ONA.

Dunyo ishlari deb yelib yugurib.
Yashadim mehrimni özgaga berib.
Sochingiz oqardi kelishim kutib.
Dildan dardingizni olmadim ona.
Kechiring qadringiz bilmadim ona.
Dushmanim döstingman desa ishondim.
Yolg'onla aldasa behad quvondim.
Borimdan ayrilib endi tushundim.
Dunyoda eng yaqin döstim siz ona.
Kechiring qadringiz bilmadim ona.
Osh yesam oshimga zaxar solishdi.
Boshimga ish tushsa tashlab qochishdi.
Ishongan döstlarim eshik yopishdi.
Kulfatda panohim ekansiz ona.
Kechiring qadringiz bilmadim ona.
Taqdir zarbalari ezsa yuragim.
Hech kimga bölmasa nogoh keragim.
Hech zoq eshitmasa dildagi dardim.
Bag'ringizga bosh qöyib yig'ladim ona.
Kechiring qadringiz bilmadim ona.
Bir bora artmadim közda yoshingiz.
Quloqqa ilmadim aytgan sözingiz.
Mendan baxtliroqdur qölda hassangiz.
Farzandlik burchimni qilmadim ona.
Kechiring qadringiz bilmadim ona.
Mol-dunyo pul deya tun u-kun chopdim.
Siz uchun mehrning eshigin yopdim.
Mana pul topdim u sizni yöqotdim.
Kech bildim boyligim ekansiz ona.
Kechiring qadringiz bilmadim ona.
Siz yöqsiz koshonam göyo kulbadur.
Yurakni armonlar har on ezadur.
Mensiz qarshi oldi sìzni tor qabir.
Sizni söngi yölga qöymadim ona.
Kechiring qadringiz bilmadim ona.
KAMOLA CHORIYEVA.
#kamola

ONA. - 859009313331

Комментарии