𝐇𝐈𝐊𝐎𝐘𝐀𝐋𝐀𝐑 𝐃𝐔𝐍𝐘𝐎𝐒𝐈 | 𝚛𝚊𝚜𝚖𝚒𝚢:

❤️‍🔥🪶QALBINGNI UYGʻOT❤️‍🔥🪶
18-qism. | YARIM QOLGAN ISHQ!
«Baʼzan baʼzi onlar, baʼzi tuygʻular, baʼzi qoʻshiqlar, baʼzi suratlar va baʼzi ishqlar yarim qolishi zarur. Xuddi bizniki kabi!»
Bu boʻlim qoʻshigʻi: Bazı aşklar yarım kalmalı-İrem Derici🦋
Qarshisidagi quduqdan chelakni tortib olishni uddalay olmayotgan qizga qarar ekan, uni ilk koʻrgan kuni esiga tushgandi. Eymer uni ilk koʻrganda ham hech kim unga yordam bermagandi, ammo u qarab tura olmagandi. Xotiralar insonga azob berardi, lekin Eymer ilk bor birini unutmagani uchun baxtli edi. Ajabo, uning yoniga borsa, uni tanirmidi? Bir yil oldin uchratganida tanishishga ham ulgurmagandi. Nogahon aqli oʻsha kunga ketdi.
BIR YIL OLDIN:
Mana shunday issiq, ammo shabadali yoz kechalaridan biri edi. Eymer uyiga qaytgandi. Ichkariga kirgancha birinchi qilgan ishi oʻzini yotoqqa tashlash boʻlgandi. Butun oʻrmonda Betta qabilasi bilan qarshilashgandi. Ular koʻpchilik edi. Eymerning oʻljasini olib qochishgandi. Eymerning jahli chiqayotgandi.
-Ming laʼnat!-degancha yotoqdan turdi va yuvinish xonasiga kirib ketdi. Dush qabul qilib olgandan keyin kiyindi. Oltinrang sochlarini quritar ekan, birdan eshigiga bir narsa urilgandek boʻldi. Uyining eshigini jon-jahdi bilan taqillayotgan biri bor edi. Eymer eshigining sinib ketishidan qoʻrqib, eshikni ochdi. Eshikni ochgan zahoti qarshisida umuman uchratmagan bir qizni koʻrishni hech kutmayotgandi. Malikalardek goʻzal, deb oʻylagandi ilk bor. Aqliga ilk kelgan narsa shu boʻlgandi. Eshik ochilishi bilan qiz ichkariga toʻgʻri yiqildi. Usti-boshi kir edi. Yuzlarida koʻmir izlari, yara izlari bor edi. Ha, yuzlari ozgina chizilgandi. Xuddi oʻrmonda yugurganda daraxtlar tirnagandek edi. Qizning qip-qizil qondek sochlari Eymerni oʻziga bogʻlaydigan arqon ekanini kim ham oʻylabdi deysiz? Toʻzgʻigan sochlari orasidan yara va koʻmir izi boʻlgan yuzini koʻtarib Eymerga qaragandi. Qahrabo koʻzlari bor edi. Xuddi kuzdagi daraxtlardan toʻkilayotgan yaproqlar kabi edi. Yoʻq, bu oʻxshatish unga toʻgʻri kelmasdi. Olovdek yonib turgan koʻzlari bor edi. Bu olovdek koʻzlarning Eymerni bir yil ichida qovurishni kim ham oʻylabdi deysiz?
-Me-menga yordam bering-dedi qiz mayin suvdek ovozi bilan. Ilk aytgan soʻzi yordam soʻrash boʻlgandi. Eymer qayerdan ham bilsin, bir yildan keyin bu qizni qayta uchratishini va bu qizning yordam soʻrashdan nafratlanishini. Lekin bilmasdi, yordam soʻrashdan nafratlangan qiz boshqa biri edi. Uni olovdek koʻzlarining otashida yondirgan qiz esa boshqa biri edi.
-Mendan yordam soʻrayapsanmi?-degandi Eymer unga ilk bor.
-Ha, ha, iltimos, menga yordam bering. U...u meni oʻldiradi-deganda. Koʻzlari qoʻrquvdan porlayotgandi. "Iltimos" degandi qiz. "Yordam bering" degandi. Koʻzlarida esa qoʻrquv bor edi. Eymer bilmasdiki, bir yildan soʻng bu qiz deb oʻylagani boshqa ekanini, bu qizning aksiga bir yildan keyin uchratadigan qizning koʻzlarida hech qachon qoʻrquv tuygʻusini koʻrolmasligini...
-Ichkariga kir-dedi Eymer. Qiz yugurib ichkariga kirgandi. Eymer eshikdan tashqariga qaragandi. Odamlar toʻplanib turgandi, ammo hech kim unga yordam bermagandi. Keyin birdan oʻrmon tarafdan birining egergiyasini his qilgandi: Vampir. Qiz vampirlardan qochayotgandi. Ichkariga kirib, eshikni qayta qulfladi. Qizning egergiyasini sezishga urindi, ammo hech narsani his qilmadi. Oddiy insonmi, deb oʻylagandi. Ichkariga qoʻrqa-pisa kirgan qizga qaragandi. Qizil, toʻlqinsimon sochlari, qahrabo koʻzlari, uzunchoq yuzidagi yara izlari-yu, qora koʻmir dogʻlari boʻlsa ham, juda chiroyli edi.
-Xoʻsh, nega vampirlardan qochyapsan?-deb soʻragandi qizdan.
-Chunki u..u meni olib qochdi-deb yigʻlab yubordi qiz. Eymer bilmasdiki, yillar soʻngra bu qizga oʻxshagan boshqa birini uchratishini va u qizning bir marta ham yigʻlaganini koʻrmasligini...
-Nega bunday qildi?-dedi Eymer.
-Aytishicha, vampirlar qirolining amakimga qarshi xusumati bor ekan. Meni qoʻllarida ushlab turib, amakimga kimligini koʻrsatib qoʻymoqchi ekan-degandi qiz koʻz yoshlari orasidan.
-Amaking kim?-dedi Eymer.
-Bu-buni sizga ay-ayta olmayman-degandi qiz qaltirab. Eymer qizning qoʻllariga qaradi. Qoʻrquvdan qaltirayotgandi. Eymer bilmasdiki, bir yildan keyin uchratadigan qizning qoʻllari qoʻrquvdan emas, gʻazabdan qaltirashini...
