Ko'z osti va yuzdagi ajinlar uchun tabiiy niqoblar!

1. Limonli niqob
Yarimta limonni suvini siqib, ustiga bir chimdim tuz va bitta tuxum oqini solib yaxshilab aralashtiring. Aralashmani ajinlar ustiga surib 10-15 daqiqadan keyin yuvib tashlang.
2. Drojali niqob
1 choy qoshiq drojani 1 osh qoshiq sut yoki o'simlik yog'i bilan smetana holiga kelguncha aralashtiring. Aralashmani ajinlar ustiga surib 10-15 daqiqadan keyin yuvib tashlang.
3. Nonli niqob
Bir bo'lak qotgan oq nonni iliq sut bilan aralashtirib ajin joylarga qo'ying.
4. Asalli niqob
Isitilgan asalni (1 osh qoshiq) bug'doy uni (1 choy qoshiq) bilan aralashtiring. Ustiga yaxshilab ko'pirtirilgan tuxum oqini qo'shing. Niqobni ajinlarga surib 15-20 daqiqadan keyin yuvib tashlang.
5. Каrtoshkali niqob
Xom kartoshkani qirg'ichni mayda tarafidan o'tkazing. Keyin uni hech bir tomchisini isrof qilmasdan idishga siqib oling. Ustiga yog'li qaymoq aralashtiring. Niqob 15-20 daqiqa ajin joylarida ushlanadi. (1 ta kichikroq kartoshka+1 osh qoshiq qaymoq)
Bu niqob juda mayda ajinchalarni ham ketkizadi. 18 yoshdan boshlab bu niqobdan foydalansa ham bo'ladi.
6. Тvorogli niqob
1 osh qoshiq yog'li tvorog, yarim choy qoshiq iliq asal, 1 choy qoshiq o'simlik yog'i, 1 choy qoshiq yog'li qaymoq va 1 osh qoshiq issiq sut. Niqob 15-20 daqiqadan keyin yuviladi.
7. Bananli niqob
1 osh qoshiq banan ezilmasini shuncha miqdordagi o'simli yog'i bilan aralashtirib ajin joylariga 15-20 daqiqaga suring.
8. Sulili niqob
1 osh qoshiq maydalangan sulini (ovsyanka) 2-3 osh qoshiq issiq sutga ivitib qo'ying. Suli shishgach uni ajinlarga 15-20 daqiqaga surib qo'ying.
9. O'rikli niqob
O'rikni ezg'ilab smetana bilan aralashtiring. (1 osh qoshiq+1 choy qoshiq) Niqobni ajinlar ustiga surib 15-20 daqiqadan keyin yuvib tashlang.
Ajinlarni bartaraf etishda yuzingiz uchun vaqtingizni ayamang. Yuzingizga vaqti vaqti bilan tabiiy niqobchalar, kremlar surib parvarishlab turing. Unutmang go'zalligingiz o'z qo'lingizda!

Ko'z osti va yuzdagi ajinlar uchun tabiiy niqoblar! - 666101953827
Ko'z osti va yuzdagi ajinlar uchun tabiiy niqoblar! - 666102015779

Комментарии