Shohmot (shaxmat)ning kelib chiqish tarixi qadimda, Hindistonda to`rt kishi shashxol bilan o`ynagan chaturangaga borib taqaladi. Chaturangada shashxol tashlanganda olti xolli tomon tushsa shoh, besh xolli tomon tushsa farzin yurilgan va hokazo. Hindlar chaturanga donalarini Eron shohiga sovg`a qilgandan keyin bu o`yin asta-sekin dunyoga tarqalgan va qoidalari takomillashib borgan: ikki kishi o`ynagan, inson tafakkurini cheklab qo`yadigan shashxoldan voz kechilgan, o`yinning mohiyati raqib shohini mot qilishga qaratilgan. "Shoh" forscha so`z bo`lib, qadimda mamlakatni idora etuvchi kishi, o`yinda asosiy sipoh nomidir. "Mot" arabcha so`z bo`lib, "o`ldi" ma`nosini anglatadi. Xullas, shohmot hozirgi qoidalar asosida ikki xil rangdagi 64 ta teng katakli taxtada ikki xil rangdagi 16 tadan dona (bittadan shoh va farzin, ikkitadan rux, fil va ot, sakkiztadan piyoda)da o`ynalishi uchun necha asrlar o`tgan.
SHAXMAT KLUBI ♥ CHESS CLUB
:ॐ XUSIN ﮩﮩﮩﮩﮩ Boltayev
SHAXMATNING KELIB CHIQISH TARIXI