Комментарии

  • 12 авг 2016 03:07

    Borligim esla



    Ayriliq shamoli shuvullab tursa,

    G'am tashvish soyasi ergashib yursa.

    Taqdir jilovin jarlikka bursa,

    G'am chekmay shunchaki borligim esla.

    G'animlar xor aylab chetga sursalar,

    Soxta do'stlar orqadan pichoq ursalar.

    Dushmanga sir berib ulfat bo'lsalar,

    G'am chekma shunchaki borligim esla.

    Goho topilmasa biror bir sirdosh,

    Alamdan kelsa gar ko'zlaringga yosh.

    Ojizlik qilsa gar iroda bardosh,

    G'am chekmay shunchaki borligim esla..​