'' KEL SO'NGI BOR KO'RISHAMIZ''

Ko'kdagi oy to'lmasidan
So'ngi umid so'nmasidan
Xammasi kech bo'lmasidan
Kel so'ngi bor ko'rishamiz
Balki ketar ko'ngil dardi
Og'ir ekan taqdir zarbi
Qullab tushmas falak gardi
Kel so'ngi bor ko'rishamiz
Ajratishdi ko'ngilarni
Qon yig'latib bu dilarni
Qo'y o'ylama sen ularni
Kel so'ngi bor ko'rishamiz
Armonlarim oqsin soyda
Dog' bor ekan go'zal oyda
Ilk ko'rishgan o'sha joyda
Kel so'ngi bor ko'rishamiz
Xayolimdan ketmayabsan
Xayotimga yetmayabsan
Axir sen xam sog'ingansan
Kel songi bor ko'rishamiz
Firoq o'tga solmasidan
Ko'nglim sendan qolmasidan
Jonim ajal olmasidan
Kel song'i bor ko'rishamiz
'' XAMMASI KECH BO'LMASIDAN
'' KEL SO'NGI BOR KO'RISHAMIZ''
OZOD NUR

'' KEL SO'NGI BOR KO'RISHAMIZ'' - 812196631596
'' KEL SO'NGI BOR KO'RISHAMIZ'' - 812196650796

Комментарии

  • 25 июл 2021 09:29
  • 25 июл 2021 09:35
  • 26 июл 2021 17:05
  • 26 июл 2021 17:05
  • 26 июл 2021 17:30
    e543aa4600
  • 2 ноя 2021 13:59
    So'zim hayotdan oldim
    Qancha hayolga toldim
    Olib taqdir zarbasin
    Bilmasdan sevib qoldim

    Kutib buloq boshida
    O'ksib ariq qoshida
    Shugina ham bormidi
    Men oshiqni boshida

    Oydin kecha oy kecha
    Sog'inchimga boy kecha
    Sevganimni qalbida
    Bormi menga joy kecha

    Qaysar soxibjamolim
    So'ramaydi bir xolim
    Uni deya o'rtanib
    Og'riydi unsiz jonim

    Qora soching o'rilgan
    Kamon qoshing terilgan
    Sendek o'jar qiz uchun
    Mendek mardlar tug'ilgan

    Nozik qo'ling tutmasam
    Yonog'ingdan o'pmasam
    Yigit nomimga isnod
    Seni baxtli etmasan

    Sevganim xonni qizi
    Ofatijonning o'zi
    O'jar tog'ning toshidek
    Keshib o'tar xar so'zi

    Qirlar to'la qizg'aldoq
    O'zim taqay oybaldoq
    Saralama oshig'ing
    Mensiz yashaysan qandoq

    Ot choptirib tog' aro
    Sayr qildiray bog' aro
    Inamarkaga uchib
    Qilma ko'ksimni pora

    Mashinasi yurolmas
    Bizni qishloq yo'lida
    Mashinalar cho't emas
    Taqdir inson qo'lida

    Karvon karvon kaptiva
    Bezakdir boshqa nima
    Bir yigitga bir jiyron
    Yonida yor xotima...

    Bilmasdan sevib qoldim
    Shu sevgimni tan oldim
    Qaysar soxibjamolim
    Men senga og'iz soldim
  • 2 ноя 2021 14:01
    Diyorchik
  • 23 ноя 2021 02:38
  • 23 ноя 2021 02:41
    Браво