Ayolni aldamang hiyonat qilmang

U sizni aldasa yomon bo'ladi
Ishonchiga kirgach jinoyat qilmang
Nomardning ustozi hayvon bo'ladi
Ayolni aldamang u sizni sevib,
Jonining ichida extiyot qilib
Bitta yolg'on bilan qolmasin sovub
Atirgul bargida tikon bo'ladi
Ayolni aldamang u ona u yor
U mehribon singil opa vafodor
Unga zig'irchalik bermangiz ozor
Pokiza nomlari xarom bo'ladi
Ayolni aldamang uni avaylang
Axir u sizni yaxshaydi o'ylab
Nozikkina gulni sindirib qo'ymang
Kim unga sizchalik qalqon bo'ladi
Ayolni aldamang erkaksiz axir
Nomusin tepkilab ko'rsatmang qaxr
Yoningizda uning borligi baxtdir
Nodonning sherigi shayton bo'ladi
Ayolni aldamang sevmasangiz ham
To'g'risini ayting u ham bir odam
Ammo yolg'on bilan jonin qiynamang
Sizni deb gul umri xazon bo'ladi.

Комментарии

Комментариев нет.