Комментарии

  • 28 июл 2013 12:18
    Tovushga va holatga
    taqlidni bildirgan
    so’zlar taqlid so’zlar
    deyiladi. Bunday so’zlar
    mano jihatidan ikki
    turga bo’linadi:   1.Tovushga taqlid
    bildiradigan so’zlar:
    gumbur-gumbur, dup-
    dup, duk-duk, shiq-shiq,
    qiy-chuv, taq –tuq,
    g’arch-g’urch, inga- inga, pix-pix, qult-qult,
    bidir-bidir, vov, uv, irr,
    mo’o’, maa, baa, mee,
    ing-ing, ang-ang,
    miyov, vaq-vaq, qu-qu,
    qa-qa, g’a-g’a, qag’- qag’, pit-pildiq, parr,
    viz-viz.   2.Holatga taqlid
    bildirgan so’zlar: yalt-
    yult, apil-tapil, g’uj-g’uj,
    yarq-yurq, jimir-jimir,
    milt-milt, lip-lip, pildir-
    pildir, hang-mang, jilpang-jilpang, alang-
    jalang, mo’lt-mo’lt, lop,
    likang-likang, qilpang-
    qilpang, salang-salang,
    g’ivir-g’ivir, dik-dik, lik-
    lik, hilp-hilp, duv-duv, pir-pir, lang, dang, hil-
    hil, kabi.   Taqlid so’zlar yakka
    holda, juft holda va
    takrorlangan holda
    qo’llanadi. Juft va
    takrorlangan taqlid
    so’zlar orasiga chiziqcha qo’yiladi.
     Taqlid so’zlar mustaqil
    so’zlar kabi gap bo’lagi
    bo’la oladi: Shamol g’ir
    –gi’r (hol)esmoqda.
     Tovushga taqlid so’zlar ba’zan otlashib, ko’plik,
    egalik va kelishik
    qo’shimchalarini qabul
    qiladi: Odamlarning
    g’ovur- g’ovuri bosildi.
    Yuragining duk-dukini eshitdi. Keyingi mavzu:
    Sintaksis