Onore de Balzak -"Gorio ota".

Gorio ota! Qanchalar yaxshi, qanchalar bechora, qanchalar ahmoq odam! Tanqidiy realizm janrida yaratilgan ushbu asar Gorio ota fojeasi misolida o'sha davr burjua jamiyatining xarakterini keskin fosh qilib tashlaydi. O'sha davr zodagon toifasining xarakteri de Bosean xonimning: "Qancha sovuqqonlik bilan ish tutsang, shuncha martabangiz oshadi. Hech ayamay zarba beravering, ana o’shanda qarshingizda titrab turadigan bo’lishadi. Hayotda jallod bo’ling, jallod bo’lmasangiz, uning oyboltasi ostida halok bo’lasiz" degan gaplarida ifodasini topadi. Usti yaltiroq ichi qaltiroq kiborlarning asl mohiyati baxtsizlikdan iborat bo'lgan soxta go'zal hayoti to'la-to'kis ochib berilgan.

Комментарии

  • Комментарий удалён.
  • 28 янв 2017 06:47
    Yigitchaning ismi Ejenmidi
  • 28 янв 2017 13:13
    Ha Ejen Rastinyak. Umuman "Inson komediyasi" zo'r ekan! "Gobsek", "Sag'ri teri tilsimi".
  • 28 янв 2017 13:53
    Tentak:-D Gobsek blan Sag'ri teri tilsimi bitta asar.
  • 29 янв 2017 23:41
    Boshshini qaysi devorga urasana shunaqa paytda. Nimaga ikkita asar qilib berilgan kitobda unda? Gobsek tugadi. Sag'rini alohida qilib beribdiyu hali boshlamadim.
  • 30 янв 2017 04:59
    Manda ilk tarjimasi bor
    o'shanda bittakuuu
    anu mehmonxonaga kirishdi db boshlanarmidi
  • 30 янв 2017 06:50
    81-yil nashri. "Insoniyat komediyasi" turkumiga kiruvchi "Gobsek" va "Sag'ri teri tilsimi" asarlarida Balzak o'z davridagi jamiyatning mash'um qirralarini ochib ko'rsatadi.

    So'zboshidan
  • 30 янв 2017 06:51
    Kim tentak ekan? :-D
  • 30 янв 2017 11:29
    Balzak!
  • 30 янв 2017 17:06
    Xexexe. Balzakda ayb yo'o'o' :-D
  • 30 янв 2017 17:11
    Kitobi hoz yonimdamasdeee borib ko'ray kegn gaplashamiz
  • 30 янв 2017 17:38
    Xo'p. Shulardan tashqari yana tarjima qilingan asarlari bormi?
  • 26 июн 2017 05:52
    Axir bu fransuz realistik adabiyotiku!
    O'z davrining illatlaring shavqatsizlarcha tasvirlash...