"QIZLAR HAYOLINI O'G'IRLASH

MADANIYATI"
(yoki QANDAY QILIB O'ZING
XOXLAGAN QIZNI KETINGDAN
YUGURTIRISH MUMKIN?)
Nazarbek Nazarov
Sen bu kitobni qiziqib o'qiy boshlagan
ekansan, demak, yo kimnidir yoqtirib
qolgansan va unda ham
shunday tuyg'u uyg'otmoqchisan yoki
"prosta" atrofingdagilar yonida
"krutoy" obraz yaratmoqchisan.
Krutoy - ya'ni hammani e'tiborida
bo'ladigan, hamma qizlar u bilan
bo'lishni xoxlaydigan inson.
Senga anchadan beri bir qiz yoqadi,
ammo sen unga nimadir deb unga
yoqmay qolishdan qo'rqasan. Yoki
boshqacha holat, sen bir qiz bilan
anchadan beri munosabatdasan, ammo
bir etapda to'xtab qolgansan,
hech munosabatlarni kuchaytira
olmayapsan yo haligacha qizga
teginolmaysan, ruxsat bermaydi. Yoki
umuman,
sen "zadrot"san, o'zingni omadsiz his
qilasan, men qizlarga yoqmayman deb
o'ylaysan. Yoki boshqacha muammo...
Xullas, har qanday holatda ham sen
o'qiyotgan ushbu kitob senga yordam
bera oladi.
KIRISH
Nima deb o'ylaysan, sen qizlarga
yoqasanmi? Yo'q?? Adashasan, sen
ham ularga yoqasan. Gap
ko'rinishingda,
mavqeingda yoki pulda emas. 20 %
yigitlar gap pulda deb o'ylashadi. Yana
20 %i obro'-e'tibor, mavqe rol
o'ynaydi deb hisoblashadi. 50 %i esa
ko'rinishda, husnda yoki boshqa
shunga o'xshash sabablar (kuch,
muskullar,
odob) ga bog'liq deb o'ylashadi.
Faqatgina 10 %igina gap nimada
ekanini, qanday qilib qizlarning
e'tiborini
tortishni bilishadi. Agar sen shu kitobni
o'qib, undagi ba'zi aytilgan ishlarni
bajarsang sen ham shu 10 %
yigitlar qatoriga qo'shilasan. Biz
yigitlar, oralarimizda shundaylar borki,
ularning xarakteri tabiatan qizlarni
o'ziga jalb eta oladigan bo'ladi.
Ba'zilarimiz esa bu xarakterga ega
bo'lish uchun ko'p tajriba
orttirishimizga
to'g'ri keladi. Ba'zilarimiz vaqti kelib
o'zlarimiz buni tushunib olamiz.
Ba'zilarimiz umuman tushunmaymiz...
Agar sen qiz bola bo'lsang, bu kitobni
yop, bu sen uchun emas. Bilaman, sen
buni baribir o'qiysan. Chunki
qizlar aytilganni teskarisini qilib
o'rganishgan. Ayb ularda emas, bu
tabiat qonuni. Quyida sen minglab
yillar
davomida ayollarda, qizlarda
shakllangan xarakter va shu asnoda
paydo bo'lgan tabiat qonunlari bilan
ham
tanishasan. Gapni aylantirib
o'tirmayman, demak boshladik...
I-Bob: O'ZINGNI PSIXOLOGIK
TARAFDAN TAYYORLA (Nastroyka).
Hammasidan oldin bir narsani
kallangga quyib ol: o'zingni sevmasdan
turib, kimnidir seni sevib qolishga
majburlay
olmaysan. To'g'ri, aytishing mumkin:
men unaqa faqat o'zini
o'ylaydiganlardan emasman, deb. Sen
unday bo'lmasang
ham o'zingni shunday ko'rsat, qizlar
aynan shunaqalarni sevib qolishadi.
Mening bo'lajak rafiqam doim shunday
deydi: "Siz shunaqangi
egoistsizki...lekin sizni sevaman". Gap
shundaki, qizlar shunday tabiatga ega:
sen uni
ketidan yugurib, sovg'a berib, doim
yonida bo'lib yursang u seni hurmat
qilmaydi. Sabab, unga sen bilan hech
nimani qizig'i qolmaydi. U tushundi:
sen uni sevasan, nima bo'lsayam
ketidan yuraverasan. Shunday qilishing
kerakki, u sen bilan qiziqsin, seni
ketingdan yugursin yoki o'zi senga
uchrashish istagi borligini bildirsin.
