Do'stlik – bu ikki kishi o’rtasida o’zaro hurmat,

ishonch, mehr hamda tushunish xissiyotlari
asosida paydo bo’luvchi yaqin munosabatdir.
Shunda bir savol tug’iladi, bu munosabat faqat bir
jins o’rtasida mavjuda bo’la oladimi, yoki har xil
jinslar orasida ham bo’lishi mumkinmikan? Inson
bu savolga o’zining boshiga tushmaguncha javob
bera olmas ekan. Qanchalik bunday tipdagi
do’stlik bo’la olishini isbotlashga urinmayin,
buning ilojisi yo’q deyishga hayotning ayrim
saboqlari majbur qilmoqda.
Bir gapni men kimdirdan katta ishonch bilan
aytilganini hech unutmayman. Qiz bola bilan o’gil
bola do’stlashishining natijasi deyarli har safar
biror bir tomonning sevib qolishigia olib keladi. Bu
– hayot paradoksi, va shuning uchun buni
tushuntirish juda qiyin ammo mening fikrimcha
qiz va bola o’rtasidagi do’stlik aynan
qadrdonlashib ketgandagina shunday sodir
bo’ladi, ya’ni bunda ikki jinsdagi do’stlar bir
birlarini yaxshi o’rganishadi, bir birlari bilan
sirlashadi va naatijada o’rtada paydo bo’lgan sevgi
juda kuchli bo’ladi. Sababi, bunda aynan ichki
dunyo sevib qolinadi, nafaqat tashqi chiroy.
Do’stlar bir birini qanday bo’lsa shunday qabul
qilishadi, kamchiliklarini bila turib bir birini hurmat
qilishadi, o’zaro haqiqiy tabiyatlari namoyish
etiladi, va bu ikki tarafdan birining o’z do’stining
ichki dunyosini sevib qolishiga olib keladi.
Ammo juda ko’p odamlar katta ishonch bilan,
bunday do’stlik borligini o’zlarining hayotidagi
misollari bilan isbotlashmoqchi bo’lishadi, hamda
bunga chin ko’ngildan ishonadilar. Men ham
shundaylar qatoriga kirardim. Haqiqatdan ham,
ikki inson, biri qiz biri bola, bir biriga juda
o’xshashadi, qiziqishlari bir, qadriyatlari o’xshash,
nega endi bir biriga xuddi akadek, singildek,
do’stdek munosabat qila olishmaydikan? - deb
ko’plar qatori men ham o’ylardim. Ikkilovligining
sevgan insoni bo’lsin, balki bo’lmasligi mumkin,
ammo o’zaro do’stlik bo’lishi ilojisi borku, degan
g’oyani ham ilgari surardim.
Endi esa men endi boshqacha o’ylayman,
qanchalik bu haqiqatni tan olish qiyin bo’lmasin,
endilikda qiz bola va o’gil bola o’rtasida do’stlik
degan yaqin munosabat bo’la olmasligiga
tushunib yetdim chunki bir qancha shunday
do’stlarimdan ayrildim va bu men uchun katta
yo’qotish bo’lgan. Do’stlar axir hayotdagi eng
qimmatbaho hazina, ularning ichida haqiqiy
olmoslarini topish oson ish emas, va ularni
yo’qotib qo’yish, yoqtirib qolgan insonizni
ayrilishdan ham kattaroq yo’qotish menimcha,
axir har kuni u bu kimni yoqtirib qolishingiz
mumkin, ammo haqiqiy do’stni uchratish juda
kamdan kam uchraydi.
Xulosa shuki, hayot shunday tuzilgan, ikki jins
o’rtasidaga yaqin munosabat – muhabbat, sevgi
bo’lar ekan, ammo yaqin do’stlik bo’la olmaydi.
Qarama qarshi jinsdagi tanishlar bo’lishi mumkin,
ammo ular bilan do’stona yaqinlashgan sayin,
buning natijasi – chin do’stlik emas, balki chin
sevgiga aylanib ketar ekan…bunda eng achinarli
tomoni shundaki, sevgi odatda faqat bir tomondagima paydo bo'ladi.

Комментарии

Комментариев нет.