TOSHKENTNING O‘N IKKI DARVOZASI XIX asr o‘rtalarida Toshkent atrofida shahar devori tiklandi.

Uning 12 darvozasi: Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Ko‘kcha, Samarqand, Kamolon, Beshyog‘och, Qo‘ymas, Qo‘qon, Qashqar darvozalar bor edi. Shahar to‘rt dahaga Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalariga bo‘linardi. Har bir dahani oqsoqol boshqarardi. XIX asr o‘rtalarida shaharda 150 mingdan 200 ming nafargacha aholi istiqomat qilar va u O‘rta Osiyodagi eng yirik shaharlardan biri hisoblanar edi. Shahar darvozalarining nomlari turli asarlarda boshqa nomlar bilan ham atalib kelingan. Masalan, Muhammad Solih Raxim Qoraxo‘ja o‘g‘lining «Toshkentning yangi tarixi» asarida shahar darvozalarining nomlari shunday izohlangan: 1. Qiyot darvozasi. Qiyot qabilasi nomidan olingan. Qadimda Parkent darvozasi, keyinchalik Qo‘rg‘on darvozasi deb atalgan. 2. Turklar darvozasi. Turk qabilasi nomidan olingan. 3. O‘zbek darvozasi. O‘zbek qabilasi nomidan olingan. Labzak darvozasi deb ham atalgan. 4. Taxtapul darvozasi. 5. Qorasaroy darvozasi. Qorasaroy qabilasi nomidan olingan. 6. Chig‘atoy darvozasi. Chingizxon avlodidan bo‘lmish Chig‘atoy ulusi nomidan olingan. 7. Suboniyon ( Sag‘bon ) darvozasi. Akademik A. Muhammadjonovning fikricha, «Sag‘bon» nomi «Sug‘bon», yani bozor qorovuli degan ma'noni bildiradi. 8. Ko‘kcha darvozasi. Bu ham qabila nomidandir. 9. Kamondaron ( Kamolon ) darvozasi. Kamondoronlar buzuq qabilasining bir toifasiga mansub. 10. Qang‘li darvozasi. Bir qabilaning nomidandir. 11. Beshyog‘och darvozasi. Bu ham qabila nomidan. 12. Qatag‘on darvozasi. Ilgari bu darvozaning nomi Qo‘ymaskenagas bo‘lgan ekan.

TOSHKENTNING O‘N IKKI DARVOZASI XIX asr o‘rtalarida Toshkent atrofida shahar devori tiklandi. - 665700790321

Комментарии