Bozorga chiqibdi qulupnayYetkazdi Hudodan aylanayIlinib ilinib ovolayOnamni ko'rgani boraman.Ishlarim yo'limni to'ssa hamPoyimda tikanlar ôssa hambir dasta gul olib bõlsa hamOnamni ko'rgani boraman.Kirsam ham ikita non bilanBag'riga bosadi jon bilanAytadi keldingmi jon bolamOnamni ko'rgani boraman.Bõlinib har kim õz yõligaTashladik kelinlar qõligaYalinib yashar ôz õg'ligaOnamni ko'rgani boraman.Kiyinib ohorli sarishtaBormayin eski chang kovushdaSõzlayin eng mayin tovushdaOnamni ko'rgani boraman.Ichvolib mast bõlib bormayinHayvondan past bõlib bormayinXit qilib yuragin yormayinOnamni ko'rgani boraman.Ichiga solib g'am g'ussasinTuqqaniga afsus yemasinÕlsang ham roziman demasinOnamni ko'rgani boraman.Kuydurgi farzandin dog'idaSinmasin qarigan chog'idaEzozlay jonining sog'idaOnamni ko'rgani boraman.Õtiray bemalol yozilibQolmasin tashvishim sezilibYurmasin yuragi ezilibOnamni ko'rgani boraman.Aytmayin bolamning g'aminiBildirmay rõzg'orim kaminiÕchirmay yuragin shaminiOnamni ko'rgani boraman.Akamning yaxshisin oshirayUkamning aybini berkitayQuvnatib mehrini toshirayOnamni ko'rgani boraman.Uy talash mol talash qilmayinUnga kõp menga oz demayinBoshini og'ritib kelmayinOnamni ko'rgani boraman.Erkalay oymomam uzimniQuvnatib turasiz kõzimniKuladi eshitib sõzimniOnamni ko'rgani boraman.Hammadan gõzalsiz deb aytaySõligan ruhini yashnatayKuldirib kuldirib yayratayOnamni ko'rgani boraman.Nurlanib qaytaman yonidanKuch olib jismiyu jonidanKuzatar kulib ayvondanOnamni ko'rgani boraman.Õshadur Marhabo davlatimEng gõzal farzm.u sunnatimOyog'in ostida jannatimOnamni ko'rgani boraman.
SHE'RIYAT GULSHANIGA SAYOXAT
:farruh rasulov
ONAMNI KURGANI BORAMAN.
Bozorga chiqibdi qulupnay
Yetkazdi Hudodan aylanay
Ilinib ilinib ovolay
Onamni ko'rgani boraman.
Ishlarim yo'limni to'ssa ham
Poyimda tikanlar ôssa ham
bir dasta gul olib bõlsa ham
Onamni ko'rgani boraman.
Kirsam ham ikita non bilan
Bag'riga bosadi jon bilan
Aytadi keldingmi jon bolam
Onamni ko'rgani boraman.
Bõlinib har kim õz yõliga
Tashladik kelinlar qõliga
Yalinib yashar ôz õg'liga
Onamni ko'rgani boraman.
Kiyinib ohorli sarishta
Bormayin eski chang kovushda
Sõzlayin eng mayin tovushda
Onamni ko'rgani boraman.
Ichvolib mast bõlib bormayin
Hayvondan past bõlib bormayin
Xit qilib yuragin yormayin
Onamni ko'rgani boraman.
Ichiga solib g'am g'ussasin
Tuqqaniga afsus yemasin
Õlsang ham roziman demasin
Onamni ko'rgani boraman.
Kuydurgi farzandin dog'ida
Sinmasin qarigan chog'ida
Ezozlay jonining sog'ida
Onamni ko'rgani boraman.
Õtiray bemalol yozilib
Qolmasin tashvishim sezilib
Yurmasin yuragi ezilib
Onamni ko'rgani boraman.
Aytmayin bolamning g'amini
Bildirmay rõzg'orim kamini
Õchirmay yuragin shamini
Onamni ko'rgani boraman.
Akamning yaxshisin oshiray
Ukamning aybini berkitay
Quvnatib mehrini toshiray
Onamni ko'rgani boraman.
Uy talash mol talash qilmayin
Unga kõp menga oz demayin
Boshini og'ritib kelmayin
Onamni ko'rgani boraman.
Erkalay oymomam uzimni
Quvnatib turasiz kõzimni
Kuladi eshitib sõzimni
Onamni ko'rgani boraman.
Hammadan gõzalsiz deb aytay
Sõligan ruhini yashnatay
Kuldirib kuldirib yayratay
Onamni ko'rgani boraman.
Nurlanib qaytaman yonidan
Kuch olib jismiyu jonidan
Kuzatar kulib ayvondan
Onamni ko'rgani boraman.
Õshadur Marhabo davlatim
Eng gõzal farzm.u sunnatim
Oyog'in ostida jannatim
Onamni ko'rgani boraman.