töxtatishsin..." Oyi, biroz tobim yo'qroq, bugun o'qishga borgim kelmayapti,- dedim ertalab ishga ketayotgan onamga. - Voy nima bo'ldi, qayering og'riyapti,- peshonamni ushlab tashxis qo'yishga shoshdi onaginam. - Yo'q, hech narsa biroz o'ng biqinim bilan belim og'riyapti, xolos. Kecha o'qishda biroz sinf xonalarini tozalagan edik, shunda urinib qoldim shekilli. - Voy biram nozik-ey, shu qizingiz,- gapni hazilga burib qo'shildi opam,- darrov urinib ham qolibdilar. -Hechqisi yo'q, bugun biroz dam olay ertaga tuzalib qolaman,- dedim xavotirga tushgan onamni tinchlantirish uchun. Onam uzun nasihatlaridan so'ng ishga, opam esa o'qishga ketishdi. Men esa goh kuchayib, goh tinayotgan og'riqqa e'tibor bermay uylarni saranjomlashga tushdim. Ammo yaxshigina kasal bo'lgan ekanman shekilli, bir zumda charchab qoldim. Biroz tin olish uchun o'rnimga yotdim. Uxlab qolibman, tushimda shunaqangi go'zal joylarda yurgan emishmanki, naqd jannat deydi odam. Uyg'onganimda tush sababmi yoki boshqami o'zimni juda yaxshi his qilardim. Kayfiyatim ham ko'tarinki. Ammo bu vaqtincha tuzalish ekanligi keyin bilindi. Bir necha kun o'tdi hamki, tuzalish o'rniga kasalim kuchaya boshladi. O'qishga umuman bora olmay qoldim. Tez charchab, holdan toyadigan, birpasda ko'zim tinib ko'nglim behuzur bo'ladigan bo'lib qoldi. Bundan battar xavotirga tushgan onam shifokorga ko'rinishim kerakligini ta'kidlay boshladi. -Oyi, nima qilasiz bosh og'riq qilib, o'tib ketadi, qonim kamayib ketgan bo'lsa kerak,- deymanu, lekin o'zim ham biroz qo'rqa boshladim. Xavotirga tushganim bejiz emas ekan. Qo'yarda qo'ymay oyim doktorga olib bordilar, turli analizlardan so'ng ham kasalligim sababini bila olishmadi. Endi kunim turli kasalxonalar-u, analiz topshirish bilan o'tadigan bo'lib qoldi. -Opa, qonimni analizga olaverib- olaverib qoldirishmadi shekilli,- deyman kulib. Oxir oqibat tomografiyaga jo'natishdi. Doktor tomografiyadan so'ng onamga bir nimalar dediyu, sizni xonamda kutaman, deb xonasiga kirib ketdi. -Sen uyga ketaver bolam, charchading. Men doktor bilan natijalar haqida gaplashib olishim kerak ekan. Ortlaringdan men ham boraman, dedilar, ammo ko'zlari xavotir uchqunlarini yashira olmadi. Biroz ko'nglimga xijillik kirdi. -Yur, ko'nglim ozib ketdi bu kasalxonalar hididan, ketdik endi,- opam shunday deya, qo'llarimdan sudragudek qilib olib ketdi. Uyga kelganimizga bir necha soat bo'ldi, ammo hali oyimdan darak yo'q. Tinchlikmikin, nega kelmayaptilar? Hayolimga har xil be'mani fikrlar o'rmalay boshladi. -Opa, oyim kelmayaptilar? Tinchlikmikin ishqilib? -Kelib qoladilar, nima oyim kichkina bolamidiki... ko'p xavotir olaverma. Shu payt darvozadan oyim ko'rindilar. Ko'zlari yoshdan qizargan, ammo mendan yuzlarini yashirishga harakat qilayaptilar. Darrov gap nimada ekanligini tushundimu, tomog'imga bir narsa tiqildi. Qanchalik yig'lamaslikka harakat qilsam ham ko'zlarim yoshga to'ldi. Tomog'imni achitgan narsa kattalasha boshladi go'yo. Oyim yugurib kelib meni quchoqlab oldilar. -Ahvolim og'ir ekanmi?