Akajon

Yiqilsam qo’limdan tutgan,
Yig’lasam meni yupatgan.
Meni jonidan ortiq suygan,
Qalbdagi tog’im akam.
Doim tirgagim bo’lgan,
To’g’ri yo’lni ko’rsatgan.
Qo’limdan doim tutgan,
Jigarbandim akajon.
Meni doim o’ylagan,
Doim ko’nglimni ovutgan.
Do’st-u dushmanni tanitgan,
Mehribonim akajon.
Sog’liq tilayman sizga,
Sizday aziz insonga.
Omon bo’ling akajon,
Akajonim akajon.

Комментарии