Yomg'ir yog'ar yurakni ezib,

Bu dildagi armonni sezib.
Armonlardan yuragim bezib,
Bugun sizni juda sog'indim.
Sog'inch o'ta shirin bo'larkan,
Sog'inganda yurak to'larkan,
Armonlarga bu dil ko'narkan,
Bugun sizni juda sog'indim.
Ko'rmoq uchun talpinar yurak,
Sog'inch uchun qadr ham kerak.
Sizni bugun ko'rmogim kerak,
Bugun sizni juda sog'indim!

Комментарии

Комментариев нет.