Buni qanday qilishni kitobni ohirigacha
o'qigach bilib olasan. Aslida biz yigitlar
ham har xilmiz. Birimiz bitta
vafodor qiz topib u bilan doim birga
bo'lishni istasak, birimiz ularni doim
almashtiramiz. Nafaqat bu ikki turga
balki bu ikki tur ham o'z o'rnida yana
ikkiga bo'linadi:
1) Vafodorlar: a) vafodor va umrini
ohirigacha (odatda bunaqa yigitlar bu
qizni tashlasa boshqasini topa
olmaslikdan qo'rqadi);
b) vafodor, lekin to'ygacha - odatda
bunaqa yigitlar ko'p narsani to'ydan
keyin tushunib yetadi
(yetarli darajada qizlar bilan yurib
ulgurmagan), natijada ajrashadi.
Ikkinchi tur yigitlar, tez
almashtiruvchilar. Yashirmayman, men
ham shu toifaga kiraman, aniqrog'i
kirardim,
bir paytlar: a) "babniklar" - ular o'z
oldiga aniq maqsad qo'ya olishadi va
shu sabab ular omadlidir.
Qizlar o'ziga ishongan yigitlarni
yoqtirishadi;
b) babnik ham emas vafodor ham
emas, qizlarni nazdida baribir "tez
almashtiruvchilar". Aynan
mana shu toifa yigitlarni men qo'llab-
quvvatlagan bo'lardim. Ular
tushunishadi: shoshib turmush
qurmaslikni,
o'z vaqtida qizlar bilan yurib qolish
kerak ekanligini. Bunday yigitlar ko'p
qizlar bilan aloqada bo'lishadi,
bittasi bilan aloqani uzmasdan turib
bittasi bilan yurib ketmaydi, demak
babnik emas. O'ziga loyiq qizni
topgach,
uni his qilgach, u bilan qoladi. Meni
o'zim ham aynan shu toifadanman.
Esimda, avvallari bir qizni tashlab ketib
o'zim ancha vaqt qiynalib yurganman.
O'ylardim, bo'ldi keyingisini tashlab
ketmiman, zeriksam ham chidayman.
Ammo
bu davom etaverardi. Ancha vaqtgacha
qaysidir qizni kelishtirish uchun
harakat qilib yurib, ohiri, marraga
yetganda, u meni sevib qolganda
tashlab ketardim. Bu menda g'alati
odat bo'lib takrorlanaverdi. Aslida bu
normal'no ekanligini keyin tushundim.
Men bu damlarni qo'shtirnoq ichida
"bolalik damlarim" deb atayman.
Sen psixologiyani mendan yaxshi
bilishing mumkin, lekin uni menchalik
ishlata olmaysan. A'lo baholarga o'qish
bilan, aqlli bo'lish ikkalasi bir narsa
emas. Psixologiya ham shunday, uni
yaxshi biladi degani, undan "qurol"
sifatida foydalana oladi degani emas.
Tushungan bo'lsang kerak, birinchi
bo'lim bekorga psixologiya haqda
emas.
Gap shundaki, ko'pchilik yigitlar
notanish qiz yoniga borib u bilan
tanishishdan ochiq ma'noda
"qo'rqadi".
Ba'zilar esa buni andisha deydi. Uyalish
kerakmas, o'g'il bola!!
2-§. TANISHUV.
Ko'pchilikning "qo'rquvi" o'rinli, agar
men uni yoniga borib tanishishni taklif
qilsam, meni rad etsachi?
Yoki masxara qilsachi? Ko'pchilik shu
savol bilan murojaat qiladi. Hech
qachon, hech bir vaziyatda "siz
bilan tanishsam bo'ladimi?" dema. U
bunday holatda seni rad etishi tayin.
O'ylab ko'r, agar u seni masxara
qilib yoki yerga urib sen rad etsa ham
senda bu muloqotdan g'olib sifatida
ketishingning ham yo'li bor.
