3-sinf o'quvchilariga dars bo'lyapti. O'qituvchi bolalarga: "Xudodan o'zingiz uchun nima so'ragan bo'lardingiz?" mavzusida insho yozishlarini vazifa qilib topshirdi. Hamma oppoq qog'ozga o'z inshosini yoza boshladi. Kechqurun yozma ishlarni tekshirarkan, o'qituvchining diqqatini bir insho o'ziga tortdi. Inshoni o'qib chiqarkan u juda xafa bo'ldi, ko'zlaridan yuziga yosh dumaladi. Shu vaqtda xonaga uning eri kirib keldi va ayolining ko'zidagi yoshlarni ko'rib hayron bo'ldi. “Nima bo'ldi?” – deb so'radi u. “O'qing”, - deb, unga o'sha o'quvchining inshosini uzatdi. Insho quyidagicha yozilgandi: """Pаrvardigor, bugun Sendan alohida bir narsa haqida o'tinib so'ramoqchiman: meni televizorga aylantirib qo'y... Ha, xuddi uyimizdagi televizorning o'rnini egallashni istayman. Men ham uyda alohida joyga ega bo'lib, oilamizni o'z atrofimda jam bo'lishini xohlayman. Gapirayotganimda gaplarimni bo'lishmasin, ahamiyatsiz narsalarni gapirmasligimga ishonishsin, diqqat-e'tibor markazida bo'lishni istayman. Agar meni televizorga aylantirib qo'ysang, dadam ishdan charchab kelsalar ham, "Men charchaganman", - demasdan mening yonimda bo'ladi. Agar meni televizorga aylantirib qo'ysang, onam xafa bo'lib, yolg'iz qolganida ham meni e'tiborsiz qoldirmaydi. Qaniydi, ota-onam hamma narsani tashlab har kuni ozgina vaqt men bilan birga bo'lishsa... Parvardigorim, balki ko'p narsa so'rayotgandirman, lekin chin dildan so'rayapman. Iltimos... Meni televizorga aylantirib qo'y...""" O'qituvchining eri bu yozma ishni o'qib bo'lgach hayqirib yubordi: “Dahshatning o'zi bu! Bechora bola!” Yig'layotgan ayolidan baland ovozda so'radi: “O'zi qanday axmoq ota-ona ekan ular? Odam degan ham shunchalik bo'ladimi?" O'qituvchi ayol yosh to'la ko'zlarini eriga qadab mahzun javob berdi: “Bu inshoni... bizning o'g'limiz yozibdi...
∫५•Hσтιrล ƊลFтลʀI•∫५
:Iвrσнιм ʚϊɞ
Maktab.
3-sinf
o'quvchilariga
dars bo'lyapti. O'qituvchi
bolalarga: "Xudodan o'zingiz
uchun nima so'ragan
bo'lardingiz?" mavzusida insho
yozishlarini vazifa qilib topshirdi.
Hamma oppoq qog'ozga o'z
inshosini yoza boshladi.
Kechqurun yozma ishlarni
tekshirarkan, o'qituvchining
diqqatini bir insho o'ziga tortdi.
Inshoni o'qib chiqarkan u juda
xafa bo'ldi, ko'zlaridan yuziga
yosh dumaladi. Shu vaqtda
xonaga uning eri kirib keldi va
ayolining ko'zidagi yoshlarni
ko'rib hayron bo'ldi. “Nima
bo'ldi?” – deb so'radi u. “O'qing”,
- deb, unga o'sha o'quvchining
inshosini uzatdi. Insho
quyidagicha yozilgandi:
"""Pаrvardigor, bugun Sendan
alohida bir narsa haqida o'tinib
so'ramoqchiman: meni
televizorga aylantirib qo'y... Ha,
xuddi uyimizdagi televizorning
o'rnini egallashni istayman. Men
ham uyda alohida joyga ega
bo'lib, oilamizni o'z atrofimda
jam bo'lishini xohlayman.
Gapirayotganimda gaplarimni
bo'lishmasin, ahamiyatsiz
narsalarni gapirmasligimga
ishonishsin, diqqat-e'tibor
markazida bo'lishni istayman.
Agar meni televizorga aylantirib
qo'ysang, dadam ishdan
charchab kelsalar ham, "Men
charchaganman", - demasdan
mening yonimda bo'ladi. Agar
meni televizorga aylantirib
qo'ysang, onam xafa bo'lib,
yolg'iz qolganida ham meni
e'tiborsiz qoldirmaydi. Qaniydi,
ota-onam hamma narsani tashlab
har kuni ozgina vaqt men bilan
birga bo'lishsa... Parvardigorim,
balki ko'p narsa
so'rayotgandirman, lekin chin
dildan so'rayapman. Iltimos...
Meni televizorga aylantirib
qo'y...""" O'qituvchining eri bu
yozma ishni o'qib bo'lgach
hayqirib yubordi: “Dahshatning
o'zi bu! Bechora bola!”
Yig'layotgan ayolidan baland
ovozda so'radi: “O'zi qanday
axmoq ota-ona ekan ular? Odam
degan ham shunchalik
bo'ladimi?" O'qituvchi ayol yosh
to'la ko'zlarini eriga qadab
mahzun javob berdi: “Bu
inshoni... bizning o'g'limiz
yozibdi...