19 июл 2020

Umidim …

20--
Qop qora õrmon. Qoronḡu shu qadar quyuqki, yaqin atrofdagi hech bir jism kõrinmas, faqat qora tunni bir da’fa yoritib qora osmonni tilimlab õtgan sariq yashin chaqinida bir qiz chopib ketayotganini kõrib qolish mumkin.
U kimdan nega qochib ketayabdi? Hech kim bilmaydi. Ammo daxshatli bir xatardan qochayotgan qiz jonini hovuchlagancha ulkan qop qorayib ketgan harsang tosh yoniga yetib keladi. Suyangacha ohirigi kuchini tõplab tosh ustiga chiqishga urinadi. Guyoki shu bilan ortidan quvib kelayotgan daxshatdan qutulib qolishni maqsad qilgan .
Ammo qora kuchlar shu qadar kõp va tezkor ediki, uning nozik tanasi bir soniyada kõzga kõrinmas kuch dast kõtardi-yu, yerga otdi.
─ Sizlar yengildingiz! ! – dedi kimdir qop qora bõshliq ichidan qah qaha urgancha qiz esa qõrquvdan daḡ daḡ titrasa ham õrnidan turishga kuch topdi. Tõrt tomonini ham quyuq qoronḡulik qisib kelishiga qaramay qiz bor kuchini tõplab kaftini yuragiga bosdi va oldinga besh barmoḡini yoygancha hayqirdi:
─ Yõq! Men yutdim! !
Sõng õz õzidan ichidan oqish nur sirqirab chqa boshladi va harsang tosh ustida uvalangan tanasi hok bõlib sochilib ketdi,..
Qishloqdagilar qizni yashin urib halok qilgan undan bir qatra ham zarra qolmadi , deyishdi…
_ . - . _ _ . - . __ . - . __ . - . _
Uning sõnggi chehrasi ….
Men kõzimni yalt etib ochganimda kõz õngimda gavdalangandek bõldi.
─ Yõq!- dedim hayqirib sen ḡolib chiqolmaysan!
Ichimdan qanaqa bir kuch oqib kelayotganini bilmasam ham ammo bu menga halovat va jon baḡishlayotgan edi
.
Mukram uni men yaxshi inson deya xato qilibman, uning mudhish qiyofasini juda kech anglabman, nega u menga yordam bergandek kõrinish kasb etdi? Nega meni eng mehribon odam deya õziga rom etmoqchi bõldi. Ammo ayni damda u mening qarshimda asil basharasini oshkor etgancha turar, atrofda barcha narsa qora tutunga õralib tobora quyuq ḡubor ichiga kirayotgan edi. Uning kõzi huddi iblisnikidek qop qora tusga kirdi, bilagimni mahkam qisib turgan bõlsa ham endi menga ortiq azob bera olmadi. Chunki men õzimning ichimdan otilib chiqayotgan allaqanday kõmakni yordamchi bir kuchni sezdim.
Oppoq nur shundoq yuragimdan oqib kaftimga sõng esa uning qop qora kaftiga quyuldi. U tiyiqsiz oḡriqdan ingragancha meni bilagimni qõyib yubordi.
Ayni daqiqada qaerdan paydo bõlgan Vafo honim ham ḡubor ichini yorib õtdi.
Olovli alangalarini qora quyunga aylanishga ulgurmaganga raqibimga socha boshlarkan Mukram jon oḡriḡida menga yana hamla qilishga urindi. Ammo kechikdi, chap tarafdan otilib chiqqan Imroyil Jovidonov uning qora paypaslagichlarini qaytardi. Ammo ajal keltiruvchi zarba kucli edi.
Imroyil Jovidonov meni kõkragi bilan tõsib qolgancha qora kuchni õziga oqib kirishiga yõl berdi.
Havoda ayol kishini ingragan ovozi keldi, bu Vafo honim edi. U baqirgancha oldinga otildi ammo zarba halokatli edi. Faqat endi ikkimizni qolgan xatardan qalqon qolishga majbur bõldi. Vafo honim bor kuchini ishga solib olovli quyun yaratdi va qora quyun bilan ikkisi chirpirak bõlib havoga kõtarildi,
