Мухаммад Юсуф 1954
йил Андижон
вилоятининг Мархамат
туманида дехкон
оиласида тугилди. Урта
мактабни тугатиб, Республика рус тили
ва адабиёти
инситутида
тахсил олиб, уни 1978
йил тугатган Мухаммад
Юсуф китобсеварлар республика
жамиятида,
1980-1986-йилларда
"Тошкент окшоми"
газетасида, 1986-1992
йилларда Гафур Гулом номидаги адабиёт ва
санъат нашриётида
ишлади. Мухаммад
Юсуф 1992-1995
йилларда
"Узбекистон овози" газетасида, Узбекистон
ахборот агентлигида
фаолият олиб борди.
1995-1996
йиллардаДавлат ва
жамият курилиши
академиясида укиди,
1997 йилдан
бошлаб Узбекистон
Ёзувчилар уюшмаси
раиси уринбосари
лавозимида ишлади.
Унинг
дастлабки шеърлари
"Узбекистон адабиёти
ва санъати" газетасида
1976 йилда чоп
этилган
эди.
1998 йили унинг
адабиёт сохасидаги хизматлари хамда
купгина
шеърларининг халк
орасида кушик килиб
куйланганлиги назарга
олиниб, Мухаммад Юсуфга "Узбекистон
халк
шоири" унвони
берилди.
Мухаммад Юсуфнинг
биринчи шеърий туплами
"Таниш тераклар"
1985 йилда нашр
этилган..
Шундан сунг 1987 йил
"Булбулга бир гапим бор", 1988-йил -
"Илтижо", 1989 йил -
"Уйкудаги киз", 1992
йил - "Эрка кийик"
каби
тупламлари чоп этилди.
2000 йилда Мухаммад
Юсуфнинг сайланмаси,
"Халк бул, элим"
тупламлари чоп
этилган. Илохим,
шоиримизнинг
рухлари шод,
охиратлари обод
булсин!..
Mendan nima
qolar: Ikki misra she’r,…
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der, Men seni
o'ylayman O'zimdan ko'proq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq! Men
ketsam, yomondan
Yiroq bo'l, ohu,
Chunki sen chiroyli, Ko'rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo'lar-u, Yomon
odam yaxshi
Bo'lmas hech qachon…
Yasha chegarada Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq! Uyda
yotibman-u,
Sezib turipman,
Ko'kda kelayotir Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog'dirib
Qanotlaridan, Xasta
shoiriga
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham Ularga qo'l qoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq! Ularni
men yana
Ko'rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek Kuzatolmadim.
Kuz. To'ylar boshlandi.
Yuragim pora – Bitta
qizimni ham
Uzatolmadim…
Demak, taqdir ekan To'y ko'rmay o'lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq! Biroq,
ko'nglim sezar,
Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga Odam to'ladi.
Hali to'ylar qilib
Charchaysan, erkam,
Mening qizlarim eng
Baxtli bo'ladi!
Kelinlar ko'ylagi Ruhimday oppoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq! Gulim,
yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr yetmas,
Kimga mol-dunyo,
Menga esa havo
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda, O'liklar uyg'oq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq! Ko'ksim
kuyib borar,
Ko'krak yonmoqda,
Ayting do'xtirlarga, Yorishsa yorsin!
Jism o'z ulfati –
Jondan tonmoqda.
Bechora jon endi
Qayerga borsin.
Endi osmon yiroq, Endi yer yumshoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq! Buni
hayot derlar,
Unutma aslo,
Bir kun ochilasan, Bir kun so'lasan.
Qalbimda-ku, faqat
Sen eding tanho,
Qabrim ustida ham
O'zing bo'lasan.
Sen bizning sevgidan Xotira – bayroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq! Ayol
qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G'am kelsa boshingdan Xushing uchmasin.
Xudodan so'radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo'lida Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq! Ishing
tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar, Ko'ksi
tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq, Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq! Jon
so'ngi boshpana
Toparkan ongda,
U yurak ostida Derdim men bo'lsam.
Ajablanma agar
Ertaga tongda Seni
o'pib, O'shni
Quchoqlab o'lsam!..
O'tinchim – tepamda Yig'lama uzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq!