Kanakunjut (kastroviy) moyi haqida...

1. Kaftingizga ozroq moy solib ikkala kaftingizni moylab oling va sochlaringizga surib massaj qiling. Bu usulni haftada bir marta qilsangiz kifoya. Natijasini ikki oyga qolmay sezasiz. Sochlaringiz mustahkamlanib jilolanadi.
2. Soch uchun qatiq va kanakunjut moyi. Bir piyola qatiqni issiq suv solingan idishga solib ilishini kuting, qatiq iligach, unga 5 tomchi moydan soling va aralashtiring. Aralashmani sochlaringizga surib boshingizni politelin salafani bilan o'rab oling, ustidan sochiq bilan o'rab qo'ying. Sochlaringizni 30 daqiqadan keyin yuvib tashlang.
3. Sochlar to'kilyaptimi?
Yordamga kanakunjut moyi keladi, buning uchun bir qism moyga ikki qism aroq qo'shib soch ildizlariga yaxshilab surtib chiqamiz. Natija sizni ko'p kuttirmaydi.
4. Qazg'oq? Bu muammoni kanakunjut moyi bilan bartaraf etamiz. Achchiq qilib damlangan issiq bir stakan choyga bir choy qoshiq moy va 20 gr aroq solib aralashtiring. Ozroq sovugach aralashmani sochlarga surtib bir soatdan keyin sochlaringizni yuvib tashlang.
Kipriklar uchun kanakunjut moyi
kanakunjut moyini haftada bir necha marta kechqurunlari kipriklaringizga suring. Tez fursatda kutilgan natijani sezasiz.
Maslahat: agar siz sochlaringiz va kipriklaringizni yanada go'zal bo'lishini istasangiz unda kanakunjut moyiga biriga bir baliq moyini qo'shib soch va kipriklarga surtishiz mumkin, ushbu aralashma moy juda mayin va foydalidir.
Kanakunjut moyi yuz uchun
1. Osh qoshiqni olib ko'zingiz ustiga bosib turing, bunda qoshiq ilib yuz uchun normal issiqlik vujudga keladi, qoshiq ozroq iligach unga moy soling va birozdan keyin yuzni massaj qilib moyni surkang. Ushbu muolaja 30 yoshdan oshgan ayollar uchun ko'proq tavsiya qilinadi, u yuzdagi ajinlarni samarali bartaraf etadi.
2. Bu muolaja ayni qish kunlarida juda mos keladi. Yuz qishda quruqshab yorila boshlaganda bu muolajamiz sizga foyda beradi. Bitta tuxum sarig'iga 10 tomchi kastroviy moyidan solib yaxshilab aralashtiramiz va yuzga yupqa qilib surkaymiz. Maskani 15 daqiqadan keyin ko'k choy yoki romashka damlamasida yuvib tashlaymiz.
Homiladorlarga bu yog'dan foydalanishni tavsiya qilmaymiz! Qo'llashdan oldin mutaxasis bilan maslahatlashing!

Kanakunjut (kastroviy) moyi haqida... - 587280554275
Kanakunjut (kastroviy) moyi haqida... - 587280680739
Kanakunjut (kastroviy) moyi haqida... - 587280758819
Kanakunjut (kastroviy) moyi haqida... - 587280796451

Комментарии