Navro`z umumxalq bayrami...

Xush kelding Navro`z!
Chechaklar barq urib, keldi Navro`zim,
Don-dunim, osh-nonim ham rizqu ro`zim,
Jaxonga tik boqqan sen qora ko`zim,
Xush kelding Navro`zim, dillarga xamdam,
Bizning quvonchlardan quvonsin olam.
Navro`z umumxalq bayrami

Navro`z umumxalq bayrami... - 771476140073
Sharq xalqlarining mushtarak ijodi.
- Navro`z qadim zamonlardan bizgacha yetib kelgan muxtasham qadriyatlarimizdan biri, baynalminal bayramdir. Uning tarkibiga, qadimgi ota-bobolarimizning mifologik tassavurlaridan tortib bugungi zamondoshlarimizning qarashlarigacha bo`lgan ma'naviyat olami singib ketgan bo`lib, u insoniyat madaniy taraqqiyotining qar bir yutuqidan doimo kuch va quvvat olib turadi.
Sharq xalqlarining eng xayotbaxsh va qadimiy bayrami Navro`zning qachon paydo bo`lgani xususida turli muloxazalar bildirilgan. Atoqli olim Xodi Zarif Navro`zi olamning yoshini kamida uch ming yil, xatto undan ham kattaroqdir deb xisoblaganida to`la xaqli edi. Zero, X asr Buxorolik olimi Narshaxiy, dexqonlarning navro`zda aytiladigan Siyovush nomi bilan bog`liq qo`shiqlari xaqida gapirib, "Bu gaplar bo`lib o`tganiga hozir uch ming yildan ko`proq vaqt o`tdi",- deb yozadi. Bahor va mehnat bayramining paydo bo`lishi haqidagi tarixiy ma'lumotlar davrlar o`tishi bilan turli o`zgarishlarga uchrab, shu kunlargacha yetib kelgan. Ana shunday afsonalarning aksariyati Navro`zi olamning vujudga kelishini afsonaviy Jamshid bilan bog`laydi.
Navro`z xaqidagi qadimgi turk afsonalarida esa bu umumxalq bayramining paydo bo`lishi ajdodlarimizning baxor fasli va ko`klamgi dala ishlarining boshlanishiga aloqador udumlariga bog`lanadi. Navro`z 21 martdan 22 martga o`tar kechasi "Qozon to`la" udumi bilan boshlanadi. Shu oqshomda kechasi bilan ko`pchilik bo`lib sumalak va xalim ham pishirilgan.
Bu taomlar qozoni ertasiga ochilgan. Navro`z "qozon to`ladigan", ya'ni qut baraka tantana qiladigan xalq bayramidir. Navro`zda qozon-qozon sumalaklar qaynashi - to`kin - sochinlik, dalalar serxosilligi, mevaga to`la bog`lar saxovatidan dalolat beradi. Ulus kuni, ya'ni navro`zga bag`ishlangan qozoq xalq qo`shiqlaridan birida:
Ulus kuni qozon to`lsa,
Yil bo`yi sut mo`l bo`lar,
Ulug`lardan olqish olsang,
U yil o`ljang mo`l bo`lar!