-Tushunarli. Xoʻsh, senga qanday yordam berishim mumkin?-degandi Eymer. Qizga qaraganida ichida iliqlik his qilayotgandi. Buning nima ekanini oʻzi ham tushunmayotgandi. Biroz oldin ovini oʻgʻirlatgani uchun gʻazabdan portlaydigan ahvolda edi, ammo hozir ichida gʻazabdan asar ham yoʻq edi. Qarshisidagi qiz uni sokinlashtirayotgandek edi goʻyo. Eymerning ichida kapalaklar uchayotgandi, buni oʻzi sezmagandi, ammo aynan shunday boʻlayotgandi.
-Me-men Miath qirolligiga yetib olishim kerak-dedi qiz yana qaltiragan ovozi bilan.
-Hozir yarim tun. Yoʻlga chiqsak, katta ehtimol bilan Bettalar yoki Kentavrlar bilan qarshilashishimiz mumkin. Ertalab ulardan oʻtib olishimiz oson boʻladi. Ertalabgacha kuta olasanmi?-dedi Eymer.
-U kelsa-chi?-dedi qiz qoʻrquvdan titrab.
-Kelsa ham, seni topa olmaydi. Energiyang yashirilgan ekan. Shuning uchun xavotir olma. Kechqurun vampirlar bu yerlarda izgʻib yurmaydi-deb qizni xotirjam qilishga urindi Eymer. Qiz unga ishongandi, bilmasdiki, Eymer uning ishonchini oqlay olmasdi... Qiz nima qilishini bilmay, alanglay boshlagandi. Eymer xonasiga kirgancha qoʻlida qizlar kiyimi bilan chiqqandi. Qoʻlidagi yashil rangli, oldi iplar bilan bogʻlanadigan yashil kofta, uzun tugmali, oq yubka va jigarrang teridan ishlangan kamarni uzatgandi.
-Yuvinish xonasi shu tomonda, istasang, ustingni tozalab ol-dedi yigit qizga qarab. Qiz oldin hayron qoldi, ammo keyin uyalganidan ikki yanogʻi qizardi. Yigitning qoʻlidagi kiyimlarni oldi va koʻrsatgan xonasiga kirib ketdi. Birozdan soʻng egnida yigit bergan kiyimlar, sochlari nam holda chiqqandi.
-Bu kiyimlar kimniki edi?-deb soʻradi qiz. Keyin esa haddi yoʻqligini oʻziga eslata boshlagandi.
-Vafot etgan singlimniki-dedi Eymer ifodasiz ovoz bilan, lekin buni eslagan zahoti yuragi parcha-parcha boʻlardi.
-Me-men uzr soʻrayman, buni bilmagandim-dedi qiz tortingan ovoz bilan.
-Hechqisi yoʻq. Bunga ancha boʻldi. Shunchaki sen zaifsan, shuning uchun uning kiyimlari sengs toʻgʻri kelyapti-deb mavzuni yopishga urindi Eymer. Bu voqeani eslashni ham istamasdi.
-Rahmat-dedi qiz sekingina. -Hammasi uchun. Qilganlaring va endi qiladiganlaring uchun-dedi. Keyin esa tabassum qildi. Eymer birinchi marta uning tabassumini koʻrgandi. Tabassum qilganda nozik lablari choʻzilardi, koʻzlari biroz kichrayardi va yanoqlari ozgina qizarardi.
-Shunchaki dam ol. Ertaga istagan joyingda boʻlasan-dedi yigit uzoq turishga harakat qilib. Ayollar bilan orasida hech qanday xusumat yoʻq edi, ammo boʻlgan voqealardan soʻng ular uchun uzoq turishni tanlagandi. Oʻzini oʻlim deb biladiganlar oʻlim keltirmaslik uchun hammadan uzoq turishardi...
-Shu xonada qolishing mumkin-deb oʻz xonasini koʻrsatgandi Eymer. Qiz bosh chayqab ichkariga kirib ketganda esa chuqur nafas olgandi. Keyin esa kiraverishda turgan stolga toʻgʻri yurgandi. Stol ustida moʻyqalamlar, qogʻozlar qator turgandi. Kechasi uxlay olmasligini bilgsni uchun sekin stolga oʻtirdi. Keyin esa eng sevimli mashgʻuloti boʻlgan chizishni boshlagandi. Oldiniga nima chizishni bilmagandi, ammo keyin qaror qilgandi. Qoʻllari oʻziga boʻysunmagan holda bugungi uchratgan goʻzalligini chiza boshlagandi. Qizning qahrabo koʻzlarini, uzunchoq, yara izlari boʻlgan yuzini oppoq yuzini, xavotir bilan qarayotgan koʻzlarini, koʻzlari ostiga soya solayotgan uzun kipriklarini, uzun, qizil sochlarini, nozik lablarini, kichik burnini, qizargan yanoqlarini chizgandi. Keyin esa suratga shoshilmay rang bergandi. Ishi tugaganda esa oʻtirgan joyida uxlab qolgandi. Bu kun u uchun mashaqqatli oʻtgandi. Shuning uchun charchagandi. Moviy koʻzlari oʻziga boʻysunmay, oʻzini uyquga taslim etgandi.
Ertalab turganida esa birinchi ishi xonasiga kirib, qizni tekshirish boʻlgandi. Lekin uyqudagi goʻzalni topish oʻrniga ochiq, pardalari uzilgan derazani, buzilgan choyshablarni topishini umuman bilmagandi. Oʻylagandiki, mening yonimda hech kim baxtli boʻlolmaydi. Uni ham yoʻqotdim. Shunchaki yordam bermoqchi edim, ammo yoʻqotdim...
Eymer bilmasdiki, qiz bir yildan keyin bir yoz kunida yana qochishni uddalashini va ilk boradigan joyi deb Eymerga oshiqishini, uni hech unutmasligini, atayin u bergan kiyimlarni asrashini, ularni kiyib Eymerning yoniga kelayotganida suvga choʻktirilishini, suvda jon berishini, uning tanasiga esa kelajakdan kelgan boshqa qiz joylashishini...
Qiz bilmasdiki, oʻsha kundan keyin Eymer uni unutmasligini, unga yordam bera olmagani uchun oʻzini ayblashini, oʻsha kundan keyin Eymerning stollari qizning rasmlari bilan toʻlib ketishini, ortiq rasmlari ilk bor chizgani kabi rangli emas, rangsiz boʻlishini, chunki qiz ketgandan keyin hayotidagi butun ranglarning gʻoyib boʻlganini, Eymer ortiq qizning qutulib kelishidan umid qilib, uyining eshigini hech qachon qulflamasligini...
