28 сен 2020

Zulmat qarida

5-qism
Soat 9 larda uyga keldim. Devordan oshib o'tishga ham ko'nikib qoldim. Ertalab zo'rg'a uyg'ondim.Pastdan onamning shirin ovozi eshitildi-Tura qol qizalog'im .
Turib kiyindim sochlarimni turmakladim va nonushtaga tushdim. Hayriyatki hech kim sezmabdi, yo'qsa ularga qanday tushuntirdim. Darsga xursand bo'lib bordim. Unstitut eshigi yonida Imron turardi.
-Hayrli tong uyquchi. U negadir men uyquchi derdi.
-Hayrli tong yaxshimisan?
-Seni ko'rdimku endi yaxshiman.
-Bir savol bersam maylimi?
-Ertalabdanmi yana boshlaysanmi?
-Yo'q faqat bitta
-Yaxshi so'ra
-Seni hech qachon horg'in holda ko'rmaganman.Nega? Ayni qiziq paytida qong'iroq chalinib qoldi. Sinfda har doimgidek Gulbegimning erkaliklari. Menga hech kim oshiqcha gap qila olmasdi. Hamma Imrondan qo'rqadi.Tarix ustozimiz kirib keldi. Qiziq bir taklif aytdi.
-Ertaga kim xohlasa tog'ga boradi. Hohlovchi xozirni o'zida aytsin.
Xonada shovqin suron ko'tarib ketdi. Men Imronga qaradim.
-Borasammi ?
-Yo'q bormayman,ertaga havo issiq bo'ldi. Og'izidan chiqib ketganini bilmay qoldi.
-Nima bormaysanmi? Havo yaxshi bo'lishini nimasi yomon.
-Aytdimku bormayman.
-Aaaa shoshma sen qo'rayishdan qo'rqyapsanmi? kulib so'radim
-Senga faqat hazil bo'lsa bo'ldi.
-Iltimos bor men sensiz nima qilaman. Boshimga nimadir tushsachi? Unda nima qilasan Gapimni tugatmasimdan bo'ldi.
-Senga hech narsa bo'lmaydi.
-Qayerdan bilasan, balki bolar.
-Hech narsa bo'lmaydi tushundingmi?
-Hop. Xozir men uchun eng muhimi Imronni borishi...
Imronga qancha erkalik qilsam ham ko'tarardi. Uni bir amallab ko'ndirdim. Endi bir nimalar qilib ota onamni ham ko'ntirsam bo'ldi. Uyga keldi. Hech kim yo'q eshik yonida xat bor edi. Ustida ota onamni ismlari bor.Abduhakimov Davlatbek va Abduhakimova Farog'at.
Xatni endi ochmoqchi edim, eshik taqqilab qoldi. (Agar o'shanda eshik taqqilamaganda bu sirlarni oldinroq bilarmidim.) Borib ochdim.Qo'shnimiz ekan. Onam so'radilar.
-Onamlar ishda edilar, kelsalar aytib qo'yaman so'raganizni.
-Hop bo'pti bo'lmasa hayr
-Hayr
Eshik yopib xonamga chiqdim. Darrov kravatimga yotib oldim.Juda charchaganman uxlab qoldim. Tush ko'ribman. Jarlikga qulayotgan ekanman. Tubsiz jarlik. Qo'rqib uyg'ondim. Anchadan beri daxshatli tushlar ko'rmay qo'ygandim. Yuragim g'ash bo'ldi. Ota onam ming marta yalinishlardan so'ng rozi bo'lishdi. Ertaga bolishini intizorlik kutyapman. Kech tushdi. Kechlim qilib xonamga kirdim. Hech uxlashni istamasdim. Sababi boya ko'rgan tushimni ko'rishni istamasdim. Ertalab yana horg'in uyg'ondim.Ammo bugun tog'ga boraman. Shu hayol miyamga kelishi bilan kayfiyatim o'z o'zidan o'zgardi. Xusand va baxtli edim. Ahir hech qachon tog'ga bormaganmanda. Ayniqsa bu sayohatda Imron ham bo'ladi. Do'stlarim bilan Artel sevvis yonida uchrashadigan boldik. Negadir ich ichimga sig'masdim. Safar uchun barcha tayyorganliklarni kecha tayyorlab qo'yganim uchun uyg'onib faqat kiyimlarimni almashtirdim.Egnimga pushti koftam bilan to'q jinsi shimini kiydim. Sochimni biroz yoydim. Ota onam bilan hayrlashib,uydan chiqdim. Uyimiz yonida Imron turardi. Lekin negadir mototskilda emasdi.
-Salom ,dedi birinchi bo'lib
-Salom yaxshi yotib turdingmi?