Navro`z bayrami, sumalak tantanasi, boychechak, lola sayli bilan bog`liq fol'klor materiallari - xalq qo`shiqlari, e'tiqodlari, bolalar o`yinlari, afsona va rivoyatlari, marosim va udumlarini to`plab, alohida majmua holida nashr ettirish navro`zning qadimiy udumlarini saqlab qolishda katta amaliy axamiyatga ega bo`ladi. Xalqimiz orasida navro`z bilan bog`liq qadimiy qo`shiqlarni, e'tiqod va udumlarni biladigan zukko odamlar ko`p.
Eng kichik yoshdagi kitobxonlar uchun bayram ssenariysi
Qadrli mehmonlar, aziz do`stlar sizlarga qorli tog`lar, qir-adirlar, keng dala va bog`lardan salom keltirdim...
Bolalar - Rahmat senga Gulbahor!
Gulbahor - Aziz do`stlar, hozir dugonam Navro`zoy ham keladi, qani uni kutib oling. ( qarsak chalinadi)
Sho`x kuy yangraydi. Sahnaga aravachada boshida gulchanbar bilan, qo`lida dasta gul bilan, atrofida o`yinchoq qushlar, xashorat va xayvonlar bilan Navro`zoy kirib keladi. Ishtirok etuvchilan uni aravachadan tantana bilan tushiradilar.
Navro`zoy - Salom aziz bolalar!
Salom gul-lolalar!
Salom qadrdonlarim!
Bolalar - Salom Navro`zoy!
Salom qadirdonimiz!
Navro`zoy - Salom ko`m-ko`k bahorim,
Soylari sho`x oqarim.
Xay-xay go`zal jamoling,
Gurkiraydi kamoling...
Gulbahor - qanday go`zal bahor chog`im,
Tabiat ham o`zgach
Keng Vatan, chaman boqing,
Yashnataman kuzgacha!
Qush kelibsiz navbahorim,
Bu diyorga marhabo.
Bolalar - Sarpo kiydi bog` dalam,
Kirda yoqut piyolam,
Oftob shu'lasi alvon,
Kamalak ko`kda narvon.
Navro`zoy- Rahmat bolalar ajoyib qo`shiq aytdingiz. Go`zal diyorimiz gullarga
boy. Ha aytganday, men bilan birga Boychechak, Chuchmomaxon,
Lolaxon ham kelishayotgan edi.
Gubahor- Bolalr ularni qo`shiq bilan kutib olaylik. (Boychechak qo`shig`i ijro
etiladi so`ng sahnaga gullar kirib kelishadi)
Binafsha - Salom do`stlar!
Bolalar - Salom Binafsha
Gulbahor - Bolalr yana qanday gullarni bilasizlar?
Bolalar - Lola, Nastar, atirgul, gulsafsar, gulbeor va boshqalar.
Navro`zoy - Balli bolalar, ko`p gullarni bilar ekansizlar.
Navro`zoy- Bolalar bir topishmoq aytaman kim topadi?
Oqib keldi jildirab,
Oyna kabi yarqirab.
Bolalar - Navro`zoy, bu topishmoqqa bir she'r orqali javob beramiz.
Bog`larda o`ynab oqar,
Ko`zgu kabi obi-hayot...
Navro`z umumxalq bayrami bo`lgani uchun uni bolalarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi.