Ular hech qachon bir-birining haqiqatlarini bila olishmasdi...
LARA VINCENT
Baʼzan hayotingizda chalkashliklar boʻlib turardi. Bir yoʻldan yurasiz, oʻsha yoʻlni toʻgʻri yoʻl deb oʻylaysiz, ammo bir qaraysiz, aslida eng katta xatoni oʻsha yoʻldan yurib qilgansiz. Eng achinarlisi esa ortiq buni oʻzgartira olmaysiz, chunki bir marta tanlov qildingiz. Tanlovlarni oʻzgartirib boʻlmaydi, boʻladi deyishingiz mumkin, ammo hayotda qilingan tanlovni oʻzgartirib boʻlmaydi. Bu achchiq bir haqiqat. Hozir Eymerga qarar ekanman, aynan shu achchiq haqiqatni koʻryapman. Toʻgʻri yoʻl deb oʻylagani aslida hayotining eng katta xatosi ekanini anglagan Eymer.
-U qayerda?-dedi Riverga qarab.
-Kim?-dedi River.
-Lara-dedi Eymer. -Lara qayerda turibdi?-deb soʻradi. River unga men turgan joyni ishora qildi. Eymer mrnga oʻgirilib qaradi.
-Eng boshidan sening u emasligingni anglashim kerak edi, Lara. U boshqacha edi. Bilasanmi, menga ilk aytgan soʻzi nima edi? U menga "yordam bering" degandi. Oʻsha sen aytishga or qiladigan jumla bor-ku, u menga shunday degandi, Lara. "Iltimos" degandi. Men unga yordam berishga urindim, bilasanmi? Ammo qila olmadim, chunki men atrofimdagilarga faqat zarar keltiraman. U oʻzgacha edi. Oʻsha kecha koʻzlarida qoʻrquv bor edi. Ha, sen aytishga ham or qiladigan oʻsha tuygʻuni uning koʻzlarida koʻrgandim. Qoʻrqayotgandi, Lara, qoʻrqayotgandi va men unga yordam bera olmadim. Seni u deb oʻyladim. Ha, men ahmoq uni taniy olmadim. Balki menga koʻringani kabi emasdi, balki boshidan oʻtkazganlari uni oʻzgarrtirdi deb oʻyladim. Sen bilan oʻsha besh kun oldingi uchrashuvimiz bor-ku, oʻshanda men uni qaytdi deb oʻylagandim. Lekin sen meni tanimading. Meni unutibdi dedim oʻzimga. Nega eslasin dedim keyin esa. Uyim uning rasmlari bilan toʻla. Bilasanmi, uni ilk koʻrganimda aqlimga kelgan narsa malikalardek goʻzalligi edi. Aslida esa malika ekan. Uning afsungar ekanini bila olmadim, chunki energiyasi berkitilgan edi. Oddiy inson deb oʻyladim. Bilasanmi, uning ismini soʻrashga ham ulgurmagandim. Shuning uchun seni koʻrganimda sening u ekaninga juda oson ishondim. Ismi Lara ekan deb oʻyladim. Lara, seni xafa qilmoqchi emasman, lekin uning oʻlimiga faqat oʻsha nomaʼlum shaxs aybdor emas. Sen eng boshidan boshqa birining tanasida ekaningni bilarding va ketguningcha uni asray olmading. Endi u seni deb hozir oʻlik holda. Buni tan ol, sening ham aybing bor-dedi. Bu gaplariga hayron qolgandim. Ichimda qandaydir ogʻirlik his qilayotgandim. Nega uning gaplari bu qadar ogʻriq beryapti? Axir qancha ogʻir gspirishmasin, menga taʼsir qilmasdi-ku. Bu gaplari juda ogʻirdek tuyulyapti. Xuddi oʻzim koʻtara olmaydigan yukni yelkamga ortishgandek his qilayotgandim. Bu...bu ogʻriq berayotgandi. Uning menga boʻlgan hozirgi munosabati ogʻriq berayotgandi. Bilmayman, necha bunday his qilyapman, lekin ogʻirlik qilayotgandi.
-Eymer, jim boʻl-dedim. Ovozimni oʻzim ham eshitmagandim, u qanday eshitsin? Albatta, u meni eshita olmaydi. Albatta, toʻxtamadi.
-Senga hech bir gap ogʻirlik qilmaydi, shunday emasmi? Hozir turgan joyingda menga nima deb turgandirsan? Sen aybdorsan, Lara. Qanchalik tan olishni istamasang ham, sen aybdorsan-dedi qatʼiy ovozda. Hamma unga qarab qotib qolgandi.
-Jim boʻl-dedim.
-Sen aybdorsan-dedi Eymer yana.
-Sariqbosh, boʻldi, bas qil!-dedi River. Albatta, faqat u meni koʻra olardi, shundaymi?
-Nimaga? Turgan joyida kulib turgani uchunmi?-dedi Eymer. Kulishmi?
-Agar uni koʻra olganingda edi, uni qanchalar yomon ahvolga tushirganingni koʻrgan boʻlarding-dedi River.
-Nima, yigʻlayaptimi? Kechirasan, lekin men Laraning bu gaplarga yigʻlashiga ishonmayman-dedi. Toʻgʻri, yigʻlamasdim, ammo laʼnati his-tuygʻular ham meni hech tinch qoʻyay demaydi-ku! Shu yerga kelganimdan beri ichimda nimalardir raqs tushishga, kapalaklar uchishiga, oʻrgimchaklar tirmashishiga, nimalardir sinishiga, qimirlashiga sabab boʻlayotgan koʻp va men bunday boʻlishini istamayman. Istamasam ham, bularning hammasi men bilan yuz beryapti. Bundan nafratlanaman! His-tuygʻular – bu zaiflik. Men zaiflikdan nafratlanaman va zaif boʻlishni istamayman. Lekin atrofimdagi odamlar meni kundan kunga zaiflashtirib boryapti. Ular meni kultura olyapti, jahlimni chiqara olyapti, sokinlashtira olyapti, endi esa xafa qilishga ham ulgurishdi. Men hech qachon oʻzimga yolgʻon gapirmayman. Oʻzimni aldamayman. Tan olaman, hozir ilk bor Eymer meni xafa qilgandi. Nega xafa boʻldim, bilmayman, lekin ichimda nimalardir parchalanganini his qildim. Lekin, albatta, hech kimning qarshisida yiqilmasdim. Toʻgʻri, meni koʻra olishmasdi, lekin birgina kishi mening ahvolimni hozir koʻryapti. River... Mening xafa boʻlganimni bilishini istamaydigan yagona odamim desam ham boʻladi. Uning buni sezishini aslo istamayman. Yana ifodasiz holatimga qaytdim. Men uchun hech qachon bu qiyin boʻlmagan. Yelkalarimni tik tutgancha iyagimni koʻtardim. Sochlarimni esa yana ortimga itardim.
