CAPTIVA haqida ma'lumot !!!

Chevrolet Captiva - bu hammabop yo‘ltanlamas va oilaviy ixcham avtomobilning o‘zaro noyob uyg‘unlashuvi natijasidir.
Avtomobil noodatiylikni ifodalovchi tashqi qiyofasi: jo‘shqinligi va xushbichimligi jihatidan bemalol boshqa avtomobillar bilan raqobatlasha oladi. 3 l. sig‘imga ega dvigatel 258 ot kuchiga teng quvvat bilan ta'minlay oladi. Xavfsiz va qulay yo‘ltanlamas avtomobilning hammabopligini va omilkorligini qadrlaydiganlar uchun Chevrolet Captiva eng ajoyib tanlov.
Avtomobilning yuqori darajada jihozlangan sifatli saloni yo‘ltanlamasning ashaddiy ishqibozlarini befarq qoldirmaydi. Captiva krossoveri zamonaviy oilalar uchun maxsus ishlab chiqarilgan.
Haqiqiy yo‘ltanlamas - Captivaning mustahkamligi, ishonchliligi va kengligi sizga ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi.
EKSTERER
Chevrolet Captivaga uzoqdan bo‘lsa ham bir nigoh tashlang. U atrofdagi hasadgo‘y nigohlarga o‘zining nimalarga qodirligini namoyon etishga tayyor. Avtomobilning yangi old bamperi va radiator panjarasi, shuningdek, diodli orqa chiroqlar avtomobilning tashqi ko‘rinishiga o‘zgacha vajohat bag‘ishlaydi.
AVTOMOBILNING ICHKI KO'RINISHI
Chevrolet Captiva - juda bag‘ri keng avtomobil. Boshqa krossoverlarni bunday atay olmaysiz. Orqa o‘rindiqlar yig‘ib qo‘yilganda avtomobil salonidagi bo‘shliq 1577 l hajmni tashkil etishi sizda katta taassurot uyg‘otadi. Haydovchi o‘rindig‘i yelkaning pastki qismini himoya qilish uchun ajoyib suyanchiq va sakkiz holatga elektron sozlash funksiyasi bilan jihozlangan. Shuningdek, uchinchi qatordagi o‘rindiqlarni xohish va vaziyatga hamda yukning miqdoriga qarab, turli holatlarga sozlash natijasida 5 yoki 7 ta o‘rindiqni tanlashingiz mumkin. Chevrolet Captivaning tom qismida lyuk ham mavjud. Bularning barchasi o‘z taassurotlaringizni yoningizdagi hamrohingiz bilan o‘rtoqlashishga imkoniyat yaratadi.
TEXNIK TASNIFI
RUSUM CAPTIVA
TURI LTZ (АКП)
Kuzov
Toifa liftback universal
Tuzilishi/material
Tutib turuvchi/po’lat
O’rindiqlar soni 5/7
O’lchamlari (мм) Tashqi -Uzunligi 4673, Kengligi 1849, Balandligi 1727.
G’ildiraklar bazasi 2707
G’ildirak (old/orqa) 1569/1576
DVIGATEL Z24SED/10HMDОНС, 4- taktli, benzin. Yonilg’i purkash
Ish hajmi (sm.kub) 3,0L
Silindrlar soni - 6, V
Silindr va porshenlarning diametri (mm)-89/85.6
Siqish darajasi-11.7
Quvvati (o.k/ob.daq)-258/6900
Eng yuqori burash lahzasi (Нм/ob.daq)-288/5800
TRANSMISSIYA
Uzatmalar qutisi-AT-6
Ulashma-To’liq tortuvchi
Hajmlar va og’irliklar
Yonilg’I baki hajmi (L)-65
Yukxona hajmi (L)-942
Akkumulyator 12V (Ach)-70
Avtomobil vazni (kg)-1915
Avtomobilning to’liq vazni (kg)-2474
DINAMIK TASNIFI
Eng yuqori tezligi (km/ch)-198
0 dan ~ 100 km/ch gacha tezlashish (son.)-8,6
RUL BOSHQARUVI
Toifa
Shesternya va reyka
Eng kichik radiusda qayrilish (m)-5.75
Tormoz
Toifa -X- toifa
old/orqa
diskli/diskli ABS bilan
OSMA
Old-Mak Ferson
Orqa-Mustaqil, uzayt. Dastakli
G’ildiraklar va shinalar
G’ildirak-18x7
Shina-235/55/R18
YONILG’I SARFI (L/100 кm)-90 кm/ch-8, 120 кm/ch-10.7,
shahar ichida-15.5

CAPTIVA haqida ma'lumot !!! - 835784030769
CAPTIVA haqida ma'lumot !!! - 835784030513
CAPTIVA haqida ma'lumot !!! - 835784030257
CAPTIVA haqida ma'lumot !!! - 835784030001
CAPTIVA haqida ma'lumot !!! - 835784029745
CAPTIVA haqida ma'lumot !!! - 835784029489
CAPTIVA haqida ma'lumot !!! - 835784029233
CAPTIVA haqida ma'lumot !!! - 835784028977
CAPTIVA haqida ma'lumot !!! - 835784028721
CAPTIVA haqida ma'lumot !!! - 835784028465
CAPTIVA haqida ma'lumot !!! - 835784028209

Комментарии

  • Комментарий удалён.
  • 13 июн 2016 16:37
    худо хохласа оламан каптива тез орада
  • 2 авг 2016 18:57
    B-)Худо хохласа оламан каптивани хам худодан сореман харакат киламан