Комментарии
- 27 мар 2019 09:28Rahmanberdi HamytjanowTurkustonni rossiya tamonidan bosilip olingan bosgichlari kerak yillari va hududlari bn
- 12 окт 2021 08:26Muazzamxon MaxmudovaRocc daryosi bo'yida qalachani nomi nima
- 11 янв 2022 17:20Zuhriddin HalimovRossiya imperiyasini O'RTA Osiyoni bosib olishda asosiy tayanch nuqta vazifasini bajargan shaharlar qaysilar
- 11 янв 2022 17:20Zuhriddin HalimovRossiya imperiyasini O'RTA Osiyoni bosib olishda asosiy tayanch nuqta vazifasini bajargan shaharlar qaysilar
- 23 ноя 2024 07:16хаким хамидов ответил Zuhriddin Halimovtoshkent
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
тарих ва кизикарли малумотлар
:Дониёр хожа
1847-1864 - Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo hududini bosib olishining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
1847 - Raim (Orol) qal'asi qurildi. 1852 - Muhammad Aminxon madrassasi bunyod etildi. 1853 - Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy tomonidan Oqmachit qal'asi bosib olindi (bugungi kunda Qizil O‘rda). 1855-1856 - Ernazarbiy boshchiligida qoraqalpoqlar qo‘zg‘oloni bo‘ldi. 1859 - Aleksandr II Qo‘qon xonligini bosib olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1860-885 - Amir Muzaffar hukmronlik yillari. 1863 - Qo‘qonda Xudoyorxon saroyining qurilishi boshlandi. 1864-1910 - Feruz taxallusiga bilan shoir sifatida tanilgan Sayid Muhammad Rahimxon II ning Xiva xonligida hukmronlik qilgan davr. 1864 - Toshkent ahlining shaharni bosib olishga urinib ko‘rgan general Chernyayev qo‘shinlariga qarshi kurashi bo‘lib o‘tdi. 1865-1868 - Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olinishining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. 1865 - Rossiya bosib olgan hududlarda Turkiston viloyati tuzildi. 1865 - «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom» e'lon qilindi. 1865 - podsho qo‘shinlari Toshkentni bosib oldi. 1866 - Erjar to‘qayida (Sirdaryo bo‘yida) Buxoro amirining lashkari podsho qo‘shinlari tomonidan tor-mor etildi. 1866 - podsho qo‘shinlari O‘ratepaga hujum qilib, uni bosib oldi. 1866 - podsho qo‘shinlari Jizzax shahrini egalladi. 1867 - Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi. Aleksandr II tomonidan tayinlangan birinchi general-gubernator Konstantin fon Kaufman Turkistonni, 1881-yilga qadar idora qildi. Keyin G. Kolpokovskiy (1881-1882), M.G.Chernyayev (1882-1884), G.O.Rozenbax (1884-1889), A.B.Vrevskiy (1889-1898), S.Duxovskiy (1898-1901), N.A.Ivanov (1901-1904), P.N.Tevyashov (1904-1905), D.I.Subbotich (1905-1906), N.I.Grodekov (1906-1908), P.I.Mishchenko (1908-1909), A.V.Samsonov (1909-1913), A.N.Kuropatkin (1916-1917) general-gubernator bo‘lganlar. 1867 - Toshkentda O‘rta Osiyoda birinchi meteorologiya stansiyasi ochildi. 1868 - Buxoro amirining o‘g‘li Abdulmalik to‘ra rahbarligida Samarqand mustamlakachi hukumatga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi. 1868 - podsho qo‘shinlari Cho‘ponota Zirabuloq yonida Buxoro amiri qo‘shinlarini tor-mor etib, Samarqand shahrini egalladi. 1868 - Kaufman qo‘shinlari Kattaqo‘rg‘onni bosib oldi. 1868-yil, 1-iyul - Rossiya va Buxoro o‘rtasida sulh shartnomasi imzolandi. 1868 - yangi bosib olingan yerlarda Zarafshon okrugi tashkil etildi. 1873-1879 - Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olishining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. 1873-yil, iyun - podsho qo‘shinlari Xivani bosib oldi. 1873-yil, 12-avgust - Rossiya va Xiva xonligi o‘rtasida sulh shartnomasi imzolandi. 1873 - Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati tarkibiga kirgan Amudaryo bo‘limi tashkil qilindi. 1873 - Buxoro amiri va Rossiya imperiyasi o‘rtasida yangi shartnoma imzolandi. 1875 - O‘rta Osiyoda dastlabki rus qishloqlari paydo bo‘la boshladi. 1876 - Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Farg‘ona viloyati tashkil etildi. 1877 - Toshkentda Ishahar nizomi» joriy qilindi. 1878 - Mingtepada Yetimxon boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘ldi. 1880-1885 - Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo hududini bosib olinishining to‘rtinchi bosqichi bo‘ldi. 1881-1891 - Bobo Go‘klan boshchiligida qoraqalpoqlar qo‘zg‘oloni bo‘ldi. 1884 - Turkistonda Amerika paxta navi ekila boshlandi. 1885 - Andijon, O‘sh va Marg‘ilon uyezdlarida aholining mustamlakachilikka qarshi ommaviy chiqishlari bo‘lib o‘tdi. 1886 - Rossiya imperatori Aleksandr II «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»ga imzo chekdi. 1888 - O‘rta Osiyo temiryo‘li bilan dastlabki poyezd Buxoroga yetib keldi. 1888-yil, 15-may - Kaspiyorti temiryo‘li bilan dastlabki poyezd Samarqandga yetib keldi. 1892 - Turkistonda «Davlat tartibotini va jamoat osoyishtaligini kuchaytirilgan tarzda qo‘riqlash to‘g‘risida»gi Nizom qabul qilindi. 1892-yil, 24-iyun - Toshkentda «vabo isyoni» bo‘lib o‘tdi. 1898-yil, may - Muhammad Ali (Dukchi) eshon rahbarligida Andijon qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi. 1899 - Andijongacha Toshkent orqali temiryo‘l harakati ochildi. 1906 - Ismoil Obidov boshchiligida ilk o‘zbek gazetasi chiqdi. 1908-1910 - Hukumat senatori K. Palen Turkiston o‘lkasini tavtish qildi. 1910 - Yosh xivaliklar Xiva xonligida islohotlar o‘tkazishga urinib ko‘rdi. 1914 - Buxoro amirining Sitorai Mohi Xosa saroyi qurilishi nihoyasiga yetdi. 1914-yil, 1-avgust - Birinchi jahon urushi boshlandi. 1916-yil, 25-iyun - Nikolay II mahalliy aholini frontortidagi ishlar, ya'ni mardikorlikka olish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. 1916-yil, 4-iyul - Xo‘jandda qo‘zg‘olonchilar o‘qqa tutilishi, qo‘zg‘olon boshlanishi. 1916-yil, 25-iyul - o‘lkaning butun hududlarida qo‘zg‘olonning bostirilishi. 1917-yil, 17-mart - Buxoro amiri Sayid Olimxon islohotlar to‘g‘risidagi manifestni imzoladi.