-Bunday qilma, Lara-dedi River. Qilaman, buni hozir va shu yerda qilaman.
-Men aytgan gaplarni unga bitta-bittalab aytasiz, Shahzodam River, tushunarlimi?-dedim.
-Aytmayman-dedi.
-Aytasiz-dedim. -Nima, yoki uning tarafiga oʻtdingizmi? Nega u haqida qaygʻuryapsiz? Shunchalik uning his-tuygʻulari siz uchun qiziqmi? Bir gap aytaymi, menga umuman qizigʻi yoʻq. Menga aytgan gaplarining javobini olishi shart! Kerak emas, shart! Men hech qachon u qizning oʻlimida oʻzimni ayblamayman, men aybdor emasman!-dedim. Gʻirt yolgʻon! His-tuygʻu degan laʼnati narsalarni sezganimdan beri pushaymonlik tuygʻusi hamma hislardan oʻzib ketgan yagona tuygʻu. -Uning ham meni ayblashga haqqi yoʻq!-dedim. -Hoziroq gaplarimni unga aytasiz-dedim qatʼiy ovozda.
-Bunday qilmayman, Lara. Nima desang, de, bunday qilmayman.
-Oʻqlarni sizga qaratishimni istaysizmi?-dedim.
-U nima deyapti? Aytganini qil, shahzoda. Gaplarini eshitishni istayman-dedi Eymer.
-Koʻrdingizmi, eshitishni istayapti-dedim Riverga.
-Men qachon boshqalarning istak va xohishlari bilan ish koʻrdim, Lara?-deb soʻradi.
-Qilmagan boʻlsangiz, endi qilasiz, Shahzodam River-dedim dona-dona qilib.
-Hech qachon bunday boʻlmaydi-dedi u ham.
-Tushunarli-dedim.
-Nima?
-Tushunarli, sizni tushundim. Menga qizigʻi yoʻq. Men rejamizni amalga oshirishni istayman.
-Tushunarli-dedi endi River bu safar. Men qilaman deganimni, albatta, qilaman. Sizlar meni umuman tanimabsiz.
-Xoʻsh, meni Mister Niqob koʻrmasa, men qanday u bilan kurashaman-dedim.
-Kurashmaysan, tomosha qilasan-dedi.
-Sizningcha, men buni qilamanmi?
-Yoʻq, qilmaysan-dedi.
-U holda?
-Nega koʻrinishga harakat qilayotganingni ikkimiz ham juda yaxshi bilib turibmiz, Lara. Menga sariqboshga hech narsa demaslikka soʻz ber-dedi.
-Gaplarini eshitishni xohlayman-dedi Eymer.
-Soʻz beraman-dedim. Lekin River bir narsani bilmasdi. Lara Vincent hech qachon soʻzida turmagan...
-Senga qanday ishonay?-dedi River.
-Ishonishga majbursiz-dedim.
-Meni eshitmayapsanmi? Gaplarini eshitmoqchiman-deb baqirgancha Riverning yoqasiga yopishdi Eymer.
-Eshitmaysan-dedi River sokin ovoz bilan Eymerning qoʻllarini yoqasidan bir siltab tushirgancha. Eymer chetga chiqdi. -Endi esa rejaga qaytaylik. Men Larani koʻrinadigan ruh holatiga keltiraman. Bu orqali siz uni koʻra olasiz va unga tega olasiz, ammo u yaralanmaydi. Tushunarlimi?-dedi River.
-Ha, tushunarli-dedim men ham.
-Men bu rejada yoʻqman-dedi Eymer.
-Yoʻq, borsan-dedi River.
-Menga bundan nima foyda?-dedi Eymer. Uning bir onda oʻzgarganiga hayron qolgandim. Kechagina men uchun jonini berishga ham tayyor turgan odam endi men bilan bir havodan nafas olishni ham istamayotgandi. Bu... Bu biroz achinarli. Menga nima? Oʻzi biladi. Nima qilsa, qilsin!
-Ketsang, ketaver-dedim.
-Ketmaysan-dedi River unga yana bir marta.
-Xoʻsh, bu yerda qolgandan nima foyda?-dedi Eymer.
-Qasos olishni istamaysanmi? Axir ichkaridagi oʻlgan tana sen sevgan ayolga tegishli va uni oʻsha nomaʼlum shaxs oʻldirdi-dedi River.
-Ketsa, ketsin. Uni nima qilaman?-dedim men ham boʻsh kelmay.
-Lara, biroz jim tur-dedi River.
-Yoʻq, gapirsin. Ichida qolib ketadi-dedi Eymer. Riverga tikilib qaradi. -Sendan bir narsa soʻrayman, shahzoda, menga toʻgʻrisini aytasan-dedi.
-Shubhang bormi?-dedi River. River yolgʻondan nafratlanardi...
-U holda, menga javob ber. Bir ruh inson tanasiga qachon kira oladi, qachon bir boshqa tanada joylashib yashay oladi?-dedi.
-Tana sohibi oʻlganda-dedi River.
-Aynan, bu ham Indilaning hozir oʻlmaganini, Lara kelganida uning oʻlganini bildiradi, shunday emasmi? Xoʻsh, endi ham uning oʻlimida Laraning aybi yoʻq deya olasizmi? Lara oʻz zamonida tinchgina yashab, bu yerga kelmaganida edi, u tirik boʻlardi-dedi aniq qilib. U toʻgʻri gapirayotgandi. -Endi ham meni bu yerda ushlab turmoqchimisan? Endi ham meni qasos olishga undamoqchimisan? Agar men qasos olishim kerak boʻlsa, hozir Larani oʻldirishimga toʻgʻri keladi, ammo, Xudo haqqi, oʻsha besh kun qadri uchun jimgina ketyapman-deb oxirgi nuqtani qoʻydi. «Besh kun» soʻziga urgʻu berib aytgandi. Gʻalati boʻlib ketdim. Aynan toʻgʻri joydan zarba bergandi. Besh kun... Menimcha, bu raqam ortiq menga har doim Eymerni eslatadi. Unga aytganlarimni, oʻzimga qaytargandi va buning bir insonga ogʻirlik qilishini endi anglayotgandim. Axir men unga bu gaplarni aytganimda u meni Indila deb oʻylardi va bir yildan beri uni sevardi. Men esa tanishganimizga besh kun boʻldi debman. U menga «Toʻgʻri, sevma, shunday boʻlsa-da, men jimgina sevishda davom etaveraman», degandi. Endi bu gaplarini yaxshiroq tushunayotgandim. U Indilani bir yil jimgina sevgandi, shunday emasmi?