Navro`z, bu nima o`zi?
Navro`z ayyomining tarbiyaviy ahamiyati juda kattadir - bu kun odamlar bir -birlarini muborakbot etadilar. Yoshlar ota - onalarini, qariyalarni, bemorlarni yo`qlaydilar.
- Bir-biri bilan arazlashib qolgan qo`ni - qo`shnilar yarashadilar.
- Odamlar bir-birlariga yaxshilik qilishga shirinsuxanlik bilan muomala qilishga oshiqadilar. Ko`ryapsizki, Navro`zning ma'naviy jihatlari juda chuqur ildiz otgan.
O`rta Osiyo xalqlari, shu jumladan o`zbeklar qadim zamonlardan buyon Navro`z kunini yangi yilning boshlanishi deb quvonch bilan qarshi olib kelganliklarini, u faqat o`yin - kulgi bayrami emas, balki mehnat yilining boshlanishi ekanini, bahorgi kecha - kunduzx tengligi 21 martga to`g`ri kelishini ham bilib oladilar.
Navro`z - xalqimizning sevimli bayrami.
Navro`z bayramini o`tkazish yosh avlodni tarbiyalashda, xalqimiz ijodiyotining eng yaxshi namunalari misolida uning dunyo qarashini shakillantirishda katta ahamiyatga ega.
Birgina Navro`z emas, balki har - qanday an'ana yoshlarni insonparvarlik, baynalminalchilik, ezgulik ruhida tarbiyalashga yordam beradi.
Navro`z bayramini o`tkazish yuzasidan mahsus tadbirlar ishlab chiqish, yoshlarni xalqimizning milliy madaniyati durdonalari bilan tanishtirish va ularda faol siyosiy va mehnat ko`tarinkiligini uyg`otish imkoniyatini beradi. Navro`zni nishonlashda kutubxonalar, maktablar, turar joylardagi mahalla qo`mitalari, honadonlar atrofidagi tashkilotlar va korxonalar bilan hamkorlikda tayyorgarlik ko`rishlari lozim.
Navro`z tantanalari bir oy davom etadi. Bayramda dala, bog` sayllari o`tkaziladi. Anjumanlarga she'rhonlik qo`shiq aytish, katta xashar uyushtirish, xovli va bog`lar, ariq - anhorlarni tozalash, daraxt va gul ko`chatlarini ekish, maktab va maktabgacha bo`lgan muassasalarni ko`kalamlashtirish ishlari olib boriladi.
"Navro`z" bayramini o`tkazish ssenariysi
Aylabon Lutfiy - karam Navro`zi olam keldilar.
O`smadan qoshi qalam Navro`zi olam keldilar.
Tadbir o`tkaziladigan zal bayram libosida qilib bezatiladi. Zalning to`rida "Assalom Navro`z" yon tomonlarida bahorni madh etuvchi shiorlar yozilgan plakat va lozunglar ilingan bo`ladi. Zalning har to`rt tomonida stollar to`rt -olti kishi o`tiradigan qilib did bilan qo`yiladi.
Dasturxonlar to`shalgan stol usti gul va bahorning tansiq taomlari bilan bezatiladi (Sumalak, ko`k somsa, chuchvaralar, xar-hil o`zbek milliy taomlari).
Dinamik orqali bahor faslini madh etuvchi kuy jarangdor sado berib turadi.
Bayramga maktab o`quvchilari, o`qituvchilar, faxriylar, mahalla oqsoqollari taklif etiladi. Bayramni olib boruvchi barcha bayram qatnashchilarini bezatilgan dasturxonga taklif etadi. Shu tariqa Navro`z bayrami tantanali ravishda boshlanadi.
Boshlovchi: Ona yurtim bag`ring to`lib ol nafas.
Ozodlikning Navro`zlari muborak!
Xar chexrada barq urmoqda istiqlol.
Turkistonim istiqboldan ber darak.
Erk nasimi elaversin gurkirab.
Dala-tuzing chechaklarga burkansin.
Alp o`g`loning tuprog`ingga bosh urib.
Maysalardan birlashmoqni o`rgansin.
Boshlovchi: Assalomu alaykum Navro`z qatnashchilari!
Sizlarni yangi yil bahor bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Aziz mehmonlar! Navro`zning nozu-ne'matiga to`la bo`lgan dasturxon sizga muntazir. Navro`z dasturxoniga marhamat!
Bugungi bayramingiz ko`ngilli o`tsin.
Navbat san'atkorlarga beriladi. Navro`zni madh etuvchi qo`shiqlar zal bo`ylab jaranglaydi.
Boshlovchi: Navro`z! Bahor! Asrlardan beri xalqimizning bunday an'anasi bor. Bu an'anasi Navro`z saylidir. Shoirman, mussavirman, san'atkorman degan kishi borki, bu shodiyonani tasvirlashga albatta urinib ko`radi. Bu shodiyona-dan qalbi larzaga kelmagan ijodkor xali tug`ilmagan. Bu fasl muhabbat va uyg`onish fasli, qo`yi baraka, mehnat va jasorat fasli. Bayram qatnashchilari-ni tabriklash uchun mehmonlarga so`z beriladi.
