhonim, seni o‘yladim.
Bo‘ying to‘kildimi olis bog‘larga?
Ko‘ngling ko‘nikdimi qarg‘a,
zog‘larga?
Kaptarlar bir-birin suyib o‘pishdi,
Xayolim sen tomon qush bo‘lib
uchdi.
Sen nechun ketding, men nechun
ketkazdim?
Qanotimga o‘zim shikast
yetkazdim. Deraza raxiga
boshimni qo‘yib,
O‘yladim, yomg‘irsiz o‘tdimi
to‘ying?
Yig‘lamadim, faqat xo‘rsindim
xolos,
Boladek jimgina o‘ksindim xolos.