-Shahzodam River, meni koʻrinadigan qilguningizcha uni ushlab turishning bir yoʻlini topa olasizmi?-dedim. -U bilan gaplashib olishim kerak!
River menga qaradi. -Yoʻq, uni xafa qilmayman, soʻz bermayman-dedim. -Soʻz bermayman, chunki soʻz bersam, shu ishning teskarisini qilishim kerak boʻladi. Uni ushlab tura olasizmi?-dedim.
-Buning iloji yoʻq-dedi.
-Uni bir xonaga qamasak-chi?-dedim.
-Bu ahmoqona fikr, Lara-dedi.
-Va biz shu ahmoqona fikrni amalga oshiramiz-dedim.
-Senga qanday ishonay?-dedi.
-Ishonishga majbursiz-dedim.
-Tushunarli-dedi. Keyin Eymerga oʻgirildi. -Maroqli uyqu tilayman, sariqbosh-dedi va Eymer uning nima deganini ham payqab ulgurmasidan uning ensasiga urdi. Insonning ensasida zarba olganda hushidan ketkazadigan tomirlari bor edi, menimcha, River Eymerni shunday hushidan ketkazdi. Ular ham biologiyani bilishar ekan-da! Eymer tap etib yerga yiqildi.
-Qani, doʻstim, menga yordam ber-dedi River Jeraldga qarab.
-Bu ahmoqona fikr soxta malikadan chiqdimi?-dedi Jerald va Riverga Eymerni koʻtarishga koʻmaklashdi.
-Jodugar deyishingizni bilaman-dedim alam bilan.
-U yolgʻiz paytimizda unga jodugar deyishingni bilib qoldi-dedi River.
-Nima?-dedi Jerald. -Unga kim aytdi? Senmi? Sotqin. Jim turolmaysan-a, River?-dedi.
-Mendan bunchalar qoʻrqishingizni bilmagandim-deb kuldim ularning ortidan xonaga kirarkanman.
-U senga qoʻrqoq deyapti-dedi River.
-River, unga sen aytmagan boʻlsang, kim aytdi...-deb oʻylanib turdi. -Biroz oldin bogʻda paytimizda u ham oʻsha yerda edi dema menga, doʻstim-dedi.
-Aynan, qovun tushirgandan keyin aqling ishlaydi, doʻstim-dedi River doʻstim soʻziga urgʻu berib.
-U hammasini eshitdimi?-dedi Jerald.
-Agar chakagingni vaqtida yopmaganimda eshitardi-dedi River.
-Aytsam boʻlarkan, birga bir boʻlardi-dedi Jerald kulgancha. Keyin esa Eymerni yotoqqa yotqizishdi. -Bu sariq ham nega ogʻir? Buni nima bilan boqishgan?-dedi Jerald. Tinch turolmasdi.
-U qoʻymiki, boqasiz?-dedim jahl bilan. River menga oʻgirilib qaradi.
-Uning tarafini olma, Lara-dedi.
-Uning tarafini ol, jodugar-dedi Jerald.
-Menga jodugar demang!-dedim.
-Unga jodugar dema, Jerald-dedi River.
-Uning yonini olma, River-dedi Jerald.
-Istaganini qiladi, shahzoda Jerald-dedim.
-Bu yerda adi-badi aytishishga vaqt yoʻq-dedi River.
-Mendan yashiradigan sirlaringiz bormi?-dedim boyagi suhbatlari esimga tushib.
-Ha, bor, senga aytilmaydigan sirlar-dedi River. Yolgʻon gapirmasdi...
-Ajabo, unga nega jodugar deyishimning sababini aytsammi, River?-deb kuldi Jerald.
-Seni oʻldiraman, doʻstim-dedi River va xonadan chiqib ketdi. Jerald ham ortidan chiqdi. Men ham chiqdim.
-Bu qavat boʻsh-dedi River qolganlarga. Hamma nima qilishini bilmay turgandi. -Istagan xonangizga kirishingiz mumkin. Bir rejam bor va buni ertadan amalga oshiramiz. Hozir esa damingizni oling. Jerald, malika Sindi va Amelia, siz xonalaringizga qaytishingiz mumkin, lekin ertaga ertalab shu yerda boʻlishingiz kerak. Dark va Eymer shu yerda qoladi-dedi qatʼiy ovozda. -Ertaga Larani koʻra boshlaganlar qoʻrqib ketmasin-deb qoʻshib qoʻydi.
-Men shu yerda qolaman, Larani koʻrgim kelyapti-dedi Oppogʻoyim mayin ovoz bilan.
-Men senga...-deb gap boshlagan Riverning gapini boʻldim.
-Unga ogʻir gapirsangiz, hech oʻylab oʻtirmay, sizni yoqib yuboraman, Shahzodam River-dedim. Jim boʻldi. -U qolaman degan boʻlsa, demak, qoladi-deb davom etdim.
-Lara...-dedi River.
