20 kun avval...

Qizning otasi qizining boshqa yigitni sevib qolganini eshitgach, chuqur öyga toldi. Fotiha bölgan, hamma rozi. Qudalar ham yaxshi odamlar. Nega qanaqadir ön kun ichida qizining butaxlit özgarib qolganini tushunolmasdi.Buni ötkinchi hoy-u xavas deb qabul qildi va qizini bir necha kun yig'lashga majbur qilgan qarorni chiqardi: - Töy böladi! Ota ösha yigitni qidirib topdi. Istarasi issiqqina ekan. Lekin endi kech. U bilan ochiqchasiga gaplashib oldi: -Qizim unashtirilgan, 20 kundan söng töyi böladi, shuni bilasanmi? Yigit jim bölib qoldi. Qizning nima sababdan sevgi izhor qilganda yig'laganini tushungan edi. - Hammasiga endi juda kech... Iltimos qilaman sendan, qizimni chin yurakdan sevsang uni tinch qöy, chunki men ikki dunyoda ham töyni töxtatmayman. Qizimni hurmatini saqla, el-yurt oldida isnodga qöyma. Yigit hech narsa deyolmasdi. Qizning otasi uzoq gapirib sözini yakunladi: - Shunday qilki, u sendan nafratlansin. Meni kechir... Shunday qilsang, hammamizga yaxshi böladi... Shunday dedi-yu ketdi. Yigit bölsa joyida turib qoldi... Hozir qizning otasi undan qiz uchun jonini söraganida hech ikkilanmay bergan bölardi. Lekin ayrim narsalarning qadri jondan ziyoda bölarkan. Nimaqilish kerak? Yigit uchun shu kun juda og'ir böldi. Ertasiga qiz bilan uchrashdi. Qiz yana yig'lardi. Yigit undan "nega yig'layapsan" deb söramadi ham. Uni bag'riga bosdi. Ichidan otilib chiqayotgan alami bög'ziga tiqilib qizga shivirladi: "Kulazizam, hech qachon yig'lama..." Yigit shu lahzada qaror qabul qildi: Taqdirga tan berish kerak... Qiz bilan boshqa körishmaslik kerak... Ertasiga yana uchrashuv joyiga otlandi. Yöq, körishmaydi. Uzoqdan kuzatsa bas. U özini kutayotgan qizni uzoqdan kuzatdi. Keyingi kun, undan keyin ham... Shu kun yigitga xorijdan ish taklif qilishdi. Yigit ketishga qaror qildi. Hammasini unutish uchun... Ertasi kun u qizga sms yubordi. Uning öqib yig'laganini uzoqdan kördi-yu qöliniyuragi ustiga olib bordi va pichirladi: "Kechir jonim, mendan nafratlanishing kerak..." Kunlar ötaverdi. Yigitning samalyoti uchishidan bir kun oldin u qizni sönggi bor körish ilinjida uning uyi yaqiniga bordi. Kördi ham.G'amgin gözal qiz... Yigit qizning otasi bilan gaplashib olishi kerak edi. - Men ertaga tongda Parijga uchib ketaman,- yigit qizning otasi yonida söz boshladi,- mana bu xatni unga berib qöying, iltimos. Sizning iltimosingizni bajardim. Siz ham bajarasiz deb öylayman... Xayr! Yigit ketdi. "Endi seni körmayman. Kechir meni azizam... Baxtli böl!" Uning közidan sizayotgan yoshlarni hech kim körmasligi uchun közoynak taqib oldi. Ota maktubni öqib yuragi tölib ketdi. Qizini shu darajada sevarkan, bir og'iz sözini ikki ham qilmadi. Kuyov qilsa arzirdi. Lekin, kechikdi... Tongga qadar hayollar iskanjasida qoldi. Tongda maktubni olib qizining xonasiga kirdi. Qizi judayam gözal. Lekin, uning közlarida yosh bor edi. Ota ortiq bardosh qilolmadi. Qizini bag'riga bosib, peshonasidan öpdi: - Meni kechir qizim... * * * Ota qizigaxatni berib, yigit haqida hammasini aytib berdi. Qiz maktubni ochib öqishga tushdi: "" Bugun mendan nafratlanayotgan bölsang kerak. Ishonaver buning hecham ahamiyati yöq