-Rahmat yaxshi ketdikmi?
-Nega bugun mototsiklda emassan?
-Negaki bugun tog'ga boraman. Mototsikl o'rniga mashinada keldim.
Imronga qarab mashinaga etibor bermagan ekanman. Uyimiz oldinda qop qora Equinox turardim.
-Bu sening mashinangmi?
-Ha, nima senga yoqmadimi?
-Yoqishga yodiyu
-Unda nima
-Ha mayli ketdikmi unda
-Chiq ketdik
Yo'lda hayolimga kelgan narsalardan dahshatga tushardim. U qanday bu mashina olishi mumkin. Ota onasi yo'q bola qanday bunday mashina mishina minishi mumkin. Chidab turalmay so'radim.
-Qanday bu mashinani olsing?
-Nimasi qanday
-Bu mashina men eng sevgan mashinam uni qancha turishini bilaman.
-Shunga nima qilibdimi?
-Axir sen talabasan. Bunday mashina olishing uchun 10 yil harakat qilishing kerak. Mashina saloniga qaraganda mashina yangi. Uni ustiga mashinani bir maromda haydayapsan. Anchadan beri haydaysan shekilli. Imron javob berishdan oldin juda o'yladi shekilli sekin sekin javob bera boshladi.
Imron endi javob bermoqchi bo'lgan ham ediki telefoni jiringladi. Ekran ustida Jamila va bir qizning sur'ati paydo bo'ldi. Menimcha u Jamilaning surati edi. Yana bir bor savolim javobsiz qoldi. Jamila ham huddi Imron singari juda chiroyli ekan. Tog'ga ham yetib keldik. Yo'l bo'yi gaplashmadik. Savollarimga javob berishini kutayotganimni bila turib Imron javob bermasdi. Bu esa meni qonimni qaynatardi. Na chora o'zi aytishini kutish kerak. O'quvchilar barchasi to'planishdi. Tarix ustozimiz Baxrom aka Imonov yonimizga keldi.
-Hammagiz yaxshi yetib keldiz degan umiddaman. Bu yerda 3 kun turamiz. Umid qilamanki hech qanday muommo chiqmaydi.Barchamiz yo'q deb javob berdik. Hammamiz xonalarga jo'ylashishni boshladik. Men dugonam Alisa bilanman. Hamma o'ziga sherik topgan. Faqat Gulbegim va Imron. Endi o'ylab qarasam Imronni bunday savollar berib rossa qiynagan ekanman. Biroq men uni kim ekanligini bilmasdimda. Kunimning qolgan qismi esa basoli bir do'zahdek o'tdi. Boshimga tushishi kerak bo'lgan hodisalardan hali habarim yo'q edi. Hammamiz joylashib olganimizdan so'ng o'yin kulgu qila boshladik. Kursdoshlarimdan bazilari chang'i uchishar,bazilari ot minishayotgan edi. Men va Imron hech kimga qo'shilmasdan xonam yonida turardik. Shu tobda Gulbegimni ovozi eshitildi
-Yordam beringlar oyog'im . Hammamiz yugurib bordik. Chang'i uchaman deb yiqilibdi. Juda ko'p qon oqayotgan edi.
-Jonning achishmayaptimi? so'radim oyog'ini ko'rib.
-Ishin bo'lmasin,senga baribir emasmi men yiqilamanmi yoki yo'q. Xursandirsan?
-Nega doim noto'g'ri tushunasan.Axir senga rahmim kelyapti.
-Menga rahming kelmasin juda qo'pol gapirishni boshladi Gulbegim.
-Hop bo'pti. Negadir kursdoshlar orasida Imron yo'q edi. Uni izlashga tushdim. Baribir ularni orasidan nima ham qilardim.Uzog'dan ketayotgan Imronga ko'zim tushdi.Yugurib yetishga urindim.
-Nima qilyapsan o'zi? U bizni kursdoshimiz. Nima bo'lgan taqdirda ham biz bir oilamiz.
-Meni yolg'iz qoldir debdi va qo'lini olmoqchi edi afsuski men yo'l qo'ymadim. Shu payt qo'limdan qo'li chiqib ketdim. Pastga qulab ketdim. Mana o'sha manzara. Men amalga o'shishini istamagan veqelik. Ha men tubsiz jarlikga qulayapman...
Davomi bor....

Zulmat qarida - 894808954942

Комментарии

Комментариев нет.