Комментарии
- 19 апр 2015 21:41KASBI E‘LONLARI Расмий группаKasbi tumani tarixini barcha kursin !!! Kasbi tuman Birinchi !!!!!!!! Kasbi peryod.....
- 20 апр 2015 00:33Сохиб ХужаевГап йук
- 20 апр 2015 20:33SANJAR BEKMENING KASBIM MENING FAXRIM
- 4 мар 2016 21:08S A R D O R Q U L D O SH E VAjoyib
- 28 янв 2017 14:44Асомиддин Икромов ответил S A R D O R Q U L D O SH E VAsomiddin ikromov
- 28 янв 2017 14:44Асомиддин Икромов ответил S A R D O R Q U L D O SH E VAsomiddin ikromov
- 9 дек 2017 19:14NODIRBEK SAFAROVKasbi zor
- 9 дек 2017 19:15NODIRBEK SAFAROVKasbiliklar bilan oylab gaplash
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
KASBI E‘LONLARI Расмий группа
Kasbi tumani haqida umumiy malumotlar....
Kasbi tumani - Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1970 y. 16 okt.da tashkil etilgan. Kasbi tumani viloyatning g´arbida joylashgan. Qarshi, Koson, Nishon, Muborak, Bahoriston, Usmon Yusupov tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,65 ming km2. Aholisi 127,6 ming kishi (2000). Kasbi tumanida 10 qishloq fuqarolari yig´ini (Denov, Komilon, Mug´lon, Toshqo´rg´on, Chovqay, Cho´lquvar, Yuksalish, Yangihayot, Qamashi, Katag´on)bor. Markazi � Mug´lon qishlog´i.Tabiati. Kasbi tumani. Qarshi cho´lida joylashgan. Hududida Maymanoq tog´ tizmasi bor. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, quruq va uzok,. Bahor va kuzda yog´in kam. Qishda qor oz yog´adi, qattiq sovuq bo´lmaydi. Yanv.ning o´rtacha t-rasi 00dan 25Ggacha, iyulniki 28,20–31,60. Yil davomida yog´ingarchilik kunlari 58–60 kundan oshmaydi. T-raning yuqoriligi tufayli bug´lanish miqdori yiliga yog´ingarchilikka nisbatan o´n barobar ko´p. Yiliga o´rtacha 270 mm, ayrim yillari 310–320 mm, qurg´oqchilik yillari 100 mm yog´in tushadi. Kasbi tumanining Koson tumani bilan chegarasidan Qashqadaryo oqib o´tadi. Tuprog´i, asosan, bo´z tuproq. Ba´zi joylarda sho´rlangan. Yaylovlarda shuvoq, isiriq, yantoq, jingak, karrak, tuyaqorin, qamish,.yulg´un va b. o´sadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tulki, bo´ri, chiyabo´ri, yumronqoziq, turli xil ilonlar, toshbaqa, kaltakesaklar, kushlardan yovvoyi o´rdak bor.Aholisining aksari qismi o´zbeklar (86,1%); shuningdek, tojik, turkman, qirg´iz, koreys, tatar, ozarbayjon, arman va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 196 kishi to´g´ri keladi (2000).Xo´jaligi. Tuman iqtisodiyotida sanoat va q.x. asosiy o´rinni egallaydi. Kasbi tumanida paxta tozalash zavodi, non k-ti, non sexi, 2 avtokorxona, sutni qayta ishlash korxonasi, mahalliy sanoat korxonasi, bosmaxona mavjud. 170 dan ziyod xususiy savdo i.ch . firmalari, kichik korxonalar, 500 ga yaqin maishiy xizmat ko´rsatish shoxobchasi bor. Q.x.da foydalaniladigan jami yer 50 ming ga, shundan sug´oriladigan yer may-doni 45,5 ming ga. Ekin maydoni 43 ming ga ni tashkil etadi. Shundan 22 ming ga yerga paxta, 16,6 ming ga yerga don ekinlari, qolgan yerlarga sabzavot, poliz, kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. 2 ming ga dan ziyod yer bog´, tutzor va tokzorlardan iborat, 4 ming ga dan ortiq yer yaylov. Kasbi tumanida shirkat va bir jamoa xo´jaliklari, qishloq aksiyadorlik jamoasi, 2 q. x. paychilik jamiyati, parrandachilik xo´jaligi faoliyat ko´rsatadi. Bir xo´jalik chorvachilikka, bir xo´jalik bog´dorchilikka ixtisoslashtirilgan. Tuman hududida O´zbekiston paxtachilik i.t. institutining Qashqadaryo filiali joylashgan, tajriba sinovlari Alisher Navoiy nomidagi shirkat xo´jaligida olib boriladi. Chorvachilikda qoramolchilik asosiy o´rinni egallaydi. Kasbi tumanida 49,3 ming bosh krramol, 76,6 ming qo´y-echki, 148,9 ming parranda, 933 ot boqiladi (1998). Pillachilikni rivojlantirishga ham ko´p ahamiyat berilmoqda.53 umumiy ta´lim maktabi, internatlitseyi, gimnaziya, 3 kasb-hunar maktabi, sport, musiqa maktablari, iqtisodiy ta´lim markazi, madaniyat va istirohat bog´i, 28 kutubxona, 10 madaniyat uyi, 9 klub, stadion, tennis korti, 21 sport zali, 24 futbolva 19 basketbol maydonlari bor. 50 o´rinli nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi, 325 o´rinli 2 kasalxona, 200 o´rinli kunduzgistatsionar, 12 qishloq vrachlik punkti, 11 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 26 feldsher-akusherlik punkti, 3 poliklinika, 9 dorixona mavjud. 1100 ga yaqin oliy va o´rta maxsus ma´lumotli tibbiyot xodimi ishlamoqda. 1971 y.dan "Sadoqat" tuman gaz. chiqadi (adadi 900).