Masalan, bording, gap otding, u seni
rad etdi (qattiqga borsa so'kinadi
ham), lekin sen o'shanda yuz
tuzilishingni shunday o'zgartirginki,
go'yoki u qanaqadir "otvratitel'niy"
gap aytganday. Ya'ni sen "fuu"
dimoqchi bo'lsang shunday qil. Va
shunday de: "Shoshma, men hali
qaytaman". Boshingni tek tutginda u
yerdan
ket. Sen hatto qaytmagan taqdiringda
ham sen bu yerdan boshingni baland
tutgan holda ketding. Yana bir
maslaxat: hech qachon "siz" deb
murojaat qilma! To'g'ri, bu hurmat
yuzasidan, ammo, bu bilan o'z ishingni
qiyinlashtirasan holos. "Siz" -
notanishlik belgisi, bu bilan orada ko'p
masofa saqlaysan. Qiz bilan tez
yaqinlashish uchun uni sizlama va hech
qachon "kechirasiz", "kechirasan" kabi
so'zlarni ishlatma. Ko'pchchilik
tanishish maqsadida "kechirasiz, yaxshi
qiz" deb gap boshlaydi. Bu xato! Xo'sh,
nimalar qilmaslikni tushunib
olgan bo'lsang, endi nimalar qilish
kerakliging haqda gaplashib olsak. Sen
agar qizlar bilan muomalada omadli
insonlardan bunga qanday erishishi
haqida so'rasang, ular shunday deydi:
o'zingni oddiy tut, qiz bilan
tanishayotib o'zingni yengil tut kabi
foydasiz maslaxatlar berishadi. Nega?
Chunki ular o'zlari ham bilmaydi
qanday muvaffaqiyatlarga
erishayotganini, ular shunday
xarakterga ega, ular o'zini oddiy tutib
bunga erishishadi.
Agar senda bu o'xshamasa, demak sen
aksini qil. Ya'ni o'z "ramkangdan"
chiqishga harakat qil. Qiz bilan
tanishayotib, birinchi maqsad qanaqa?
Ko'pchilik o'z oldiga to'g'ri maqsad
qo'ya olmaydi. Nima deb o'ylaysan,
birinchi maqsad unga yoqishmi? Yo'q!
Birinchi maqsad - uni senga yoqishga
harakat qilishga undash, uni
qiziqtirish. O'z fantaziyangga qarab,
har xil qizga har xil yondashishing
mumkin. Masalan... Sen tanimaydigan,
ammo senga yoqadigan bir qiz.
Yonidan o'tib ketayotib (yoki bir joyda
yonida turib), quvnoq ovozda -salom!
Uyam salom berishga majbur, agar u
odobni tushunsa. -Salom, javob
qaytardi u. Boshqa hech narsa dema
va
o'zingni unga e'tibor qilmayotganday
qil, atrofga qarashing mumkin. Biroz
paytdan keyin unga qarab yana salom
ber.
U yana javob qaytaradi. Shuni yana 3-4
marta qaytarganingdan so'ng u chiday
olmaydi va senga shunday deydi:
boshqa gap bilasanmi o'zi? Endi uning
o'zi sen bilan munosabatga kirdi.
Ismini so'ra (99% holatda u aytadi).
Yoki shunday javob qaytar: bilaman,
qaleysan? Shu bilan u bilan tanishib
ham olasan. Bu 'podxod' senga
ahmoqona
tuyulsa, boshqa yo'llari ham bor.
O'zing ham fantaziyangga qarab biror
'podxod' turini o'ylab topishing
mumkin.
Bunda asosiysi ilk vaqtda, ya'ni
tanishayotganda qiz sening u bilan
qiziqayotganingni to'liq anglamasligi
kerak.
U bilan aloqada o'zingni
o'ynayotganday qilib ko'rsat. U bilan
gaplashayotganda o'zingni shunday his
qilginki,
sen bundan rohatlanayapsan. Ana
shundagina aniq bir natijaga erishasan.
Tanishishni boshqa yo'llari haqida
yozishni va'da qilgandim. Demak...
Oldin senga bir narsani tushuntirishim
kerak. Qizlarni tushunish, ularni
o'rganish - bu tajribalar yo'li bilan
amalga oshiriladi. Tajriba - hamma
narsaning va hamma sohaning
asosidir.
Sen bir qiz bilan tanishib to'xtab
qolmasliging kerak, ya'ni, boshqa
qizlar bilan ham tanishishda davom
etishing
kerak. Axir o'ylab ko'r, sen o'sha
tanishgan qizing bilan hali hech qanday
jiddiy yo'lga kirmadingku, demak
boshqalar bilan ham do'stona tanishish
ham zarar qilmaydi.
