2 фев 2013

Ichki a’zolar uchun foydalari

Комментарии

  • 2 фев 2013 12:41
    Zaytun moyi issiq yoki sovuq holda
    iste’mol qilinishidan qat’i nazar,
    oshqozon kislotasi miqdorini
    kamaytirish orqali oshqozonni
    gastrit va yaralar kabi kasalliklardan
    himoya qiladi.149 Shuningdek, o‘tni
    harakatga keltirib, uning faoliyatini
    yaxshi-laydi. U o‘t pufagidan
    chiqadigan suyuqlikni tartibga soladi
    va o‘t pufagida tosh paydo bo‘lish
    xavfini kamaytiradi.150 Zaytun
    moyining tarkibida xlorid mavjud
    bo‘lib, u jigar faoliyatiga yordam
    beradi va shu tariqa ortiqcha
    mahsulotlarni tanadan yo‘qotishga
    ko‘maklashadi. U miya arteriyalariga
    ham foydali ta’sir ko‘rsatadi.151
    Zaytun moyi keyingi yillarda,
    ayniqsa, mutaxassislarning e’tiborini
    tortdi.152 Quyida mutaxassislar
    bildirgan ayrim fikrlar keltirilgan:
    Jiin Karper, sog‘liq va oziq-ovqat
    sohasida ko‘zga ko‘ringan
    mutaxassis, CNN axborot
    telekanalining sovrindor muxbiri,
    jurnalist va The Food Farmacy (Oziq-
    ovqat farmatsevtikasi) hamda Food
    Your Miracle Medicine (Oziq-ovqat -
    Sizning mo‘‘-jizaviy doringiz) nomli
    nashrlar muallifi:
    Italiyada olib borilgan yangi
    tadqiqot zaytun moyining tarkibida
    antioksidlovchilar borligini ..., bular
    kasallik jarayonlariga, jumladan,
    arteriya qon tomirlarini to‘sib
    qo‘yuvchi zichligi kichik liporotein
    xolesteriniga qarshi kurashishini
    aniqladi.
    Pat Breyd, parhezshunos va
    ovqatlanish bo‘yicha maslahatchi:
    Zaytun moyining serqirra, ya’ni ko‘p
    xususiyatli ekanligi menga quvonch
    bag‘ishlaydi ... biz u haqida
    qanchalik ko‘p bilsak, uning
    salomatlik uchun qo‘shadigan ulkan
    hissalari haqida ham shunchalik
    bilimgaegabo‘lamiz.
    Doktor Dimitrios Trixopoulos,
    Garvard universiteti Xalq salomatligi
    maktabining Epidimologiya
    boshqarmasi boshlig‘i:
    Agarda amerikalik ayollar tuiingan
    yog‘lar o‘rniga ko‘proq zaytun moyi
    iste’mol qilishganda edi, ko‘krak
    saratoni xavfini deyarli ellik foiz
    (50%) gacha qisqartirishlari mumkin
    edi.
    Zaytun moyi xavfli o‘simtalarning
    prostata, ko‘krak, yo‘g‘on ichak,
    tangachasimon hujayralar va
    qizilo‘ngachga oid ba’zi turlariga
    qarshi himoya ta’siriga ega.
  • 2 фев 2013 12:42
    D. Pek, Mayami universiteti Tibbiyot
    maktabi xodimi:
    Zaytun moyi sichqonlarning immun
    sistemasini kuchaytirganligi
    isbotlandi...
    Bruno Berra, Milan universiteti
    Umumiy fiziologiya va biologik
    kimyo instituti xodimi:
    ...o‘ta musaffo zaytun moyining
    qarshilik ko‘rsatuvchi kichik qismlari
    zichligi kichik liporoteinning
    oksidlanishga bo‘lgan qarshiligini
    sezilarli darajada oshiradi.
    A. A. Revilliz, G. Rikkardi va M.
    Mansini, Neapoldagi Federeko II
    universiteti Ichki tibbiyot va
    metabolik kasalliklar instituti
    xodimlari:
    Zaytun moyi insulin qarshiligining
    oldini oladi va qondagi glyukoza
    miqdorini yaxshiroq nazorat qiladi.
    Patriziya Galleti, Neapol Ikkinchi
    universiteti Tibbiyot va jarrohlik
    fakulteti xodimi:
    Zaynun moyi polifenollarini parhez
    sifatida iste’mol qilish ba’zi
    oshqozon-ichak kasalliklari va
    ateroskleroz kabi reaktiv kislorod
    metaboliti bilan bog‘liq kasalliklar
    xavfini kamaytirishi mumkin. Zaytun
    moyining gidroksitirozoli odamning
    eritroqitlarini oksidlanish
    yetkazadigan shikastdan himoya
    qiladi.
    Frank Saks, Garvard Xalq salomatligi
    maktabi:
    Semizlikni nazorat qilish va
    davolashda zaytun moyiga boy
    taomlar kam yog‘li taomlarga
    qaraganda samaraliroqtsir. Bundan
    tashqari, u ancha vaqt ozishga
    imkon beradi va u bilan ozishni
    davom ettirish osonroq...
    Ko‘rib chiqqanimizdek, bugungi
    kunda ko‘pchilik olimlar zaytun
    moyiga asoslangan ovqatlanish
    tartibi ideal ozuqaviy modelni
    tashkil etadi, deb hisoblashadi.
    Bunday fazilatga ega zaytun mevasi
    va zaytun moyi har bir kishining
    kundalik ovqatlanish dasturidagi har
    bir taomning asosiy tarkibiy qismi
    bo‘lishi kerak. Qur’onning ko‘p
    oyatlarida Alloh tomonidan urg‘u
    berilgan zaytun o‘simligining
    foydalari tibbiyot fanida erishilgan
    yutuqlar natijasida kashf qilindi.
  • 2 фев 2013 12:42
    osmondan sizlar uchun undan
    ichimlik bo‘ladigan suvni
    (yomg‘irni) yog‘dirgan zotdir.
    (Hayvonlaringizni) boqadigan
    giyohlar ham o‘sha suvdan
    (sug‘orilur). U sizlar uchun o‘sha
    (suv) bilan (turli) ekinlarni, zaytun,
    xurmo, uzum va barcha mevalarni
    undirur. Albatta, bu (ish)da tafakkur
    qiladigan qavm uchun alomat
    bordir. («Nahl» surasi, 10-11-oyatlar