Öyinchoq dökoni yonidan ötayotganimda sotuvchi qiz bilan gaplashayotgan 4-5 yoshar bolani kördim.

Qiz unga: "Kechirasan, lekin puling kamlik qiladi bu qög'irchoqqa",- derdi. Bola bölsa mahzunlik b-n puli yetarliligini takrorlardi. U menga qaradi, pulini sanashimni söradi. Uning puli yetarlimasdi. Men buni unga aytdim. U bölsa qög'irchoqqa tikilib qoldida, puli yetarli bölishi kerakligini aytdi. Men undan bu qög'irchoqni kimga olayotganini söradim. U bölsa singlimga, u mani oldimga kelolmaydi, onam kasalxonada og'ir ahvolda dedi. "Adamning aytishlariga qaraganda onam siynimni yoniga ketarkanla, shunga man uladan siynim yoqtirgan qög'irchoqni bervormoqchiman" dedi u. Men shu zahoti uning singlisi olamdan ötganligini bildim. Men unga kel yana sanab köraylik dedim. Va özimi karmonimdan pul qöshdim. Pul yetarlik edi. Xatto ortib qoldi. Shunda bola menga qarab: "Men kecha Xudojondan ertaga pul yetishini sörovdim. Onam oq atirgulni yaxshi köradi. Man unga gul olishni xohlagandim. Lekin Xudojondan buni söramagandim. Endi gul ham olaman" dedi behad xursand bölib. Bola qög'irchoqni bag'riga bosib ketib borarkan, uning ortidan achinib qarab qoldim. Allohdan bu pok qalbli bolani onasidan ayirmasligini söradim. Ertasi kuni gazetadan bir qizcha va onasi avtohalokatga uchraganini, qiz o'sha yerda ölganini, onasi kecha komadan ölganligini öqidimu kechagi bola hayolimdan ötdi. Ösha bolaning uyini qidirib topdim, janoza bölayotgan ekan. Ichkariga kirdim. Bolani qidirdim atrofdan. U közida yosh b-n bir chetda xomush ötirardi. Tobutda uning onasining jonsiz tanasini, qög'irchoq va oppoq atirgullarni olib ketishardi

Комментарии

  • 15 сен 2014 17:36
    Bu achinarli buni uqib turib bir joyida yuragim jiz etti etim jimirlab ketti.
    (singlimga, u mani oldimga kelolmaydi, onam kasalxonada og'ir ahvolda dedi. "Adamning aytishlariga qaraganda onam siynimni yoniga ketarkanla, shunga man uladan siynim yoqtirgan qög'irchoqni bervormoqchiman"-)bu xayot bewavqat