Комментарии
- 20 авг 2017 23:17Ey umrim javhari davlatim Otam
Dillari quyoshdur mehribon Otam
Sizga izdoshdurman abadul-abad
Shul sabab ko'nglim shod g'rurim Otam
Bu dunyo sinovli yolg'onchi dunyo
O'tgaydur umrlar misoli daryo
Do'st degan ulfatim bo'lsada ammo
Bo'lolmas siz kabi dartkashim Otam
Sizning-la bordurman ichra keng jahon
Shukrumni e'shitsin ul buyuk Rahmon
Qalbingiz og'ritib bo'libman nodon
Doimo kechirgan rahimli Otam
Bog' ichra gurkirar chamanzor ravon
Tinmagay har nafas mehnatkash bog'bon
Mehnat ila ayladiz siz meni inson
Siz mening qo'li gul bog'bonim Otam
Bilsangiz yurarman osmonda doyim
Siz borsiz omondur ko'kdagi boshim
Shubha yuq aytarman har yerda so'zim
Tog' kabi sarviqor osmonim Otam
Joningizga jon bo'lolmas afsus bu jonim
Bo'lsa e'di berardim sizga bor umrim
Insho Olloh ko'rgaysiz gullagan bog'im
Nuri ila yoritgan jahonim Otam !!! - 21 авг 2017 12:05Rahmat sizga ijodizga omad tilayman judayam ajoyib she'r afsus Dadajonim yo'q yurak bag'rim kuyub ketyapti beshavqat ekan taqdir rohat ko'rmay ketdi yosh ketdi ;-(;-(;-(
- 21 авг 2017 12:16Кечрасиз билмагандим сабир тилийман жойи жанната. Охратлари обод булсин илохим
- 21 авг 2017 12:22Rahmat ilojsizman sabr qilishdan boshqa choram yo'q sog'inchim sabrdan ustun kelyapti judayam sog'indim Dadamni ishongim kelmaydi yo'qligiga ;-(;-(;-(
- 21 авг 2017 12:29Yurardim qachonlardir betashvish-u beg'am.
E'tibor qilmapman dardin bilsam ham.
Endi foydasi yo'q qancha achinsam,
Qaytib kelmas yerga otlangan OTAM.
Uch kun jim yotdilar shiftga boqqancha,
Biror so'z demasdan qalbim yoqqancha,
Hisoblab gunoh-u va savobin qancha,
Sukutda kimlarni o'ylagan OTAM.
Uch kun azoblanib ozor chekdilar,
Umr bog'lariga dardni ekdilar,
G'amning yaprog'idan kafan tikdilar,
O'zining ajalin sog'ingan OTAM.
Uchkun ham o'tdi-yu tilga kirdilar,
Mehribonim sekin yaqin tortdilar,
Mendan rozi bo'lgin qiynalma deya,
Nasihatlar aytib vidolashdilar.
Men ahmoq tushunmay vido so'zini,
Yolg'iz tashlab ketdim bilmay o'zini,
Ortiq ko'rolmadim o'tli ko'zini,
Bir umr ko'ziga zor etgan OTAM.
Otajon mehribon, g'amxo'r edingiz,
Asaldayin shirin edi so'zingiz,
Sog'inib eslaydi telba Qizinggiz,
Bolam deb, qizim deb yashagan OTAM.
Kuz kelib xazonlar to'kildi bir bir,
Kimdir vafot etdi, tug'ildi kimdir,
Vafotizga mana to'libdi bir yil
Olloh dargohiga yo'l olgan OTAM.
Qabringiz yonida turibman mana,
Siz sevgan gullardan keltirdim yana,
Ko'ksimdan otilib yosh chiqdi ana
Mening ko'zlarimni yoshlatgan OTAM.
OTAJON o'ksinmang ranjiganim yo'q,
Ko'zimga chang kirdi yig'laganim yo'q,
Yaxshiman ko'nglingiz qilavering to'q
Tushlarimda holim so'ragan OTAM.
Yig'lamayman degandim yig'ladim biroq,
Ahir kimsa yo'q-ku sizdan yaqinroq,
Ne uchun ketdingiz olislab yiroq,
Qaytib kelmas yerdan joy olgan OTAM - 22 авг 2017 23:16Onang ketsa savlatlaring ketgaydir,
Otang ketsa davlatlaring ketgaydir.