– dedim sekingina oyimni pinjiga suqular ekanman. -Bolam, tuzalib ketasan, doktor aytdi... – dedilar, ammo shu payt lablarini tishlaganlarini sezdim. Dadam olamdan o'tganlaridan beri lablarini tishlashni odat qilganlar. Yig'lab yubormaslik uchun shunday qiladilar. Ahvolimning kundan kunga jiddiylashayotganidan o'zim ham og'ir xasta ekanimni bilar edimu, lekin buni tan olishga kuchim yetmasdi. Shu kundan keyin kasalxonalarga ko'chib o'tdim desam xato bo'lmaydi. Turli kasallar, turli hayot, turli insonlar... Kasalxonada tanishgan insoningga birinchi bergan savoling: -Sizni qayeringizda kasal? - deb so'rash bo'larkan. Yonimda bir qiz yotardi, har 6 oyda bir kelib himiya terapiya olib ketarkan. Himiya terapiyadan so'ng uning yonida yotish mening azoblarimga o'n chandon azob qo'shardi. Uning qiynalishini, ingrashini ko'rib qo'rqib ketardim. Sochlari to'kilib ketgan, beto'xtov ko'ngli aynib, yegani oshqozonida turmasdi. Lekin eng og'iri kundan kunga mening köyimda ado bo'layotgan, so'nib borayotgan onamni ko'rish edi. Olgan muolajalarim foyda bermadi, endi menga ham o'sha ximiyadan yuborishadigan bo'lishdi. Birinchi marta sochlarimning tutam-tutam bo'lib to'kilayotganini ko'rganimda qo'rqib ketdim. Kipriklarimning bitta bitta to'kilishi esa mening umidimga o'xshardi. Ammo inson har bir narsaga ko'nikkani kabi men ham ko'nikdim. Faqat ko'nglim ag'darilishiga ko'nika olmasdim. Ovqatga qaragim ham kelmasdi, ammo onamning menga tikilgan mungli ko'zlarini ko'rib yeyishga majbur bo'lardim. So'nib qoldi onaginam... Mening esa kundan kunga tuzalishga umidim so'nib borardi.
Uchquduq yigitlari va qizlari uchun
"Ayting, yuragimni
töxtatishsin..."
Oyi, biroz tobim yo'qroq,
bugun
o'qishga borgim
kelmayapti,- dedim ertalab ishga
ketayotgan onamga.
- Voy nima bo'ldi, qayering
og'riyapti,- peshonamni ushlab
tashxis qo'yishga
shoshdi onaginam. - Yo'q, hech
narsa biroz o'ng
biqinim bilan belim og'riyapti,
xolos. Kecha o'qishda biroz
sinf
xonalarini tozalagan edik,
shunda urinib qoldim shekilli. -
Voy biram nozik-ey, shu
qizingiz,- gapni hazilga burib
qo'shildi opam,- darrov urinib
ham qolibdilar.
-Hechqisi yo'q, bugun biroz
dam olay ertaga tuzalib
qolaman,-
dedim xavotirga tushgan
onamni tinchlantirish uchun.
Onam uzun nasihatlaridan
so'ng
ishga, opam esa o'qishga
ketishdi. Men esa goh
kuchayib,
goh tinayotgan og'riqqa
e'tibor bermay uylarni
saranjomlashga tushdim.
Ammo yaxshigina kasal
bo'lgan ekanman shekilli, bir
zumda charchab qoldim. Biroz
tin
olish uchun o'rnimga yotdim.
Uxlab qolibman, tushimda
shunaqangi go'zal joylarda
yurgan emishmanki, naqd
jannat
deydi odam. Uyg'onganimda
tush sababmi yoki boshqami
o'zimni juda yaxshi his qilardim.
Kayfiyatim
ham ko'tarinki. Ammo bu
vaqtincha tuzalish ekanligi
keyin
bilindi. Bir necha kun o'tdi hamki,
tuzalish o'rniga kasalim
kuchaya
boshladi. O'qishga umuman
bora
olmay qoldim. Tez charchab,
holdan
toyadigan, birpasda ko'zim
tinib
ko'nglim behuzur bo'ladigan
bo'lib qoldi. Bundan
battar xavotirga tushgan onam
shifokorga ko'rinishim
kerakligini ta'kidlay boshladi.
-Oyi, nima qilasiz bosh og'riq
qilib, o'tib ketadi, qonim
kamayib ketgan bo'lsa kerak,-
deymanu,
lekin o'zim ham
biroz qo'rqa boshladim.
