27 апр 2016

Terlanishni xalq tabobati orqali davolash usullari:

Achchiq tosh. Achchiq tosh kukuni terlanish va uning hidini olish uchun qulay vosita sanaladi. Qadimdan yunonlar va yaxudiylar bu usuldan juda keng foydalanishgan. Dorixonalardan achchiq tosh kukunini bemalol xarid qilishingiz mumkin. Foydalanish usuli esa juda oddiy. Achchiq tosh kukunini kechqurun yotishdan avval, qo‘ltiq osti yuvib bo‘lingandan so‘ng surtiladi va ertalab yuvib tashlanadi. Agar sizda Achchiq tosh kukunini un kabi maydalash imkoni bo‘lsa, shu holda ko‘chaga chiqishdan avval surtishingiz va kun mobaynida terdan xoli bo‘lishingiz mumkin.
Tibbiy spirt. Umuman spirt, har xil zararkunandalarni o‘ldirishda qulay vosita. Paxta orqali tibbiy spirt bilan oyoq yoki qo‘ltiq osti hidlanish qismini artasiz, jarayonning doimiyligi kasallikni yengishga yordam beradi.
Olma sirkasi. Ikki choy qoshiq olma sirkasiga uch qoshiq sovuq suv aralashtirasiz va teringizning muammoli

Terlanishni xalq tabobati orqali davolash usullari: - 834350655527
qismiga surtasiz. Bu aralashmadan soch to‘kilishini oldini olishda ham foydalanish mumkin.

Iste’mol sodasi va moychechak. 1 litr Moychechak qaynatmasiga ikki osh qoshiqda soda solinib arashaltiriladi. Bu qorishmani har ikki soatda terining muammoli qismiga surtish kerak. Oyoq uchun esa vanna qabul qilinadi.

Eman daraxti ildizi. 1 litr suvga 50 g eman ildizi solinib yarim soat qaynatiladi. Tayyor qorishma qo‘ltiqqa surtiladi. Oyoq uchun esa vanna qabul qlinadi. Davolanish natijasi esa 1 oyda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Limon suvi. Braziliyalik ayollar, Limon suvi orqali terlanish va hidlanishdan saqlanadilar. Faqat bir jixati noqulaylik tug‘diradi. Teriga kiyim iplari yopishib qolishi g‘ashingizni keltiradi.

Osh tuzi va iste’mol sodasi qorishmasi. Bu ham terlanish va hidlanishni oldini oladi, ammo me'yordan ortiq surtish teri allergiyasini keltirib chiqarish ehtimoli mavjud.

Maxsus diyetalar, Endokrinolog tavsiyasi:

Yodga boy maxsulotlarni kam iste’mol qilish. Jigar, mol go‘shti, kurka va piyozli maxsulotlarni kam iste’mol qilish. Qulupnay, uzum va bodom mevalari terlanishni oshiradi, shu sababli mutaxassilar bunday mevalarni ko‘p iste’mol qilishni maslahat bermaydilar. Ko‘proq suv ichish hid toksinlarini yo‘qotishda yordam beradi. V vitaminiga boy mahsulotlarni ko‘proq yeyish (ayniqsa qishda), ko‘katlar, baliq va sut maxsulotlari ham bunga misol bo‘la oladi. Vitamin S, V12 va V6 minerallariga boy mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish. Ovqatdan oldin, qora qaxva o‘rniga, issiq yalpizlik choy ichish juda foydali. Kofeini mavjud ichimliklardan iloji boricha voz kechish.

"Salomatlik" guruhidan olindi.

Telegram.me/uzglam

Комментарии

Комментариев нет.