Top 10: Dunyodagi qimmatbaho liboslar brendlari reytingi

Moda dunyosi, liboslar doimo odamlar e’tiborini tortib keladi. Ayniqsa, mashhur brendlar ostida yaratilgan mahsulotlarga talab kuchli. Dunyo bo‘ylab keng tarqalgan eng mashhur brendlar o‘ntaligi bilan tanishishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, marhamat:

Top 10: Dunyodagi qimmatbaho liboslar brendlari reytingi - 577816221987
1909-yilda tashkil etilgan ushbu brend Elayn va Jerar Verthaymerga tegishli. Chanel brendi ostidagi liboslarni Merlin Monro, Nikol Kidman, Kira Naytli kabi Gollivudning ko‘plab yulduzlari kiyishgan. Shuningdek, dunyodagi eng birinchi modalar uyi ham aynan shu brend ostida faoliyat yuritadi. Chanel nafaqat o‘zining liboslari, balki qimmatbaho taqinchoq va atirlari bilan ham olamga mashhurdir. 2012-yilgi hisob bo‘yicha Chanel kompaniyasi mahsultlarining sotuvi 4 milliard dollardan oshgan.

Gucci (“Guchchi”)
Top 10: Dunyodagi qimmatbaho liboslar brendlari reytingi - 577816381219
Yana bir qimmatbaho liboslarni taqdim etuvchi italyan modalar uyi 1921-yildan beri faoliyat olib boradi. O‘z faoliyatini charm matolaridan chemodanlar ishlab chiqarish bilan boshlagan mazkur brend hozirda oyoq kiyimlar, sumkalar, kosmetika mahsulotlarini ham taqdim etadi. Gucci brendining liboslari yuqori sifati va o‘zgacha uslubi bilan ajralib turadi. Ayni damda mazkur modalar uyi erkak va ayol liboslari bilan bir qatorda bolalarga mo‘ljallangan kolleksiyalar yaratishni ham yo‘lga qo‘ygan.
Top 10: Dunyodagi qimmatbaho liboslar brendlari reytingi - 577816555811
Dior
Top 10: Dunyodagi qimmatbaho liboslar brendlari reytingi - 577816740643
Dior brendi dunyo modasi orasida eng innovatsion moda uyiga egalik qiladi. Bu brendni yaratgan dizayner Kristian Dior qimmatbaho taqinchoqlarni liboslar bilan birga qo‘shib namoyish etadi. Fransuz kompaniyasi juda ko‘p mashhurlarga o‘z mahsulotlarini taqdim etgan. 2002-yilda xonanda Gven Stefanining nikoh kechasidagi oq libosi Dior kompaniyasining eng mashhur ijodiy ishidan biri hisoblanadi.
Top 10: Dunyodagi qimmatbaho liboslar brendlari reytingi - 577816867875
Versace (“Versachi”)
Top 10: Dunyodagi qimmatbaho liboslar brendlari reytingi - 577816938531
Versace – dunyodagi eng qimmat va ko‘zga ko‘ringan liboslar brendi. Mazkur brend noyob matolar va bejirim ishlovlar bilan o‘z kolleksiyasini doimiy tarzda boyitib boradi. Elizabet Xerli 1994-yili qora rangdagi oqshom ko‘ylagida, Jennifer Lopes esa 42-Gremmi mukofotini taqdirlash marosimida Versace’ning harir matodan tikilgan yashil libosda namoyon bo‘lgan. Versace guruhining asoschisi Janni Versachi vafotidan so‘ng, 1997-yildan boshlab uning singlisi Donatella Versachi kompaniyani boshqaradi.

Valentino
Top 10: Dunyodagi qimmatbaho liboslar brendlari reytingi - 577817015331
Ushbu brend 1960-yillar so‘ngida mashhurlikka erishdi va o‘z mijozlari safini malika Margaret, Elizabet Teylor, Jaklin Kennedi-Onassis, Fara Diba kabi martabali insonlar bilan kengaytirdi. Valentino brendi ertaksimon oqshom liboslari bilan eng kuchli o‘ntalikka kiradi. Noodatiy uslubdagi kelin ko‘ylagini yaratuvchi italyan kompaniyasi yuqori toifadagi ayollar garderobida muhim o‘rin egallaydi.

Fendi
Top 10: Dunyodagi qimmatbaho liboslar brendlari reytingi - 577817086755
Fendi brendiga 1925-yilda asos solingan bo‘lsa-da, u Karl Lagerfeld sharofati bilan 1970-80 yillarda katta muvaffaqiyatga erishdi. Dizayner charm va hayvon terisidan ishlangan qimmatbaho liboslari , sumka va oyoq kiyimlari bilan moda olamida tezda shuhrat qozondi.

Armani
Top 10: Dunyodagi qimmatbaho liboslar brendlari reytingi - 577817138723
Armani brendi ostidagi libosni kiyishni kim ham xohlamaydi, deysiz? Ushbu italyan moda uyiga 1975-yil Jorjio Armani tomonidan asos solingan. Armani Gollivudning mashhur yulduzlari uchun o‘z liboslarini doimiy tarzda yetkazib. Ular orasida Tom Kruz, Rianna, Jorj Kluni, Keti Perri, Enn Xetevey kabi yulduzlar ham mavjud.
Top 10: Dunyodagi qimmatbaho liboslar brendlari reytingi - 577817335075
Top 10: Dunyodagi qimmatbaho liboslar brendlari reytingi - 577817380643
Bu kompaniya 1913-yilda Mario Prada boshqaruvi ostida o‘z faoliyatini boshlagan. Hozirda Prada kompaniyasi ostida Miu Miu va Prada Sports nomli kichik brendlar ham tashkil etilgan.

Burberry (“Berberi”)
Top 10: Dunyodagi qimmatbaho liboslar brendlari reytingi - 577817439523
Burberry brendiga 1856-yilda Tomas Berberi tomonidan asos solingan. Go‘zal aktrisalar ushbu brend liboslariga tez-tez buyurtma beradilar. Burberry brendini mashhur qilgan yana bir jihat — uning “katak” ko‘rinishidagi mahsulotlaridir. Aynan shu sababli ham Burberry Britaniyaning ramziga aylandi.
Top 10: Dunyodagi qimmatbaho liboslar brendlari reytingi - 577817555747
Dolce & Gabbana (“Dolche end Gabbana”)
Top 10: Dunyodagi qimmatbaho liboslar brendlari reytingi - 577817608227
Mazkur brend yuqorida sanab o‘tilganlar orasida eng navqironi sanaladi. Unga 1982-yil Milan shahrida dizaynerlar Domeniko Dolche va Stefano Gabbana tomonidan asos solingan. Bu ikki ijodkor qimmat va bejirim liboslar yaratish bo‘yicha moda sohasida peshqadamlik qilishadi. Madonna, Skarlett Yohanson, Monika Belluchchi kabi latofatli yulduzlar kompaniyaning doimiy mijozlaridan sanaladi.
Yuqoridagi qimmatbaho brendlar sizga yoqadimi?

Maqolani tayyorlashda
toptenofcity.com saytidan foydalanildi
#ModaDunyosi

Комментарии

Комментариев нет.