-Nima? Men bilan qaysarlik boʻyicha bellashmoqchimisiz? Yoki Ameliani koʻrishni istamaysizmi?-dedim. -Nega bunday qilyapsiz? Siz u bilan yaqinda turmush qurasiz. Oʻz vazifangizni bajarishga majbursiz. Agar uni istamasangiz, buni bu turmushga rozi boʻlishdan oldin oʻylashingiz kerak edi. Boya aytdingiz-ku, oʻsha sevgan ayolingiz, umid qilamanki, Ameliadir. Boʻlmasa, sizni haqiqiy bir yuzsiz sifatida koʻra boshlayman va bilib qoʻyganingiz yaxshi, bu hayotda nafratlanadigan inson turlarimdan biri yuzsizlardir. Agar sevganingiz boshqa biri boʻlsa ham, endi bu sevgini qoʻzgʻab oʻtirishning hojati ham, keragi ham yoʻq. Siz buni Amelia bilan turmush qurishga rozi boʻlmasdan oldin oʻylashingiz kerak edi. U qiz bola, lekin siz inkor qila olardingiz, shunday emasmi? Lekin rozi boʻldingiz. Sabablari esa hech kimni qiziqtirmaydi. Shunday ekan, hozirdan boshlab uning koʻnglini olishga harakat qilasiz. Boʻlmasa, koʻz oldimda bir yuzsizni koʻrganimga amin boʻlaman-deb gapimga nuqta qoʻydim. Hamma tuygʻularini boshqara olishi kerak edi. Tuygʻular boshqarilishi kerak boʻlgan asosiy narsa. Boshqasini sevsa ham, biriga vaʼda berib, uni yarim yoʻlda tashlab ketishga haqqi yoʻq. Bu gaplarni aytganim uchun oʻzimni erkin his qildim, chunki har safar Amelia boʻlgani uchun hech narsa deya olmasdim. Hozir esa meni eshitmayotgandi. River yana ifodasiz qiyofasiga qaradi. Keyin esa bosh chayqadi. Yuzini Ameliaga oʻgirildi.
-Seni Laraning xonasiga olib boraman, Amelia, istaysanmi?-dedi biroz muloyim ovozda. Lekin ovozi ham yuzi kabi ifodasiz edi. Hech boʻlmaganda, gaplarimni tushungandi va qilgan xatosini anglab yetgandi. Amelia unga qaradi. Keyin esa meni qidirgandek atrofga qaradi.
-Lara sizga nima dedi?-deb soʻradi.
-Shunchaki seni qanday qadrlashini koʻrsatdi-dedi. Yolgʻon emasdi, chunki hozirgi gaplaridan men ham shu maʼnoga borardim.
-Shugina gap bu qadar uzun vaqtingizni oldimi?-dedi. Keyin meni atrofdan qaradi. Keyin yana Riverga qaradi. Keyin koʻzlaridan bir tomchi qosh oqib yanoqlariga tushdi. Keyin esa ortidagi eshikka tezda kirib ketdi.
Nima boʻlgandi oʻzi? Riverning eʼtiborini istagan qiz qayerga ketgandi?
-Unga nima boʻldi?-dedim.
-Men ham tushunmadim-dedi River.
-Buni tushunmaydigan darajada uni qadrlaysizmi yoki buni qiladigan darajada uni bir tiyinga olmaysizmi?-degan Darkga qaradim. Nimalar deyapti? -Umid qilamanki, bu birinchi ehtimoldir, chunki ikkinchi ehtimol eng qoʻrqinchlisi, siz uchun-deb qoʻshib qoʻydi. U ham hech narsadan qoʻrqmaydimi? Bu menga birini eslatdi, lekin kulish uchun vaziyatimiz toʻgʻri kelmadi.
-Unga ochiq gapirishini ayting-dedim Riverga.
-Ochiqroq gapir-dedi River.
-Aytyapmanki, hozir afsungar qizning senga nimalar deganini tahmin qilish qiyin emas. Senga uni sevmasang ham, sevgandek koʻrsatishingni imo qildi, shundaymi? Afsungar qiz Oppogʻoy uchun senga iltimos qildi. Sendan sevgi tilandi. Bu qanchalar ogʻirligini tasavvur ham qila olmaysizlar. Afsungar qiz Oppogʻoy uchun sendan sevgi tilandi, shahzoda. Eshityapsanmi? Hozir uni qanchalar yerga urganingizni hech oʻylab koʻrdingizmi?-deb gapini tugatdi. Ming lanʼat! Men buni hech istamagandim.
-U bilan gaplashishim kerak-dedim. -U meni notoʻgʻri tushundi-deb davom etdim.
-Men oʻzim gaplashaman, Lara-dedi River va orqasiga eshik tomon oʻgirildi.
-Menimcha, hozir ikkingiz ham uning yoniga kirmang-dedi Dark. River toʻxtadi. Toʻgʻri aytayotgandi. Hozir kirib, uni yupatishga urinsak, oʻzini battar yerga urilgandek his qilardi.
-U bilan sen gaplashasan-dedim Darkga. Albatta, eshitmadi. -U bilan Dark gaplashsin-dedim Riverga.
-Ammo...
-Ammosi yoʻq. U gaplashadi. Hozir uni yupatadigan emas, oyoqqa turgʻizadigan odam kerak. Men buni qila olardim, ammo u meni koʻra olmaydi. Sizning ozgina qilgan sovuqqonligingiz esa uni battar xafa qiladi, chunki sizni qadrlaydi. Ammo Dark bilan hech qanday aloqasi yoʻq. U mendek gaplasha oladi-dedim. River bir daqiqa jim qoldi.
-Mayli-dedi. Keyin Darkga oʻgirildi. -Lara u bilan sen gaplashishingni istayapti-dedi.
-Yoʻq endi-dedi Dark orqaga qadam tashlab.
-Men ketdim-degan Sindining ovozi eshitildi. Keyin esa bir unga, bir bizga qaragan Jeraldga qaradim. Riverga ishora qildim. River esa Jeraldga ket degandek ishoralar qildi. Jerald ham tezda Sindining ortidan zinalardan ergasha boshladi. -U afsungar qizning dugonasi, sening boʻlajak xotining. Nega men gaplashishim kerak?-dedi.
-Chunki tan olishni istamasam ham, Laraning bir turisan-dedi River. -Ameliani faqat Lara oʻziga keltira olardi, ammo hozir uni Amelia koʻra olmaydi. Shunday ekan, sen gaplashishing kerak-dedi River istamaygina.
-Bor, yoʻqol, xotining bilan oʻzing gaplash-dedi Dark. Bu gapiga kuldim. Rostdan menga oʻxshaydi. Shukurki, ayol kishi emas. Oʻzimga oʻxshagan ayollarni birma-bir oʻldiraman. Men tengsizman!
-Shahzodam River, unga aytingki, agar Amelia bilan gaplashmasa, uni yoqib kul qilaman-dedim qatʼiy ovozda.
-Agar Amelia bilan gaplashmasang, Lara seni...
-Yoqib kul qiladi, tushunarli-dedi Dark qoʻllarini yuqoriga koʻtarib yengildim degandek. U qanchalar menga oʻxshamasin, baribir meni yenga olmasdi. -Agar qiz ichkaridan bundan battar ahvolda chiqsa, bu mening aybim boʻlmaydi-deb ichkariga kirib ketdi.
