Комментарии

  • 15 июн 2013 11:23
    O`rta Osiyoning ikki
    daryo oralig`idagi yerlari
    qadimdan Xorazm
    nazorati ostida bo`lgan.
    Xorazmning nomi
    Avestoda Xvariazm,
    Bihistun yozmalarida
    Xvarazmish, Arrian va
    Strabonning tarixiy
    kitoblarida Xorasmiya
    sifatida keltiriladi. 8 asrda
    arab istilochilari
    tomonidan vayron etilgan
    Xorazm madaniyati tarixi
    eramizdan avvalgi 1292
    yillarga borib taqaladi.
    Xorazm butun mintaqa
    uchun Avestoning
    muqaddas yeri, qadimiy
    madaniyat markazi
    sanalgan. Eramizdan
    avvalgi 7-6 asrlardayoq
    Xorazm hududida
    davlatchilik tuzilmalari
    mavjud edi. Arxeologik
    ma'lumotlar shundan
    dalolat beradiki,
    eramizdan avvalgi birinchi
    ming yillikning ikkinchi
    choragidayoq Amudaryo
    daryosiga tutashgan
    kuchli irrigasiya tizimi
    mavjud bo`lgan.
    Xorazmda yirik kanallarni
    tashkil etish uchun
    markazlashgan kuchli
    boshqaruv kerak
    bo`lgani tabiiy.
    Eramizdan avvalgi 6-
    asrning o`rtalarida
    Xorazm Fors podsholigi
    tomonidan bosib olingan.
    Forsiylar Xorazmdan turli
    qimmatbaho toshlarni,
    zargarlik va kulolchilik
    mahsulotlarini tashib
    ketgan. Eng yaxshi
    ustalar ham Fors
    podsholari saroyiga olib
    ketilgan. Eramizdan
    avvalgi 5-4 asrlarda
    Xorazm Fors
    podsholigidan ozod
    bo`lib, o`z mustaqilligini
    qayta tiklaydi. Eramizdan
    avvalgi 4-3 asrlarda
    Xorazm yozuvi paydo
    bo`lgan. Xon qarorgohi -
    Tuproq qal'a, qadimiy
    maqbara va rasadxona
    Qo`y- Qirilgan qal'a ham
    o`sha davrlardayoq
    mavjud bo`lgan. Grek
    manbalarining shohidlik
    berishicha, eramizdan
    avvalgi 329-328 yillarda
    Xorazm xoni Farisman
    yunonistonlik Iskandar
    Zulqarnayn (Aleksandr
    Makedonskiy) bilan
    tinchlik bitimi tuzgan.
  • 21 авг 2014 20:16
    Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn
    Ahmad
    Tavalludi 4-sentabr, 973-yil
    Kat, Xorazm, Somoniylar davlati
    Vafoti 11-dekabr, 1048-yil
    (75 yoshda)
    Gʻazna, Gʻaznaniylar davlati
    Istiqomat joylari Kat,
    Ray,
    Gurganj,
    Gʻazna.
    Vatani Xorazm
    Sohasi Fizika,
    Falsafa,
    Antropologiya.
    Akademik rahbarlari Abu Nasr Mansur ibn
    Iroq.
    Mashhur ishlari „Geodeziya“,
    „Hindiston“,
    „Mineralogiya“,
    „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“.
    Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn
    Ahmad (4-sentabr, 973, Kat, Xorazm, — 11-
    dekabr, 1048, Gʻazna) — XI asr qomusiy
    olimi.
    Biografiya
    Turkistonlik ulug' alloma abu Rayhon
    Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim
    qolgan va Iroqiylar xonadonida
    tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili
    Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn
    Ahmad ibn Iroq hisoblanadi.
    Xorazmshohning jiyani — amakisining oʻgʻli
    Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning
    ustozi edi. Beruniy juda yoshligidan ilm va
    fanga qiziqadi. U sevgan fanlar —
    astronomiya, matematika, geodeziya,
    geografiya va mineralogiya edi. U oʻzining
    „Geodeziya“ asarida 990-yil Kat shahrining
    geografik kengligini aniqlaganini yozadi.
    Maʼlumki, geografik kenglikni aniqlash
    uchun geografiya, matematika va
    astronomiyadan yetarlicha bilimga ega
    boʻlish lozim. 995-yil Katni, Xorazmning
    ikkinchi poytaxti, Gurganj (Urganch)ning
    amiri Maʼmun ibn Muhammad bosib oladi.
    Beruniy Iroqiylar xonadoniga mansubligi
    uchun Maʼmunning gʻazabidan qochib, Ray
    shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) keladi.
    U Rayda mashhur olim — matematik va
    astronom al-Xoʻjandiy, tabib va faylasuf ar-
    Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda
    oʻzining „Al-Faxriy sekstanti“ risolasini
    yozadi. 997-yil Beruniy Katga qaytdi. Bu
    davrda Xorazmda oʻzgarishlar boʻlib,
    Maʼmun vafot etib, uning oʻrniga Ali ibn
    Maʼmun taxtga chiqqan edi. 998-yil Beruniy
    Jurjonga keldi. U Jurjonda 1004-yilgacha
    yashaydi. Oʻzining oʻn beshga yaqin asarini
    shu yerda yaratdi. Jumladan, olimning
    „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“
    asari 1000-yil atrofida shu yerda yozilgan.
    1004-yilning bahorida Beruniy Xorazmga
    qaytdi. Bu vaqtda Xorazmning poytaxti
    Gurganj edi. Gurganjda u Oy tutilishini
    kuzatdi. Saroyda al-Masihiy, tabib al-
    Hammar, Ibn Iroq va boshqalar ishlar
    edilar. 1005-yil bahorida buxorolik mashhur
    tabib Abu Ali Ibn Sino ham Gurganjga
    keladi. Gurganjda Beruniy matematika,
    astronomiya bilan bir qatorda fizika va
    mineralogiyaning baʼzi masalalari bilan
    shugʻullandi. Minerallarni aniqlash, ularni
    tizimga solishda solishtirma ogʻirliklardan
    foydalanish gʻoyasi ham mana shu yerda
    tugʻildi. 1017-yil yozida Mahmud
    Gʻaznaviyning buyrugʻiga koʻra Beruniy asir
    sifatida Gʻaznaga olib ketildi. U yerda ogʻir
    sharoitda yashadi. 1019-yildan keyin ilmiy
    ish bilan shugʻullanish sharoitiga erishdi.