Bizning qanchalik kambag‘al
ekanligimizni ko‘rsatib
berganingiz uchun sizga katta
rahmat
Bir shaharda
yashaydigan o‘ziga
to‘q bir oila boshlig‘i
o‘g‘liga kambag‘allik
bilan zo‘rg‘a kun
o‘tkazadigan
odamlar ham borligini ko‘rsatish
maqsadida uni bir bechorahol
kishinikiga tunashga olib boribdi.
U yerda bir kechani o‘tkazib
qaytgandan so‘ng padari buz-
rukvori o‘g‘lidan taassurotlarini
so‘rabdi.
"Ota, men juda ko‘p narsani
ko‘rdim. Bizning birgina itimiz
bor, ularda esa to‘rtta ekan.
Hovlimizda cho‘milish uchun
hovuz bor, ularda esa keng
daryo. Bizning chiroyli yaltiroq
tomimiz bor, ularda esa oy va
yulduzga to‘la osmon. Bizning
katta hovlimiz va bu yerda
bog‘imiz bor, ularda esa butun
boshli o‘rmon.”
Farzandi hayajon bilan o‘z
fikrlarini ifodalar ekan, otasi aql-
hushini butunlay yo‘qotib
qo‘ygan edi.
"Bizning qanchalik kambag‘al
ekanligimizni ko‘rsatib
berganingiz uchun sizga katta
rahmat”, - debdi o‘g‘li
Hayotda nimalarimiz bor
ekanligining o‘lchovi
dunyoqarashimizdan kelib
chiqadi.
Agar bizda muhabbat, do‘stlik,
sog‘liq, tabassumga moyillik va
ijobiy fikrlash mavjud bo‘lsa,
hamma narsaga egamiz.
Aksiga, dunyoqarashimiz juda
ham tor bo‘lsa, unda bizga dunyo
zulmat...!!!
Hikoyani davomini o'qish uchun sizni Ehtiros.ru saytiga taklif qilaman,
Kiring ro'yxatdan o'ting, afsuslanmaysiz,
Faol bo'lganlarga Moderator lavozimini beramiz.