Shu ikkala qo‘rg‘oningdan ayrilsang,
Manglaydagi zar xatlaring ketgaydir.
Otasi yo‘q cho‘lda qolgan giyohday,
Onasi yo‘q rangi ro‘yi siyohday.
Kimning agar qo‘rg‘onlari yiqilsa,
To‘rt tomondan to‘rt ming ozor yetgaydir.
Nari borsa to‘rt yil kutar dildoring,
O‘n yil kutar sadoqatli do‘st-yoring.
Lekin otang sabr toshga aylanar,
Onang qirq yil ko‘z yummayin kutgaydir.
Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u,
Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan bayot u.
Nogoh agar yo‘llaringda qoqilsang,
Onang ruhi qo‘llaringdan tutgaydir.
Boshingga ish tushganida sinab ko‘r,
G‘amingga g‘am qo‘shganida sinab ko‘r.
Kimlaringdir sen deb ko‘z yosh yutar lek,
Otang qilich, onang qonlar yutgaydir.
Shon-shuhrating ketsa ketar do‘stlaring,
Mol-davlating ketsa ketar do‘stlaring.
Otang-onang qolar senla, qolgani - 22 авг 2017 23:17ОНАЖОНИМ СИЗНИ СОГИНДИМ...
Кайгуриб уртансам гаму аламда,
Дунёлар тор келса оху ноламга
Яхши хам сиз борсиз еруг оламда,
Онажоним сизни жуда согиндим, - 27 авг 2017 08:42Oнангиз ёнида бир зум ўтириб,
Меҳрли кўзларга бир тўйиб қаранг,
Дунё ишларини бир четга суриб,
Онаси ҳаётлар, онангиз асранг!
Ҳаётдан кетганда қадри билинар,
Томоққа ҳаттоки сув ҳам илинар,
Пушаймон бўларсиз, бағир тилинар,
Онаси ҳаётлар, онангиз асранг!
Қалбини ғам алам қамраб олмасин,
Йўлингизни кутиб кўзи толмасин,
Кексайган кўнглида армон қолмасин,
Онаси ҳаётлар, онангиз асранг!
Онасин ҳолидан хабарсиз киши.
Мазмунсиздир умри, баҳору қиши,
Ҳеч қачон тугамас бу дунё иши,
Онаси ҳаётлар, онангиз асранг!
Оналар пойида бўлса гар жаннат,
Не учун онага қилмайсиз хизмат,
Онадан айрилмоқ энг оғир қисмат,
Онаси ҳаётлар, онангиз асранг!
Биз учун ҳадисдур айтган ҳар сўзи,
Дунёда онадай зот борми ўзи,
Фақат қувонч билан ёшлансин кўзи,
Онаси ҳаётлар, онангиз асранг!
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Sog'indim ♥
Ой каби бошимда парвонам~ ОНАМ ,
Офтобдек МЕХРда ягонам ~ ОНАМ...
Бошимга тилла ТОЖ ,
кўнглимга ТАСКИН,
Туну кун тилимда ШУКРОНАМ~ ОНАМ...!
Олтин~ кумуш асли ТОШ
бўлар экан...
Онасизнинг кўзи ЁШ бўлар экан,
Онаси бор ~ доим ЁШ* бўлар экан...
Меҳр уммонида ДУРДОНАМ ~ ОНАМ...!
Қайга борсам йўлдош, ҳамроҳ тафтингиз,
Сиздан ~ БАХТ топдим, сиз нима топдингиз ?!
Мудом манглайимда илиқ кафтингиз,
Толеъимдан ёруғ пешонам, ОНАМ...!
Ёнимда УГЛИМ, КИЗИМ* деб турсангиз, ОНА...
Яшайман ғамлардан ғолиб, МАРДОНА,
Келсангиз юксалар ғариб ОСТОНА...
Кетсангиз мунғаяр кошонам, ОНАМ...!
Кўрдим дунё етти
мўъжизасин,
Топмадим лек
қалампирмунчоқ исин...
Кўзларимга сурайин
ОНАЖОНИМ изин.
Жаннат боғларидан
НИШОНАМ ОНАМ,
ДИЛИМНИНГ КУВОНЧИ,
ЮПАНЧИМ ОНАМ...!