Qiz juda chiroyli

edi. Boshqa
qizladan farqli ravishda
hayotga
özgacha nigoh ila qarardi. 19
yoshli sohibjamol qizni tabiiy ravishda
sevuvchilar ham
bisyor
edi. Lekin uni atrofdagi yigitlar
umuman qiziqtirmas,
qanaqadir
özgacha bir sevgini kutardi. Yuragining
tub- tubidan uning
kelishini ham his etib turardi.
Bir
kuni darsga kelganida,
partasining ustida turgan qip-
qizil atirgulni kördi. Gul bandiga
biriktirilgan qog'ozchaga atiga
ikki jumla yozilgandi: "Hayot
gözal..." Negadir qizning
lablarida
tabassum uyg'ondi... Keyingi kunlarda
yana bir-ikki bor bu
holat takrorlandi. Qip- qizil
atirgul
va doimgi bir xil dastxat. Qiz
bu
gullarning sohibi kim ekanligiga
judayam qiziqardi... Kunlarning
birida qiz uyqudan uyg'onib,
derazadan köchaga qaradi va
birdan özgacha hayajonlanib
ketdi. Röparadagi dökonchaning
oppoq devoriga har xil
böyoqlarda katta qilib yurak
shakli chizilgan, uning ichiga
qiz
ismining bosh harfi yozilgandi. Eng
ajoyibi esa, surat tagiga
ösha
sirli dastxat qöyilgandi: "Hayot
gözal..." Qiz endi doim ösha
sirli
yigit haqida öylardi. Uning özini
kuzatib yurganligini ham
yaxshi
bilardi. Odamlar orasidan
uning
qiyofasini axtarardi. Avvallari doim
öychan yuradigan qiz
endi
kulib, jilmayib yurar, bu
tabassumi uni yanada
jozibador
körsatardi. Qiz öziga yuborilayotgan
har bir gulni
qöliga olib zavqlanar, chindan
unga hayot judayam gözal
körinardi. Bahor tonglarining
birida velosipedda sayrga
chiqqan qiz musaffo havo va
xiyobondagi yashil gözallikdan
zavqlanardi. Lekin velosiped
g'ildiraklarini
harakatlantiruvchi
zanjir örnidan chiqib ketib, qiz
töxtashga majbur böldi. U zanjirni
joyiga örnatishga
urinardi-yu buni hech
eplolmasdi.
- Balki yordamim kerakdir? Qiz
yoniga kelib töxtagan
velosipedli yigitga qaradi. - Yöq,
özim... -
Mana bunday qilish kerak, -
yigit
qizning velosipedi zanjirini
örniga qöydi, - Ana böldi. -
Rahmat! Qiz yigitga e'tibor bilan
qaradi. Yigit böy- basti
kelishgan,
körkamgina yigit edi. "Ayniqsa
kulishi öziga juda
yarasharkan",- öylardi qiz. - Arzimaydi.
Yigit
öz
velosipediga ötirib, qanaqadir
yoqimli kuyni xushtak qilib
chalganicha qizdan uzoqlashdi.
Qiz esa uning ortidan bir zum termulib
qoldi... Qizga
atirgullar
kela boshlaganiga bir oydan
oshgandi. Lekin, qiz haligacha
ösha sirli yigitning kimligini
bilolmasdi. Shunday kunlarning
birida qiz u- bu ishlar bilan
ushlanib, judayam kechga
qolib
ketdi. Aksiga olib havoning
avzoyi buzuq, kuchli momaqaldiroq
bölayotgandi. Qiz taksi ushlash
maqsadida kollej yonidagi
bekatga kelganida allaqachon
öta
shiddatli yomg'ir boshlangandi.
Uyi yaqin-u bunaqa paytda
yolg'iz
ketishga ham qörqib turgandi.
Kamiga bekatda hech kim yöq,
osmonni qoplagan qop- qora bulutlar
atrofni yanada
qorong'u
körsatardi. Hammasidan
momaqaldiroqning vahimali
ovozi qizni chöchitardi. Shu
mahalda unga tanish, yoqimli ovoz
eshitildi: - Balki
yordamim
kerakdir? Bu ösha tongdagi
velosipedli yigit edi. Qiz juda
sevindi. Bu ösha yigitni yana
körganligi uchunmi yoki boshqa
sababdanmi özi ham bilmasdi.
Lekin yigitga dilidagini
aytmadi: -
Yöq, özim ... Yigit ham
jilmaydi: -
Yomg'ir hali- beri tinmaydi. -
Nima, meni mashinangizda
uyimgacha kuzatib
qöymoqchimisiz? - Menda
yaxshiroq fikr bor. Yigit shoshib
qayergadir yugurib ketdiyu,
zumda qaytib keldi: - Xösh,
qalay?