“Bum !” qars!” osmonda momaqaldiroq gumburladi. Va atrof birdan jim jit bõlib qoldi,
Atrof yorishdi, maydalab shivalab yomḡir tomchilar, atrofda hamma narsa sochilib yotar, oqarib ketgan ohaksimon ḡishtlar mayday quriqshigan gullar payhon bõlib yotar, eyrda mendan ikki qadam narida Imroyil Jovidonov kõkka termulgancha ikki qõlini ikki yonga chõzgancha yotar,
Osmondan yoḡayotgan tomchilar uning yuziga kõzlariga oqardi. Qirmizi qorachiqlari sekinlik bilan asliyatiga- tuḡilganida qanday bõlsa õsha tusga qoramtir qahvarang tusiga kirdi,
Men hayotimni asrab qolgan insonning yonig emaklab bordim.
U sõnggi nafasini olayotgan insondek hirqirar, ammo baxtdan gul gul yonar, kaftida allaqanday qorayib ketgan xazonni ḡijimlab turar, intizor bõlgan kõzlari nihoyat meni topgach hayajonlanib shivirladi…
─ Sen bilan juda kech tanishganimdan juda afsusdaman..
─ Siz albatta tuzalib ketasiz… - qõlimdan hech qanaqa yordam kelmasligidan nima qilishni ham bilmasdim, kaftim va yuragim hali ham lovullab issiq taftdan terlab turar, u esa borgan sari muzga aylanib borayotgandek edi.
─ Onangga yordam bera olmadim… U Bizni hammamizni Balodan qutqargan edi. Ammo õzini qurbon qilgan edi, endi qutqarish navbati meniki… Seni vaqtincha bõlsa ham bu azobdan foriḡ qila oldim ku,,,
_-__-_ _-__-_ -_--__-__--__
Yonib kul bõlgan daraxtzor õrtasida qaqayib turgan oqish harsang tosh yoniga yetib kelgan yosh yigitcha chindan ham Faxrizga quyib qõygandek õxshardi.
Kõzlari faqat qirmizi tusda emas qoramtir qahva rangda edi.
U qoraib nurab borayotgan tutunni ojiz kafti bilan tutib qolishga urinarkan, dod solib baqirdi. Osmon larzaga keldi.
─ Sendan qasos olaman! La’in!!! – deya hayqirgan yigitchaning yuzlari jonsizlanib oqarib marmardek tusga kirdi. Kõzlari qahrdan qizarib qirmizga aylandi.
U tortgan na’ra ovozi aks sado bergancha – õrmonning qoq yarmi yam yashil barglarga qoplandi.
Ammo õzi yam yashil boḡlarga qiyo ham boqmadi. Õrmonning zulmat egallagan qop qora tarafiga sekin asta qadam tashlab ketarkan, ortiga bir marta ham boqmadi.
Ana shunda oppoq zangori tosh tagida chaqaloqning inga ingalab yiḡlagan ovozi eshitildi,
….
_ - >>…………..______
Bu men kõrgan eng sõnggi xotira edi,
Imroyil Jovidonov kaftini mening katfimga ochgancha vafot etdi, uning jonsiz tanasi huddi yengil pardek bir tõzḡidi va havoga yoyilib ketdi. Yuzidagi mayin tabassumi ichra “Uni himoya qilish gali endi seniki..” deya shivirlagandek edi,
Yuzimni tõsib yiḡlaganimcha kaftimda nimadir borligini sezib uni ochdim.
Qirmizi tusga kira boshlagan chiroyli atirgul… u xazonlikdan yana tirik ḡunchaga aylangan edi.
Boḡ birdan jonlanib kechagi xazon bosgan gulzorlar yashnab ketdi. Ammo men bu sayhonlikda yolḡiz õzim yangitdan yangi savollar va jumboqlar ichida qolib ketdim.
Endi men aslo avvalgi Injudek bõla olmayman..
Davomi bor.....

Umidim … - 891742214462

Комментарии

Комментариев нет.