toyxona gullar bilan bezatilgan ko'rkam fayzli.

atrofda yigit qizlar raqsga tushishardi. men esa.. bir chetda jiim turaman. hayollarim, nigohlarim o'zimga bo'ysinmaydi u tomonga termulaveraman. u shu qadar chiroyli shu qadar go'zal ediki go'yo farishtani yerdagi timsoli kabi jilovlanardi, undan ko'zimni uzolmasdim. yonidagi kuyovbolaga yarashib yerdan ko'z uzmay o'tirardi. endi unga inson ko'zi bilan boqishim gunoh endi nima qilaman. bu hammasi juratsizligim oqibati va aybdor faqat o'zim. u bolsa qaddini egib mayus o'tiribdi go'yoki bu jussa kelinlik iffatidan emas taqdirga tan berib egilgandek. gulmira bilan universtitetda tanishdim va bir fakultetda o'qidik uni do'st sifatida cheksiz qadrlardim. chunki u judayam masuliyatli alochi qiz edi. har doim bir birimizga savol berib bilmlarimizni sinardik. u doim menga mehribon sal hato ish qilsam dakki berardi. shunday paytlarda "xop boladi onajon" deb jaxlini chiqarardim va u meni sinf bo'ylab quva ketardi. ertalablari qo'ng'iroq qilar o'qishga kechga qolishimni aytib javray ketardi. biror narsa kerak bolsa avval undan iltimos qilardim u bolsa yo'q deb o'girilib olardi. men sekin boshqa tarafga o'girilib boshqa qizlardan so'raganimi ko'rib jaxl bilan so'ragan narsammi yonimga qo'yardi. bu jahllar esa menga juda,ham yoqardi . kunlar shu zaylda o'tdi bitiruv yili uni yo'qatayotganimmi his qila boshladim. va uni sevishimni tushinib yetdim lekin qanday aytaman balki u meni sevmas. shu fikrlar hayolimda charx uravergach nima qilarimni bilmay dugonasiga qo'ng'iroq qildirdim. va jim eshitib turdim ular suhbat qilishar meni o'rtada borligimni gulmira bilmasdi. suhbat o'rtasida gulmiraga dugonasi Sardor seni sevadi manimcha, sovchi yuborsa turmushga chiqarmiding deb so'radi u bolsa homush bo'lib qoldi va men ham uni sevaman u siz yasholmiman lekin endi buni foydasi yo'q dedi. men bu gaplardan hayron edim. men shuncha payt uni sevgi izhor qilishini kutdim o'zimmi esa sevishimmi aytishga g'ururim yo'l qoymadi va meni yaqinda turmushga berishyapti.... qolganini eshitmadim, eshitolmadim madorim yetmadi. o'zimdan shu qadar nafratlanardimki, dunyolarga sig'mayotgandek edim go'yo. to'yxonani bir chetida jiim turibman u kipriklari ostidan mayus qaraydi kozlaridan marjondek yoshlar tomchilaydi. go'yoki hozir ham sen jur'atsizsan sen qo'rqoqsan deb koyiyotgandek tuyiladi. atrofdagilar esa qo'shiq ohangiga emas meni qo'rqoqligimni mayna qilib raqsga tushayotgandek edi..

Комментарии