JONIM BEGIM

Ozorlardan soyangizda panox topay,
Qo'lim tuting baxtdan sarmast yurib chopay,
Davo bo'lgan tabibimning poyin o'pay,
Qalb qo'rimda ardog'lagan jonim begim,
So'zingizni tinglaganda dardim ketar,
Sog'insam gar biling meni xasrat yutar,
Ko'nglim sizdan faqatgina mehir kutar,
Qalb qo'rimda ardog'lagan jonim begim,
Zulmatiga ko'mib qo'ygan edi dunyo,
Shu zulmatda bo'loldingiz menga ziyo,
Borligingiz og'riqlarga malxam go'yo,
Qalb qo'rimda ardog'lagan jonim begim,
Mardim bo'ling xor etmasdan yomonlarga,
Eltib qo'ying g'amdan shodlik tomonlarga,
Yolg'iz qo'ymang ketgunimcha osmonlarga,
Qalb qo'rimda ardog'lagan jonim begim,
Yomon ko'rmang gar qizlardan rashklar qilsam,
Yurak faqat siz deb urar tirik bo'lsam,
O'lmagayman sherlar qolar sizga o'lsam,
Qalb qo'rimda ardog'lagan jonim begim.
GULNOZA

JONIM BEGIM
 - 860913456947

Комментарии