Qiz yigitning qölidagi oq va
pushti rangli soyabonlarni körib
jilmaydi. - Bahor oylarida
yomg'ir
mahali piyoda yurish zavqli,-
dedi
yigit. Ular yonma-yon ketib
borisharkan, qiz öziga
yuborilayotgan gullarning
sohibi
shu yigit ekanligini öylay
boshladi. Buni tekshirib körish
uchun yigitga savol berdi: - Siz
yölingizda uchragan har bir
qizga
shunaqa yordam qilasizmi? -
Har
biriga emas ... hammasiga.
Ular kulishdi. Qiz uyi tomon
ketishayotganda ikki tomonga
ketgan köchaning yigit qaysi
tarafga burilishiga juda
qiziqayotgandi. Muyulishda
yigit qizning uyi taraf burilgach, qiz
sevindi. "Bu ösha yigit", -
öylardi -
Menimcha uyingiz shu tarafda
bölsa kerak. Chunki narigi
tarafda shifoxona va boshqa binolar,
atiga bir-ikki xovli bor.
Adashmasam tög'ri
ketyapmiz,-
qizning fikrini öqigandek
javob berdi yigit. - Ha, yaqin qoldi, -
xunob böldi qiz, - aytingchi,
hayotni qanday ta'riflaysiz? -
Menimcha bunaqa sharoit va
vaqt
uchun noörin savol,- kuldi yigit.
Ular qizning uyiga
yaqinlashishgandi. - Buyog'iga
özim ketaman, sizga katta
rahmat. - Soyabon sizda qola
qolsin, menga oq ranglisi köproq
yoqadi. "Ey Xudo, - hayolidan
ötkazardi qiz, - mening pushti
rangni yoqtirishimni ham
bilarkan!" - Mayli xayr, - yigit
ortga ön qadamlar tashlagach qiz
uni töxtatdi: - Hey! Yigit
ögirilib
qaradi. - Savolimga javob
bermadingiz. Yigit ösha
yoqimli tabassumida jilmaydi va
baland
ovozda baqirdi: - Hayot gözal!
Qizning yuragi juda- juda tez
va
baland urardi. Qiz ayni damda baland
musiqa
eshitayotgandek
öz yuragining dukurini eshitib
turardi. U hayajonlanganidan
yomg'irni ham ilg'amasdi. U
tanish yoqimli musiqani xushtak
qilib chalib ketayotgan
yigitning
ortidan qarab qoldi... Ertasi
kundan boshlab qizga negadir
gul kelmay qöydi. Qiz endi juda
ham öychan bölib qoldi. U yigit
haqida kun-u tun öylardi.
Xuddi
hozir balki yordamim kerakdir,
deb paydo böladigandek tuyulardi.
Lekin yigitdan ham
atirgullardan ham darak
bölmasdi. Shu bir- necha kun
ichida qiz özi bilmagan holda
yig'lab ham yuborardi. Ha, qiz
sevib qolgandi. Lekin buni hali özi
bilmasdi. Nihoyat bir kuni ösha
kutilgan ovozni eshitdi: -
Salom! -
Salom, - javob berdi qiz. - Biroz
aylanib kelmaymizmi? - Bahor oylarida
yomg'irsiz havoda
piyoda yurish ham zavqlimi? -
Albatta. Ular birinchi marta
körishishgan xiyobonni sayr
qilishdi. Qiziq mavzularda
suhbatlashishdi. Nihoyat yigit qizga bir
dona qip-qizil atirgul
tutdi. Qiz gulni oldiyu uning
bandiga köz yugurtirdi.
Qog'ozcha yöq edi. Savol
nazdida
yigitga qaradi. Yigit har doimgidek
kulib turardi. -
Mana
u,
- yigit qöllarini yozdi. Uning
kaftiga böyoq bilan ösha
dastxat yozilgandi: "Hayot gözal..."
Keyingi
kunlar xuddi shirin tush kabi
tez
ötardi. Qiz yigit sevgi izhor
qilganidan keyin özi ham uni sevishini
anglab yetdi. Chindan
ular u-n hayot judayam chiroyli
va
zavqli körinardi. Qiz
qachonlardir
kutgan hayoliy röyo haqiqatga
aylanganidan baxtiyor edi.
Juda
ham chiroyli muhabbat edi
bu...
Yigit rassom edi. Qizga juda
chiroyli tabiat manzaralarini körsatardi.
Qiz xuddi ertaklar
olamiga tushib qolgandek baxt
va
sevgidan sarmast yashardi.
Yigit
qizga portret sovg'a qildi. Qiz öz
suratiga qaradi. Judayam nafis
va
chiroyli chizilgandi. - Nega
meni
bulutlar orasida turibman? Söradi
qiz. - Chunki sen mening
farishtamsan,- javob berdi
yigit.