-Albatta, battar holatda chiqmaydi, chunki sening qanday gaplashishing maʼlum va hech shubha qilma, Amelia sendeklarga qanday javob berishni juda yaxshi biladi. Boʻtirusga aylanib, seni oʻldirish bilan tahdid qiladi-dedim ortidan gapirib qolar ekanman. Bir tomondan kulayotgandim. Bir tomondan Amelia meni notoʻgʻri tushungani uchun pushaymon boʻlayotgandim. Ming lanʼat! Pushaymonlik hissidan nafratlandim!
-Sen xonangda kut, Lara-dedi River.
-Men Sindi bilan Jeraldning yoniga ketdim-dedim va zinalar tomon yugurdim.
-Lara, birovning shaxsiyatiga aralashish yaxshi ish emas-deb qoldi orqamdan.
-Ammo ahmoq doʻstingiz hammasini vayron qilishi ham mumkin-degancha tezda zinalardan tushdim. U meni koʻrinadigan qilguncha men ham tinch turolmasdim axir. Bu kasallik Jeralddan yuqqan boʻlishi mumkin, lekin buni menga yuqtirgan oʻzi boʻlgani uchun ularni poylashimda meni ayblay olmaydi. Battar boʻlsin! Tezda pastga tushdim. Hali Sindining xonasiga borib ulgurishmaganiga aminman.
Ularni topolmay, ortimga qaytayotganimda qorongʻi yoʻlakda ketayotgan malika Sindini va unga bildirmay, ortida yurgan Jeraldni koʻrdim. Ahmoq! Qizning yoniga borish oʻrniga ortida yashirinib yuribdi! Gʻirt ahmoq! Menimcha, Jerald atayin Lara mening sevgi hikoyamni yozsin deb shunday qilyapti! Tezda Jeraldning yoniga bordim. Unga tegishga harakat qildim, ammo qila olmadim. Tega olsam, boshiga bir tepardim. Tezda Sindining oldiga oʻtdim. Qizning yuziga qaradim. Ishonmaysizlar, lekin qizning birinchi marta kulishini koʻrdim. Xuddi haqqi, bu qizda ham kulish rivojlangan ekan. Tovba! Sindi boshini sekin ikki tarafga siltagancha tabassum qilib yurayotgandi. Jeraldning ortida yurganini bilardi va eng muhimi, bilishini bildirmayotgandi. Chunki unga ham Jeraldning ortidan yurishi yoqardi. Jeraldning ketishini istamasdi. Eng muhimi, u ham Jeraldni sevardi... Lekin nozlanish kerak, albatta, men Sindining tarafidaman. Yana biroz bu qovoqbosh Jeraldni ortida itdek yugurtirishi tarafdoriman! Yoʻq, men Jerald tarafman. Qiz nega buncha nozlanadi? Uch yillik sevgi yetmabdimi? Kim bu qorongʻi qiliqni uch yil seva oladi? Albatta, qovoqbosh Jerald bundan mustasno! Yoʻq, men Sindi tarafman. Qiz bola boʻlgandan keyin nozi boʻladi-da. Yoʻq, Jeraldning yonidaman. Hamma qiz ham buncha noz qilishi kerak emas-da. Xuddi hozir tanishib, raqamini surayotgani yoʻq-ku! Uch yil, uzungina uch yil yetmabdimi? Yoʻq, Sindi tarafman. Yoʻq, Jerald taraf. Ey, boshim gangib ketdi. Eng yaxshisi, ularning sevgisi tomondaman. Aynan hozir Jerald Sindining orqasidan qiz bilmaydi deb pisib yuribdi. Qiz esa bilib turib, bilmaganlikka olyapti. Sizlarni bir boplamasammi? Koʻzlarim bilan Jeraldning oyoq kiyimiga qaradim. Unga tega olmasam, sehrim men uchun katta yordam berardi. Birdan Jeraldning oyoq kiyimida kichkina bir alanga paydo boʻldi. Atayin kichik qilgandim. Jerald birdan bir sapchib tushdi.
-Ming laʼnat!-dedi va oyogʻiga qaradi. Tezda olovga oʻchish buyrugʻini berdim. Olov oʻchdi. -Nima, koʻzimga koʻrindimi?-dedi oʻziga oʻzi. Keyin birdan nima qilib qoʻyganini tushungandek boshini koʻtarib Sindiga qaradi. Albatta, qiz uning ovozini eshitgandan keyin oʻzini bilmaganlikka olib, yana sovuqqonlik qilardi. Sindi yuzidagi tabassumni oʻchirib, unga qaradi. Yana Jeraldga sovuqlik bilan qarayotgandi. Jerald qovun tushirganini tushungandi, lekin buni men qilganimni anglay olmaydigan darajada hozir band edi. Anglasa, meni aniq oʻldiradi!
-Ahmoq! Biringiz gapiring hech boʻlmaganda-deb baqirdim. Asablarim buzilgandi. Albatta, meni eshitmay, qoqqan qoziqday bir-biriga qarab turaverishdi.
-Shahzoda Jerald? Bu yerda nima qilyapsiz?-deb soʻradi Sindi jiddiy ovozda. Nozlanmay oʻl! Men ham sevaman deyish shunchalik qiyinmi?
-Men... men...-deb tutila boshladi Jerald. Hayajonga balo bormi? Shunchaki ortidan kelganingni, sevishingni aytishing shunchalik qiyinmi?
-Har doim siz uchun men harakat qilishim kerakmi, ahmoqlar? Shunda ham bir rahmat yoʻq!-deb baqirdim yer tepingancha. Keyin esa yana olovlarimni ishga soldim. Sindining oyogʻi yonida olovlar paydo boʻlganda qiz bir sapchib tushdi va ortga tisarildi. Ortida, albatta, Jerald bor edi. Lekin bu menga yetadimi? Yoʻq! Yana oyogʻi ostida olovlarni yoqdim. Yana battar orqaga tisarildi.
