Controller Bot:

Ich-etimni kemiradi dard,
Go'yoki qil ustida jonim!
Uraverib charchagan yurak,
Go'yo qotgan tomirda qonim.
Yetmaganday bo'ladi havo,
Nafas siqar, boshim aylanar...
Tashqari tun, sovuq sukunat.
Yutmoqlikka meni shaylanar!!
Ilinmaydi kiprikka uyqu,
Ko'zlar shiftga qadalar borib.
Bir nuqtaga tikilgancha jim,
Nigohlarim boradi horib...!
Chiroq atrifoda parvona,
Aylanadi, tinmaydi bir zum!
O'tga-cho'qqa urib o'zimni,
Parvonaday bir kuni o'lgum!!!
Erkalanib boladay men ham,
Quchog'ingda olay bir zum tin!!
Ona, meni mahkamroq quchgin,
Sovuq qotgan yuragim yupin!!!
So'ng aytaman qalbimda ne bor,
Ne so'z bo'lsa to'kib solayin!!
Allalar ayt, boshim sila, so'ng
Mehring daryosiga cho'kib o'layin !
Armonlarni dilimga ko'mib,
Kulib turib yig'ladim, Ona!
Yuragimga sig'di dunyolar,
Men dunyoga sig'madim, Ona !!!
YURAGIMGA SIG'DI DUNYOLAR,
MEN DUNYOGA SIG'MADIM ONA!!!
❤️ @Yuragimdasan ❤️

Комментарии

Комментариев нет.