Quyida o'zim o'ylab topgan
'podxod'larni keltiraman.
'Podxod' degan tushunchanh har kim
har xil tushunadi, mening ushbu
kitobimda bu so'z shunday izohlanadi:
*Podxod - tanishish usuli.
1-podxod.
Seni yoningda kichkina bloknot va
ruchka bo'lsa, shunday qil. Biror sen
tanimaydigan chiroyli qiz yoniga borib,
uni qo'liga tutqaz. U savol beradi:
Nima?? Sen aytasan: Telefon
raqamingni yoz. (Jiddiy va nagliy
holatda).
U yozishi mumkin. Agar yo'q desa:
Unda manzilingni yoz. Yoki o'zing
haqingda yoz. U qiz seni aytganingni
qilmasligi ham mumkin, lekin u seni
qilayotgan g'alati ishingdan hayron
qoladi. Axir maqsad ham hayron
qoldirish emasmi? U sen haqda o'ylay
boshlaydi, sen haqda dugonalaridan
so'raydi. Agar u senga nomerini
bermagan bo'lsa ham, keyingi safar
ko'rishganda u bilan tanishishga
sharoit yaratilgan bo'ladi.
2-podxod.
Biror nima o'ylab top va o'sha notanish
qizni fikrini so'ra. Masalan: "-Menga
hozir qizlarni fikri zarur,
mening do'stim sevgan qizi bilan
urishib qoldi. Qiz juda rashkchi,
do'stimni qaysidir qiz bilan ko'rib
qolgan,
nima deb o'ylaysan do'stim nima qilishi
kerak?". Yoki shunga o'xshash biror
holat o'ylab top. Bu bilan nimaga
erishasan, hozir muhokama qilib
olamiz:
1) uni e'tibori senga qaratilgan.
2) u qizda hamma qizlar orasidan sen
aynan uning fikri bilan qiziqayotganing
sabab u qizda ichki hursandchilik
paydo bo'ladi.
3) agar qiz gapchan bo'lsa, aloqa uzoq
davom etishi mumkin.
4) so'ngida u bilan tanishib ham
olasan.
5) u seni yaxshi do'st bo'la olishingni
tushunadi.
Yoki aynan shu yo'lni ikkinchi usuli
bor. "-Nima deb o'ylaysan, qizlar ko'p
aldaydimi yoki yigitlar?".
Ko'pincha bu savoldan keyin qiz o'z
manfaatlarini himoya qilishga tushadi.
Yigitlarni yomonlashga tushadi.
Kamdan-kam qizlar o'zini bunda
ayblaydi. Suhbat so'nggi tanishuv bilan
tugaydi. Yoki boshda boshqa qizdan
fikr
so'rab, keyin senga yoqqan notanish
qizdan fikrini so'rashing ham mumkin.
Bu yaxshiroq ta'sir qiladi. Sen bir
qizga shu savolni berayotganingda u
ham shu savol haqda o'ylay boshlaydi.
Va menga nega shu savolni bermadi,
men unga yoqmadim shekilli deb ham
o'ylaydi. Natijada keyin sen unga
yaqinlashganda u bundan hursand
bo'ladi.
Unga ham shu savolni ber. Qanday
holatda bo'lma, tanishuvning birinchi
qismida uning ismini so'rama. Agar
so'rasang sen u bilan qiziqayotganingni
bildirib qo'yasan. Bu payt esa u sen
bilan qiziqmay qo'yadi. Menga
ko'pincha shunday savol bilan
murojaat qilishadi: Qanday qiz bilan
tanishish kerak? Qanday qizlar bilan
tanishish
osonroq? Ko'pchilik yigitlar chiroyli
qizlar bilan aloqaga kirishga harakat
qilishadi. Juda chiroyli qizga esa
kam murojaat qilishadi. Chunki
ko'pchilikning psixologiyasida shunday
tushuncha mavjudki, ular o'zlarini juda
chiroyli qizlarga loyiq deb bilishmaydi.
