Комментарии

  • 12 авг 2016 03:01

    Taqdir izmi



    Bu qandayin taqdir bo'ldi Sizdan kechib
    kecholmasman


    Xamma siqqan bu dunyoga ayting nechun sig'olmasman

    Yelkangizga nega axir boshim qo'yib yig'lolmasman

    Mening ko'nglim guldek nozik gulday ko'nglim
    sindirmangiz​

  • 12 авг 2016 03:01

    Taqdir yo’llari



    Poezd relislari taqdir
    yo'limiz ,


    Yonma yon yuramiz birlasholmaymiz,

    Qancha intilmaylik yetmas qo'limiz,

    Yo'llarimiz ayro tutasholmaymiz ...



    Uzoq termulamiz bir birimizga ,

    Qalbdagi sozlarni ayta olmaymiz,

    Xar doyim cho'kamiz jimlik domiga ,

    Salomdan nariga o'ta olmaymiz...



    Biz uzun daryoning ikki qirg'og'i,

    O'rtamizda suvlar suza olmaymiz ,

    Biz uchun qo'yilgan sog'inch tuzog'i,

    Visoldan umid xam uza olmaymiz ...



    O'rtamizda devor u tomonda sen ,

    Shu devordan oshib o'ta olmaymiz,

    Ortga chekinasan yaqinlasam men ,

    Balki bir birimiz tushunolmaymiz ...



    O'rtamizni to'sar ikki yil umr ,

    Sevgi yosh tanlamas anglay olmaymiz,

    Kundan kunga tugab bormoqda sabr,

    Nega bir birimiz tushunolmaymiz ???



    Poezd relislari taqdir yo'limiz ,

    Yonma yon yuramiz birlasholmaymiz ,
  • 12 авг 2016 03:13

    Shu ekan taqdir



    Kechalar uyqusiz, kunduzlar nursiz,

    Bir sozsiz, izhorsiz sevganligim rost.

    Yuragimdan chuqur qoldirib bir iz,

    Faqat yonginamda bolmaysan holos.


    Oying bilan yashab, kun korayapman,

    Ertalab ishga bor … kechqurun uyga…


    Shu kuyi begona bolib boryapman,

    Muhabbat atalgan mahzun tuyguga.


    Yolgiz odimlayman hayot soqmogin,

    Otganu-ketganlar qaramaydi bir.

    Ketkaza olmaydi yurakning dogin

    Shunday ekan taqdir

    shu ekan taqdir​

  • 12 авг 2016 03:31





    Siz
    menga kimu men sizga kim?


    O'ylamay
    deymanu bo'lmaydi sira.

    O'ylar surmaslikka o'rganolmayman.

    Bir savoldan ko'nglim tortadi xira

    Siz menga kimsizu men sizga kimman?


    Hayotda
    har kimning o'zin o'rni bor.

    Kimnidir do'st deyman kim esa duwman

    O'zimga so'roqlar beraman takror

    Siz menga kimsizu men sizga kimman?


    Hatto
    begonalar bisyor yo'limda

    Kimlarnidir esa yaqin atayman

    Bir biriga teskari hislar ko'nglimda

    Siz menga kimsizu men sizga kimman?


    O'zni
    osmon bilgan kunlarim behad.

    Osmonimda sizsiz menchi zaminman

    So'roqlar esa hamon bilmaydi sarhad

    Siz menga kimsizu men sizga kimman?


    Goho
    o'ylab qolaman balki sevgi bu.

    Agar shunday bo'lsa ne uchun jimman.

    Shu narsa aniqki dildasiz mangu

    Siz menga kimsizu men sizga kimman?


    Qiziq...
    o'ylaymanu, bari befoyda.

    Faqat bir narsaga to'la aminman

    Bilmadim taqdirdek sirli saroyda

    Siz menga kimsizu men sizga kimman?


    Sizdan
    javob so'ramayman bu savolga

    Negaki siz ham men kabi jimsiz

    Tuyg'ular yuz tutdi afsus uvolga

    Balki eng yaqinmiz balki hech kimsiz.



    Ko'nglim esa nenidir shivirlar hamon...