Xavotirga tushganim bejiz
emas ekan. Qo'yarda qo'ymay
oyim doktorga olib bordilar,
turli
analizlardan so'ng ham
kasalligim
sababini bila
olishmadi. Endi kunim turli
kasalxonalar-u, analiz
topshirish
bilan o'tadigan bo'lib qoldi.
-Opa, qonimni analizga
olaverib-
olaverib qoldirishmadi shekilli,-
deyman kulib. Oxir
oqibat tomografiyaga
jo'natishdi. Doktor
tomografiyadan so'ng onamga
bir nimalar dediyu, sizni
xonamda kutaman, deb xonasiga
kirib ketdi.
-Sen uyga ketaver bolam,
charchading. Men doktor bilan
natijalar haqida gaplashib
olishim
kerak ekan. Ortlaringdan men
ham boraman, dedilar, ammo
ko'zlari xavotir uchqunlarini
yashira olmadi. Biroz
ko'nglimga xijillik kirdi.
-Yur, ko'nglim ozib ketdi bu
kasalxonalar hididan, ketdik
endi,- opam shunday deya,
qo'llarimdan sudragudek qilib
olib ketdi.
Uyga kelganimizga bir necha
soat bo'ldi, ammo hali
oyimdan darak yo'q.
Tinchlikmikin, nega
kelmayaptilar? Hayolimga har
xil
be'mani fikrlar o'rmalay
boshladi.
-Opa, oyim kelmayaptilar?
Tinchlikmikin ishqilib?
-Kelib qoladilar, nima oyim
kichkina bolamidiki... ko'p
xavotir olaverma.
Shu payt darvozadan oyim
ko'rindilar. Ko'zlari yoshdan
qizargan, ammo mendan
yuzlarini yashirishga harakat
qilayaptilar. Darrov gap
nimada
ekanligini tushundimu,
tomog'imga bir narsa tiqildi.
Qanchalik yig'lamaslikka
harakat
qilsam ham ko'zlarim
yoshga to'ldi. Tomog'imni
achitgan narsa kattalasha
boshladi go'yo. Oyim yugurib
kelib meni quchoqlab oldilar.
-Ahvolim og'ir ekanmi?–
dedim
sekingina oyimni pinjiga
suqular
ekanman. -Bolam, tuzalib
ketasan,
doktor
aytdi... – dedilar, ammo
shu payt lablarini
tishlaganlarini sezdim. Dadam
olamdan o'tganlaridan beri
lablarini tishlashni odat
qilganlar.
Yig'lab yubormaslik uchun
shunday qiladilar.
Ahvolimning kundan kunga
jiddiylashayotganidan o'zim ham
og'ir xasta ekanimni bilar
edimu, lekin buni tan olishga
kuchim yetmasdi. Shu kundan
keyin kasalxonalarga ko'chib
o'tdim desam xato bo'lmaydi.
Turli kasallar, turli hayot, turli
insonlar... Kasalxonada
tanishgan
insoningga birinchi bergan
savoling:
-Sizni qayeringizda kasal? - deb
so'rash bo'larkan. Yonimda bir
qiz yotardi, har 6 oyda bir kelib
himiya terapiya olib ketarkan.
Himiya terapiyadan so'ng
uning yonida yotish mening
azoblarimga o'n chandon azob
qo'shardi. Uning qiynalishini,
ingrashini ko'rib qo'rqib
ketardim. Sochlari to'kilib
ketgan, beto'xtov ko'ngli aynib,
yegani oshqozonida turmasdi.
Lekin eng og'iri kundan kunga
mening köyimda ado
bo'layotgan, so'nib borayotgan
onamni ko'rish edi. Olgan
muolajalarim
foyda
bermadi, endi menga ham
o'sha
ximiyadan yuborishadigan
bo'lishdi.
Birinchi marta sochlarimning
tutam-tutam bo'lib
to'kilayotganini ko'rganimda
qo'rqib ketdim.
Kipriklarimning bitta bitta
to'kilishi esa
mening
umidimga o'xshardi. Ammo
inson har bir narsaga
ko'nikkani
kabi men ham ko'nikdim. Faqat
ko'nglim ag'darilishiga ko'nika
olmasdim. Ovqatga qaragim
ham
kelmasdi, ammo onamning
menga tikilgan mungli ko'zlarini
ko'rib yeyishga
majbur
bo'lardim. So'nib qoldi
onaginam...
Mening esa kundan kunga
tuzalishga umidim so'nib
borardi.