Har bir kuni gözal edi bu
sevgining... Lekin öshanda qiz hali
özini oldinda nimalar
kutayotganini bilmasdi... Kuz
kelgach, bir kuni ular odatiy
uchrashadigan xiyobonga yigit
kelmadi. Qiz ancha vaqt kutdi, xavotir
oldi. Ertasiga yigit bilan
körishganida yigitning
nimadandir xafaligini payqadi.
Yigit odatdagidek jilmayardi,
lekin
bu tabassum ortida juda ham özgacha
mahzunlik sezilardi. -
Nima böldi? - Hech narsa.
Kecha
unutibman, kechir azizam.
Shuncha vaqtdan beri atiga
yarim daqiqaga kechikmagan
yigitning
uchrashishlarini unutib qöyishi
mumkinligiga qiz ishonmasdi.
Lekin ösha kuni u hech narsa
demadi. Keyingi kunlarda ular yana
odatdagidek vaqtlarini
xushchaqchaqlik bilan
ötkazishardi. Lekin qiz negadir
yigitning közlariga boqqanida
yashirin bir ma'noni sezardi.
Yigitning doimgi tabassumi bu sirni qiz
bilib olishiga imkon
bermasdi. Yigit qiz bilan
köproq
vaqt birga bölishga urinardi.
Soatlab yonma-yon
ötirardilar... Bir kuni qiz yana uzoq
vaqt
xiyobonda yigitni kutib qoldi.
Yigitdan xabar bölavermagach
ketmoqchi böldi. Lekin shu
vaqtda uzoqdan yigit körindi. -
Salom, - dedi yaqin kelgach. - Nega
bunaqa yuryapsiz,
oyog'ingiz og'riyaptimi? - Ha,
jin
ursin, velosipeddan yiqildim.
Ular
odatdagidek örindiqqa ötirgan köyi,
quyosh botishini
tomosha
qildilar... Ösha ondayoq
qizning
yuragi nimadandir öta g'ash
edi. Balki, ösha kuni qizning yuragi
yigit bilan shunday sönggi bor
yonma- yon ötirganliklarini
sezgandir... Ertasiga qiz
yigitning
shifoxonada ekanligini eshitganida,
karaxt bölib qoldi.
Ming xavotir ila tezda yetib
keldi.
Uni yigitning yoniga
qöyishmadi.
Bilsa, yigit juda og'ir kasal ekan.
Kechagi kun tongda kasali
xuruj
qilgan va kasalxonaga
keltirishgan ekan. - Unga
yurish mumkin emasligini aytgandik.
Lekin u kechroq kasalxonadan
qochib ketibdi. Mana oqibati. U
oyoqlarini his qilmaydi. Shol...
Qiz
titrab ketdi. Közlariga quyilib
kelayotgan köz yoshlarini
töxtata
olmasdi. Xamshiraning sönggi
gaplari öta dahshatli ovoz
bölib,
qizning quloqlari ostida jaranglardi: U
oyoqlarini his
qilmaydi... Shol... Yigit
uyg'ongach
qiz uning yoniga kirdi.
Yigitning
ahvolini körib, battar siqildi. U yig'lardi,
yigit közlarini shiftga
tikkancha gap boshladi: -
Bilasanmi, seni birinchi marta
körganimda maktabda 7- sinf
eding. Öshanda pushti lenta
taqvolganding... Yigit biroz tin olgach
davom etdi: - Biram
chiroylisanki... Sen bilan juda
shirin hayot kechiraman deb
öylagandim... Buni qara,
baribir
peshonaga yozgani bölarkan... -
Bas qiling! Qiz köz yoshlariga
erk
berdi. Juda ham ezilib yig'lardi.
-
Yig'lama. Beri kel, muhim bir gap
aytaman. Qiz yigit aytgandek
qildi.
Yigit qizning yuzini silagancha
shunday dedi: - Qachon
hayotda nimadandir siqilsang, kimnidir
sog'insang, köz yoshlaringni
mana bunday qilib sidirib
tashla, -
yigit barmoqlari bilan qizning
közlaridagi yoshni artdi,- Chunki
hayot gözal... Qiz shu kuni
tongga
qadar yig'ladi. Ösha tunda u
yigitni qanchalar sevishini
tushundi. "Men baribir umrbod u
bilan qolaman",- qaror qildi
qiz.
Ertasiga shifoxonaga kelgan
qiz
yigitni topolmadi. Unga yigitni tongda
Germaniyaga olib
ketishganligini aytishdi. Qiz
holsiz
devorga suyanib qoldi. Uning
boshida million xil hayollar
aylanardi. Nega? Öylardi u. Shu
mahalda unga bir xamshira
qip-
qizil atirgul keltirib berdi. Qiz
yigit
bergan sönggi gul bandidagi
qog'ozchani titragan qöllari bilan
arang ochdi. Unda shunday
yozilgandi: " Bilasanmi,
doktorlar
mening tirik qolishimga
deyarli umid yöq deyishdi. Insult xavfi
kundan- kun oshib borarkan.