Yoki u juda chiroyli, demak uni yigiti
bor. Shu sabab ko'pchilik eng
chiroylisi bilan emas, biroz chiroylirog'i
bilan tanishishadi. Natijada, ko'pchilik
juda chiroyli qizlarni
yigiti bo'lmaydi. Shuning uchun eng
zo'rlari bilan tanishishga harakat qil ;)
3-§. UCHRASHUV. MUNOSABAT VA
UNING DAVOM ETISHI.
Qizlarni, nafaqat qizlar balki yigitlar
ham, umuman odamzot bitta g'alati
xarakterga ega. Aslida o'ziga nima
kerak ekanligini aniq ayta olmaydi,
aytsa ham vaqti kelib bu maqsad yo
o'zgarib ketadi yo yo'qolib ketadi.
Aynan shu xarakter tufayli
munosabatlarda bir temp mavjud: bir
tomon do'stona munosabatda bo'lsa,
ikkinchisi
sevib qoladi. Yoki birinchisi sevib qolib,
ikkinchisini shu yo'l tomon yetaklasa, u
iloji boricha o'z
pozitsiyasida, ya'ni do'st bo'lib qolishga
iloji boricha harakat qiladi. Kamdan-
kam holatlarda ikkala tomon
ham bir xil tempda bo'ladi. Ya'ni:
1) do'st - do'st
2) sevgi - sevgi
Yuqoridagi, aytib o'tilgan tabiat
qonunini tushungan bo'lsang kerak.
Demak, sen sevgi haqda birinchi gap
ochmasliking kerak. Agar shunday
qilsang, o'z ishingni qiyinlashtirasan, u
o'zini olib qochaveradi. Qizlar
ko'pincha "do'stlarini" sevib qolishadi.
Agar ikkalangiz bu haqda bir xil vaqtda
gap ochib qolsangizlar, demak
bu baxtli juftlik.
Tanishding, endi munosabatlarni
davom ettirishing kerak. U senga
yoqadi. Lekin sen buni
aksini qilishing kerak. Yoqtirishingni,
aniqrog'i sevishingni unga bildirma.
Aytsang, bu uni sendan
uzoqlashishiga sabab bo'ladi.
Aytishning ham o'z vaqti bor. Uni o'zi
senga belgi beradi, sen bu belgini,
"signal"ni ushlay olishing va o'z vaqtida
harakat qilishing kerak.
Hayotimizda ko'p narsa teskaridek
tuyuladi.
Odobli, chiroyli va aqlli qiz qanaqadir
ahmoqni sevadi, bunday holatni ham
ko'p uchratgansan. O'ylab
ko'rganmisan,
nega shunday? Gap shundaki, biz
ahmoq deb ataydigan bu "aqlli" o'zi
bilmaydigan holda qizlarni e'tiborini
tortadigan harakatlar qilishadi. Qizlar
normal insonlarga unchalik e'tibor
qilishmaydi. Ahmoqlardan ham ko'p
narsa o'rganishimiz mumkin :D
Uchrashuvga taklif qilding, ko'ndi,
xo'sh nima qilish kerak? Yodda
tutginki, qizni birinchi uchrashuvga
qimmat
yoki hashamatli joylarga taklif qilma!
Bu bilan sen uni oldida o'z statusingni
tushirasan. Chunki u oddiy
uchrashuv sen uchun bayram deb
tushunadi. Ha aytgancha, oldin uni
qanday qilib uchrashuvga chiqarish,
qanday
taklif qilish haqda gaplashib
olmabmizu. Xo'sh, demak... Qizlarni
uchrashuvga chiqarishni ham turli
yo'llari
mavjud. Agar qiz yoningda bo'lsa,
unga shunday de: hozir men seni
odatda o'zim yolg'iz boradigan bir
joyga
olib boraman. Qizlar odatda yo'q
demaydi, ular bu joy qanaqa joyligiga
qiziqishadi. Ammo bu gapdan keyin
sen
uni chindan ham tinch va hordiq
chiqarsa bo'ladigan bir joyga
oborishing kerak. Uni taklif qilgandan
so'ng,
undan borasanmi deb so'rama.
Qo'lidan ushlada, uni yetakla. Xo'sh,
agar qiz bu payt uyida bo'lsachi. Unga
qo'ng'iroq qil va ishonch bilan uni taklif
qil. Telefonda: "salom, qalesan?
Bilasanmi, men hozir ko'chadaman
10 daqiqadan so'ng *joy nomi*da
bo'laman, tezroq kel, senga zarur
gapim bor". Odatda qizlar rad qilishga
harakat qilishadi, bahonalar topishadi.
