"SHAXMAT TAXTASI XAQIDA AFSONA"

bu hikoyani ko'pchilik eshitgan va oz bo'lsada habari bor. Men esa bu hikoya bilan to'liqroq va aniqroq tanishtirmoqchiman.
Kunlarning birida Seta ismli kichik bir olim shaxmat o'yinini ixtiro qiladi, buni xind podshoxi Sheram eshitib qoladi va o'yin bilan tanishib o'rganib chiqadi. Sheram bu o'yinga qoyil qoladi va ixtiro qilgan odamni chaqiradi. Vazirlar bu ixtirochi o'z fuqarosi ekanligini aytib tezda Setani olib kelishadi.
- Seta, tilagingni ayt menga, mening davlatim yetarli seni shaxmatday ajoyib o'yin kashf qilganing b-n taqdirlayman! -debdi shoxanshox Sheram.
- olampanox, menga yaxshilab o'ylab ko'rishim uchun bir kun vaqt bering... debdi Seta uzoq sukutdan so'ng.
Ertasi kuni Seta yana shox huzuriga kelib,
- shoxim, men o'ylab bo'ldim, menga shaxmat taxtasining birinchi katagiga 1 dona bug'doy bering
-nima? bir dona katagi uchun bir dona bug'doy? deb shox achchiqlanibdi.
-ha shunday ikkinchi katagiga 2 ta
uchinchi katagiga 4 ta
to'rtinchisiga 8 ta
beshinchisiga 16 ta
oltinchisiga 32 dona.... deb Seta gapida davom etarkan,
-bo'ldi bas qil, seni tushundim, sen shaxmat taxtasining 64 katagining hammasi uchun o'zing o'ylagandek avvalgidan 2 barobar ko'paytirilgan miqdorda bug'doy olasan. Lekin sen mendan juda kam narsa so'rab meni xafa qilding. Qani bor tashqarida kutib tur, sen so'ragan bug'doyni hizmatkorlar hozir olib chiqib berishadi, debdi shox.
Seta kutib ham o'tirmay to'g'ri uyiga ketibdi. Ertasiga shox Sheram hizmatkorlariga bug'doyni berdinglarmi deb so'rabdi. Vazirlar esa saroyning eng kuchli matematiklari Seta so'ragan bug'doyni xisoblayapdilar debdi. Shoxning jaxli chiqib: -namuncha imillashmasa ular debdi va bir necha kun shu xol takrorlanibdi. Oxiri saroyning katta matematigini chaqirib undan so'rabdi:
-xo'sh Setaga bug'doy berdinglarmi?
-olampanox Setaga beriladigan bug'doy sizda yo'q, u so'ragan miqdor juda katta...
-mayli har qancha ko'p bo'lsa ham beringlar vada qilingan bug'doyni.
-shoxim, butun saltanatingizdan xam, butun yer yuzidagi bug'doylarni yig'sangiz ham Seta so'ragan miqdordagi bug'doyni topib berolmaysiz.
-aytingchi o'sha daxshatli sonni. Debdi shox qaltiragan ovozda.
-o'n sakkiz kvintillion, to'rt yuz qirq olti kvadrillion, yetti yuz qirq to'rt trillion, yetmish uch milliard besh yuz ellik bir ming olti yuzi o'n besh... Seta so'ragan shuncha bug'doyni topishingiz uchun, butun dunyodagi daryolarni quritib, muzliklarni eritib, cho'l, tog' adirlarni shudgor qilib bug'doy eksangiz o'shanda Setani rozi qila olasiz shoxim, debdi saroy matematigi.
Hikoyadagi hisob kitoblarga shubxa qilsangiz, birdan boshlab 1,2,4,8,.... Va boshqa sonlarni ko'paytirib chiqing. Agar to'g'ri xisoblay olgan bo'lsangiz quyidagi bug'doy miqdori kelib chiqadi: 18 446 744 073 709 551 615.
Shunday qilib, 63-chi ko'paytmaning natijasi shoxning qanchalik kalta o'ylaganini, Setaning donoligini isbotlab beradi.

Комментарии

  • 30 мая 2014 17:39
    Agarda, imloviy xatolar bo'lsa hammadan uzur so'rayman.
  • 30 мая 2014 18:36
    адашмасам давоми .шох мот болди деб шахмот деб ном берилган бу уйинга деб эшитудим
  • 30 мая 2014 20:24
    Hа, xikoyalarni turlicha xalqlar turlicha talqin qiladi. Nima bo'lganda xam shaxmatga oid qiziq hikoyalar tarixda anchagina.
  • 30 мая 2014 21:45
    Bu tarixiy qiziqarli masalani xisoblaw uchun  b1=2 q=2 ga teng bo'lgan geometrik progressiyani 64 ta hadini yig'indisini hisoblash kifoya!
    2 ^ 1 2 ^ 2 2 ^ 3  ... 2 ^ 63 2 ^ 64 = S [ 64 ]
    S [ n] = (b 1* (q ^ (n-1)-1 )  / (q-1)
    S [ 64 ] = 2 * (2 ^ 63-1)  / 1= 2 ^ 64- 1=16 ^ 16-2 = (16 ^ 4 ) ^ 4-1=65536^4-1=4295077296^ 2- 1 =18 446 744 073 709 551 615;
    bu son  20 xonadan iborat bu ifoda taxminan 3*10^19ta~4*10^13 tonna bug'doy bo'ladi. Bu haqiqatan ham juda katta miqdor.
  • 1 июн 2014 16:46
    Siz rostdan xam ajoyib matematik ekansiz! Hisoblash yo'lini yozib boshqalarga xam ancha yordam qilganingiz uchun raxmat sizga.
  • 1 июн 2014 22:09
    Arzimaydi