Boshlovchi:
To`lg`ondi yer, yengil to`lg`ondi.
Bo`sh tuproq bag`rini yorib.
Nozik yashil maysa uyg`ondi.
To`lg`ondi yer, yengil to`lg`ondi.
Navdalarni uchida kulib,
Bahor uyg`ondi...
- Ha bahor uyg`ondi. Bahor bilan birga odamlar qalbida shijoat uyg`ondi.
Dalalar uyg`ondi. Dalalarda jasorat uyg`ondi, mehnat uyg`ondi. Navro`z saylida qaytayotgan dehqon to`g`ri dalasiga yo`l oladi. Navro`z, shu zahmatkash dehqonlar haqqi hurmati qadaming qutlug` bo`lsin.
Tabrik so`zi beriladi. San'atkorlar bahorni madh etuvchi qo`shiqlar kuylaydi. Bayram qatnashchilari raqsga tushadilar.
Boshlovchi: O`ynamoq, kuylamoq kerak
Kelganda Navro`z bayrami
Bog` aro yurmoq kerak.
Kelganda Navro`z bayrami
Lolalar termoq kerak
Kelganda Navro`z bayrami
Gashtini surmoq kerak.
- Ha, bu faslda somsa-yu sumalak pishirish bilan ovvora bo`ladi. Erkaklar ketmon-u o`roq charxlab yerga kerakli bo`lgan asbob uskunalar tayyorlaydilar. Xuddi ana shu kezlarda og`ilxona mollarini oftoboy joylarga olib chiqiladi. Qish bo`yi ifloslangan junlarini yuvib taraladi. Bu faslda yerga ko`chat o`tkaziladi, urug` tashlanadi. Shundan so`ng bir guruh qizlar "Navro`z" haqida she'rlar mushoirasini davom ettiradi. Qizlar she'r o`qiyotganda "Bahor" valsi kuyi san'atkorlar tomonidan ijro etiladi. Navbat san'atkorlarga beriladi.
Boshlovchi:
Lolalar alvon-alvon,
Sumalak berar darmon
Sumalak yetmay qolgan,
Bir umr qilar armon.
- Bilasizmi? "Sumalak" ne deganq "Sumalak" aslida "Sumalak" o`ttiz farishta degani. Sumalak pishayotganda qozon boshida o`ttiz malak o`tiradi. Oshpaz emas o`shalar, pari-yu farishtalar pishiradi. Tong maxali hamma charchab uxlab qolganda farishtalar sumalakga tuz soladilar. Farishtalar qo`lidan tuz yegan sumalak shirin bo`ladi. Ha do`stlar, sumalak - qutluqosh, uni yegan savob topadi.
- Afsona shunday talqin topgan.
Tarixiy guvox berishicha esa "Sumalak" forscha "Samoni" bug`doy maysasi so`zidan kelib chiqqan deb faraz qilishadi. Navbat san'atkorlarga beriladi.
Boshlovchi:
Dimoqqa yalpizlar nafasi urar,
Yurakda muattar chechaklar
Osmonda boshuraziz mehmonim
Navro`zing muborak, O`zbekistonim!
- Ha, ne-ne davrlar o`tdi boshingdan, O`zbekistonim. Ne-ne zamonlar o`tdi. Ne-
ne bo`ronlarda ne-ne g`oyalar yemirilib ketdi.
Lekin xalqning asriy bir an'anasi hamon yashab kelmoqda. Bu mehnat, ezgulikni, bahorni ulug`lovchi umumxalq bayrami "Navro`z" saylidir.
Navbat san'atkorlarga beriladi.
Boshlovchi:
Turnalar yurtinga qaytgani kabi
Bag`ringa qaytmoqda alyor baytlaring
Moviydan xayolchang ko`rinish berar
Ming shukur tabarruk ulug` zotlari
Buyuk daxolarni bergan bo`stonim
Yangi yiling qutlug`, O`zbekistonim...
- Bu faslda odamlar to`da-to`da bo`lib sayrlarga chiqishadi. Bir - birlarini bahor bilan qutlashadi. Bir - birlariga faqat yaxshilik ulashadi. Gullar ulashadi, birga kuylashadi. Odamlar bir-birlariga faqat baxt tilab kuylagan bunday paytda olam sevinchga to`lib ketadi.

Shundan so`ng qiziqarli savol-javob o`yinlari boshlanadi.

Boshlovchi: Maysalarning yashil tug`yoni dilda
Qalblarda nish urgan orzular go`zal
Yurtim tuprog`ingga kirib kelmoqda
Xirotdan Navoiy bitgan shox go`zal
O`zliging muborak, O`zbekistonim
Navro`zing muborak, O`zbeksitonim!
Navro`z bahorning boshlanishi, boychechak bahorning elchisi. Boychechakni ko`rganda faqat ezgu niyat qilish kerak. Shu Navro`z tongida qo`lida boychechak tutib qiyqirib o`ynayotgan shu bolalar baxti uchun ne-ne urushlardan bag`ri kuygan xalqim ulkan koinotdagi mitti sayyora Ona zaminga tinchlik omonlik tilaydi:
Yomon yurmasin, to`zon turmasin.
Gullar so`lmasin, inson o`lmasin.
Hammasin, hammasin osmon asrasin
Dushman hammasin bolalar sasin
Sovuq nafasin olov yamlasin.

Ko`ngilli o`tayotgan "Navro`z" sayli shu tariqada davom etadi.

Комментарии