Sen
meni baribir tashlab
ketmasding.
Men esa sening judayam baxtli
bölishingni istayman... Men
juda
uzoqqa ketyapman. Bilasan-a,
seni judayam sevaman. Agar
sen
ham meni zarracha sevsang, ötinaman,
men uchun ham
baxtli
hayot kechir. Sira ham
yig'lama.
Yig'laganingda meni yuragim
og'riyotgan böladi. Kelishdikmi?
Men uchun esa baribir hayot
gözal. Ehtimol, ertaga uyqudan
uyg'onmasman, lekin hayotim
juda gözal. Chunki unda sen
borsan..." Qiz maktubni quchganicha
juda uzoq
yig'ladi...
Qiz ikki yil yigitning xotirasi
bilan
yashadi. Keyin yigit
aytganidek yashashga harakat qildi. Bir
yigitga turmushga chiqdi.
Ammo
uning hayollari tubida hamon
eski xotiralar hukmronlik
qilardi. Har lahzada uni yod qilib
yashardi. Ög'illik bölganida,
unga
yigitning ismini qöydi... Taqdir
qizga hali ancha sinovlarni
tayyorlab qöygan ekan. Farzandi
tug'ilgach köp ötmasdan, eri
avtohalokat tufayli dunyodan
köz
yumdi. Qiz tag'in köz yoshlari
tubiga g'arq böldi. 4 yil vaqt ötib
ketdi. Endi qizning hayotdagi
bori
ög'li va xotiralari edi. O'g'lini
bog'chaga kuzatib qo'ygach,
qiz bir vaqtlar yigit bilan
uchrashuv
joyi bo'lgan xiyobonga keldi.
Uzoq ötirdi. "Hayot gözal" deb,
kulib turadigan yigitning
qiyofasini köz oldiga keltirdi. Oradan
shuncha 8 yil ötgan
bölsada, uning muhabbati bir
qatra bölsin, kamaymagandi...
Uyga kelgach, yuragi
sog'inchdan
boshqacha urayotganligini his qildi va
özi "shirin xotiralar"
deb
ataydigan qutini ochdi.
Özining
portreti, ösha pushti zontik,
dastxatlar... Hamma- hammasini
bir-bir körib chiqdi. Uyga kirib
kelgan ög'il oyisining
yig'layotganini kördi. U sekin
oyisining yoniga keldi. - Oyi,
qachon hayotda nimadandir siqilsangiz,
kimnidir
sog'insangiz,
köz yoshlarni mana bunday
sidirib tashlang... Qiz köz
yoshlarini artayotgan ög'liga
hayrat bilan tikilib qoldi. - Buni kim...
kim aytdi? - Bir amaki
oyingni sira ham yig'latma
dedilar, rasm chizishni ham
örgatdilar. Qizning yuragi
qachonlardir yigit yomg'irli
kechada "Hayot gözal" deganidagi kabi
zarbli urardi.
"Nahotki u tirik bölsa?" Qiz
tonggacha mijja qoqmadi.
Allohdan umidlari puch bölib
chiqmasligini söradi. Ertasi kun
bog'chaga borib, rasm murabbiyini
söradi. Uni bir
xonaga kuzatib qöyishdi.
Xonaga
kirgan qiz burchakda turgan
yangi chizilgan suratni tanidi.
Qachonlardir tongda uyg'onganida
dökoncha
devoriga
chizilgan yurak shakli edi bu.
Qiz
judayam hayajonlanardi. -
Balki yordamim kerakdir? G'alati
ovoz,
qiz 8 yil kutgan ovoz eshitildi.
Ögirilganida qarshisida ösha
rom
qiluvchi tabassumi bilan yigit turardi...
Yigitni Berlinda 3 yil
davomida davolashgan, keyin
2
yilga yaqin nogironlik
aravachasida yashagan, nihot
keyin butunlay sog'ayib ketgandi.
Ular ancha vaqt bir- birlariga
termulib qoldilar. Qizning
sakkiz
yil oldingidek chiroyi yigitning
ösha vaqtlardagidek jozibador
tabassumiga qarshi turardi.
Qiz
shu yillar ichida ilk marta
sevinganidan yig'lardi. Yigit
qizga
yaqin keldi. - Qachondir nimadandir
siqilsang, kimnidir
sog'insang, köz yoshlarni
mana
bunday sidirib tashla... Keyingi
jumlani ular baravariga
aytishdi: - CHUNKI HAYOT GÖZAL...

Комментарии

Комментариев нет.