Lekin sen shunday gapirginki, uni
tanlashga imkoni bo'lmasin. Ya'ni
gapni aniq, tez, qizqa-lo'nda qil va
go'shakni qo'y. Bu kamdan-kam
insonni qo'lidan keladi. Xo'sh,
uchrashuvga
chiqmadimi, demak, u senga
qo'ng'iroq qilmaguncha sen qilma,
o'zingni undan xafadek ko'rsat. Agar u
ko'nsa,
kelsa u yog'i suhbat. Asosiysi
kayfiyating zo'r bo'lishi kerak. Chunki
kayfiyat odamdan odamga o'tish
xususiyatiga ega. Jiddiy gapirma, ya'ni
o'ynab gapir, shunda ikkalangiz ham
o'zlaringizni yengil tutasizlar.
Sevgan qizingiz bilan munosabatda
ba'zi paytlarda unga komplimentlar
qilib turishni ham unutmang. Lekin
komplimentni ozi yaxshi. Quyida o'zim
o'ylab topgan eng sara
komplimentlarni keltirib o'taman,
ularni sms
tarzida yuborsangiz ham bo'ladi:
1) Kecha osmondan habar keldi: -bitta
farishta qochib ketdi, sen
ko'rmadingmi? deyishdi. Lekin sen
ishonaver,
men seni sotmadim (ba'zi qizlarga
shaytoncha shaklida yozsa ta'sir etadi).
2) Yer bilan osmon ulardan kim chiroyli
ekanligi borasida bahslashayotgan
ekan. Osmon o'zining yulduzlari va
oyni ko'rsatgan ekan. Bilasanmi, Yer
nima qilibdi? U seni ko'rsatibdi.
3) Alloh ikki mo'jiza yaratgan: birinchisi
- Yer, ikkinchisi - sen.
4) Hozir nimalar bo'layotganidan qat'iy
nazar, hozir eng olamshumul voqea
yuz beryapti. Denyodagi eng chiroyli
qiz mening yonimda.
5) Kimlardadir pul bor, kimlardadir
qobiliyat, kimlardadir obro', menda esa
sen...
6) Agar o'zim yoqtirgan musiqani qayta
eshitaversam jonimga tegadi. Lekin
sening ovozingni butun umr eshitishga
tayyorman.
7) Osmonda millionlab yorug' yulduzlar
bor, lekin menga yerdagisi muhimroq,
u yonimda.
*komplimentlarni muddatidan avval
ishlatma, bu yomon oqibatlarga olib
keladi, u seni
mensimay qo'yadi. Faqat u seni sevib
qolgandan so'ng ishlat.
Qizlar bilan munosabatda bo'lishda,
ular bilan aloqada bo'lish paytida bir
narsaga katta e'tibor qaratishing
kerak. Doim u bilan muloqotda
bo'lganda hech nolima, kamchiliklaring
haqida gapirma - uni o'zi topib oladi,
hayotingda bo'lgan noxushliklar
haqidaku umuman gapirma. Agar seni
kimdir aldagani haqida gapirsang, u
shunday
o'ylaydi: demak uni ko'p aldashadi, uni
aldash mumkin - ishonch kamaydi
(minus). Doim o'zingni baxtli damlaring
haqda gapir, u tushunsin sen bilan
baxtli bo'lishini. Agar sen gaplaring
orasida: menga qizlar bergan sovg'alar
yoqadi desang, u o'ylanib qoladi,
demak unga qizlar ko'p sovg'a
berishadi. Bu bilan uni senga qiziqishi
ortadi.
Doim shunday gapirginki, "bu menga
yoqadi", "menga shunisi yoqadi"
iboralarini ko'p ishlat. Shunday qilsang
u
sen yoqtirgan harakatlarni qilishga
harakat qiladi. Qiz senga savol bera
boshladimi, demak u sen bilan yanada
qiziqa boshladi. Savollariga aniq javob
berma. Masalan, sen haqda bir savol
bersa, o'zing nima deb o'ylaysan
deb so'ra, savolini o'ziga yo'naltir. U
sen haqda qancha kam bilsa shuncha
yaxshi.
Oshna, maslahatlarga amal
qilgan holda davom et! Omad! ;)

Комментарии