menga. Chunki bugun men seni yana hammadan birinchi tabriklayapman. Qanday omadim bora? Sen jinnisan, negaligini bilasanmi? Töying haqida aytmading menga. Lekin meni kimligimni unutib qöyding. Men quvnoq "folbin"manku. Baribir bilvoldim. Xuddi tug'ilgan kuningdagidek... Yodingdami, taqdirga ishonmayman derding. Men esa qölimni avval yuragim ustiga, keyin peshonamga qöyib buni taqdir deydilar derdimBuning ma'nosini bilasanmi? Bu yurakdagi sevgi uchun taqdirga minnatdorlik.. Ha, men taqdirimdan minnatdorman. Ösha poyezdga kechiktirgani uchun... Seni menga uchratgani uchun... Keyingi 5 oyda aqldan ozayozdim. Seni qidirib. Topganimda esa endi kech bölgan ekan... Meni kechir... Sen baxtli bölishing kerak. Menga öxshagan surbet bilan taqdiring qöshilmagan ekan. Men senga hozir söz beraman. Meni endi hech qachon körmaysan, men esa seni hech qachon unutmayman. Chunki sen bunga loyiqsan. Sen ham menga va'da berishingni xohlayman. Baxtli bölaman deb söz ber. Sizni unutaman deb söz ber. Chunki men unutilishga loyiqman. Seni tashlab ketayotganim uchun ham... Senga bir gapni köp aytishga ulgurmadim. Bugun sönggi bor aytaman: Men seni sevaman! Sen baxtli bölishing kerak. Töying muborak bölsin..."" Qiz yig'lab-yig'lab xatni öqib tugatdi. Otasi qizini yupatdi: - U bugun Istanbulga uchib ketmoqchi. Bor qizim uni töxtat... Qiz yig'lashdan töxtab, otasiga qaradi. - Köchada taksi kutib turibdi. Ulgurishing kerak. Qolganini menga qöyib ber,- otasi qölini avval yuragi ustiga keyin peshonasiga olib bordida kuldi,- axir buni taqdir deydilar... Qiz otasini quchoqladi: - Rahmat, dadajon... Keyin chopdi. U ketib qolmasligi kerak. Ketishga haqqi yöq. Qölidagi bejirim tumorni mahkam siqib taksiga ötirdi. Taksi aeroport tomon yöl oldi. Qiz esa hamon köz yoshlarini töxtata olmas va shivirlardi: - Iltimos, ketib qolmang, bir martagina mening ham iltimosimni bajaring... Taksi aeroportga yetib kelgach qiz shoshib ichkariga kirdi. Hamma yoqda odam. Qayerga borishini bilmasdi. Aeroport ichida esa operatorlarning yölovchilarga turli murojaatlari eshitilardi. Qiz nihoyat shoshilib nazorat punktiga keldi. Qöriqchilarning hay-haylashiga qaramay ichkarida ötirgan qizdan shoshib söradi: - Opajon, Parijga samalyot uchmadimi hali? - 347-reys bilan Toshkent-Istanbul yönalishida samalyot yarim soat oldin uchib ketdi. - ...,- qiz özini yöqotib qöydi,- ketdimi? U yigitning kulib turgan holatini köz oldiga keltirdi. Lekin u chindan kechikkandi. Samalyot allaqachon uchib ketgandi. Qiz odamlar gavjumbölgan kutish zalidagi örindiqlardan biriga borib ötirdi. "U ketib qoldi. Endi uni hech qachon körolmayman..." - Iltimos, tumorimni qaytib ber,- yigitning ovozi eshitildi shu payt,- usiz samalyotga ham kech qoldim. Qiz yigitga qaradi. Qölida bilet, chamadon... Unga kulib qarab turardi. Qiz uning quchog'iga otildi. - Nega ketib qoldiz,- yig'lardi u. - Ketib qoldi deb kim aytdi? Yuragimni tashlab qayerga ham ketardim,- uning sochlarini siladi yigit. - Siz yomonsiz... - Hm. - Surbetsiz... - Hm. - Yana "hm"mi? - Hm. Ular kulib yuborishdi. Aeroportda esa hamma ularga qarardi. Qarayverishsin. AXIR BUNI TAQDIR DEYDILAR...

Комментарии

Комментариев нет.