-Malika Sindi-dedi Jerald va uni himoya qilish uchun oʻziga tortdi. Men esa oxirgi hamlamni qildim. Ikkisining oyogʻi tagida ham olovlar paydo qilganimda Sindi ortga battar tisarildi, Jerald esa uni himoya qilish uchun Sindiga yaqinlashdi. Shu payt Sindi koʻylagining orqasidagi etagiga ilashib, birdan yiqildi. Xudo haqqi, buni men qilmadim. Birdan Sindi yiqildi, albatta, Jeraldni ham oʻzi bilan olib ketdi. Sindi Jeraldning ustiga yiqilgandi. Olovlar oʻchdi. Ikkisi bir-biriga qaragancha qotib qolgandi. Jeraldning bir qoʻli ustidagi qizning belida edi. Sindi boshini koʻtardi. Qop-qora sochlari uzun va yoyilgan boʻlgani uchun Jeraldning yuziga toʻkilib turgandi. Bu vaziyatlariga qahqaha otdim. Baribir eshitishmaydi. Jerald quyuq qahvarang koʻzlari bilan Sindining kulrang koʻzlarigs tikilib qolgandi.
Hozir ularning atrofida yer ham aylanmayotganiga aminman. Menga rahmat aytishsin, boʻlmasa, yana oʻn yil yurishardi. Qarib chol-kampir boʻlganda ham bular bir-biriga sevishini ayta olishmasdi. Qasam icha olaman bunga. Ikkisi bir-biriga tikilishdan boshqa ish qilmayotgandi. Sindi sekin qoʻllarini Jeraldning ikki tomoniga tirab biroz tiklangandi, ammo Jeraldning bir qoʻli hali ham qizning belida edi.
-Ajabo, bunday qotib turishdan nima foyda ekanini menga ayta olasizlarmi?-dedim. Baribir eshitishmadi. Eng yomoni endi boʻlgandi. Birdaniga uchta eshik ochilgandi. Ular yiqilgan joydagi uchta eshik. Ming lanʼat! Ichkaridan Damian, Slogan va Soyalar Qiroli chiqqandi. Eng sharmandalisi ham shu emasmi? Battar boʻlishsin! Battar bu hollariga qahqaha otib kuldim.
-Bu yerda nimalar boʻlyapti?-deb vajohat bilan baland ovozda gapirdi Soyalar Qiroli. Sindining birdan oʻtakasi yorilgandi. Otasining ovozini eshitishi bilan bir sapchib tushdi. Otasidan qoʻrqarmidi? Tezda oʻrnidan turdi.
-Sindi, xonanga kir-dedi Soyalar Qiroli. Sindi shunchaki bosh chayqadi va ortiga qaytib, bir xonaga kirib ketdi. Ortiga qaytgandi. Nima, aslida u xonasidan oʻtib ketgandi va Jerald ortidan yurgani uchun yoʻlni uzaytirish maqsadida xonasidan oʻtib ketganmidi? Jerald ham buni payqamadimi? Axir hammani chaqirtirganda Sindini yopish vazifasi unda edi. Demak, Sindini u chaqirmagan. Qizning xonasi qayerda ekanini bilmaydi. Ahmoq! Endi bu ahmoq nima qiladi? Qirol unga boʻgʻib oʻldirmoqchiday qarab turgandi.
-Sen singlimga qanday qilib yaqinlashishga jurʼat qila olasan?-deb Jeraldga otilgan Damianni otasining birgina qoʻl harakati toʻxtatdi. Damian ham yerga qarab turaverdi. Slogan esa boshini hech yerdan koʻtarmasdi. Hammasi otasini koʻrganda yerga qarayotgandi. Bu otasini hurmat qilishganidanmi yoki qoʻrqishganidanmi? Ularning aksiga Jerald yana bezbetlik niqobini taqqandi. Soyalar Qiroliga hech qoʻrquvsiz, tik qarab turgandi.
-Bu qilgan orsiz harakating uchun sendan bir izoh kutyapman, iblis-dedi Soyalar Qiroli. Oʻzingsan iblis, la'nati! Oʻzimni zoʻrgʻa tutib turdim. Bu odamni ham yoqib yuboradiganga oʻxshayman.
-Buning izohi qanday ekanini juda yaxshi bilasiz, qirol Erik-dedi Jerald muloyim, ammo tahdid toʻla ovozi bilan. -Men qizingizni sevaman, garchi u meni rad qilsa ham-dedi. Ahmoq, qani endi shu gaplaringni qizning yuziga ham ayta olsang. -Uning ortidan keldim, u meni haydadi, ammo ketmadim. Keyin esa uni oʻzimga tortdim. Muvozanatni yoʻqotdik va yerga yiqildik. Siz chiqqaningizda, zotan, malika menga kerakli javobni berib oʻrnidan turayotgandi-deb yolgʻon gapirdi. Unga vaziyatni izohlashga majbur edi, chunki qarshisidagi qirol edi, u esa oddiy shahzoda. Shunda ham aybni butunlay oʻz boʻyniga olgandi. Sindiga ayb yuklamagandi.
-U holda nega hali ham qizimni bezovta qilyapsan?-dedi qirol. -Bekorga ovora boʻlasan, men birgina qizimni bir iblisga hech qachon bermayman. Uni oʻzimizdan boʻlgan Soyalardan biriga uzataman. U boshqa qabiladan biriga bormaydi, hech qachon. Hamda bir iblisga hech qachon!-dedi qirol qatʼiy ovozda.
-Oʻzing iblissan, ablah!-deb baqirdim. Jeraldga hali men ham iblis demayman, uning nima haqqi bor! Men ham martabani ulugʻ boʻla turib, unga shahzodam desam, u nega iblis deydi? Iblisingni koʻrsataman senga! Birdan qirolning boshidagi uyquda kiyib yotadigan qalpogʻi yona boshladi.
-Yo Xudo-dedi Jerald. -Lara, bas qil-dedi. Bu yerda ekanimni bilarmidi? Albatta, yoʻlida faqat olovlarni uchratavergandan keyin biladi-da! Qalpoq yonishda davom etdi. -Lara, buni toʻxtat!-dedi Jerald.
-Mayli-dedim va olovni toʻxtatdim. Qirol va oʻgʻillarining vahimalari koʻrishga arzigulik edi. Bunga ham qahqaha otdim.
-Buni kim qildi?-deb soʻradi qirol gʻazab bilan.
-Men qildim-dedi Jerald tezda. Ajaboz sen buni qanday qila olasan, ahmoq Jerald!
-Qanday qilib?-dedi Damian gʻazab bilan unga qaragancha.
-Oddiy, iblislar narigi dunyodan oʻlik ruhlarni chaqirtira oladi. Men ham Lara ismli bir afsungar ruhni chaqirtirdim va unga buyurdim-dedi. Ahmoq! Yoʻq, bu odam rostdan ahmoq! Toʻxta, iblislar oʻlgan ruhlarni chaqirtira oladimi? Birdan nima boʻlganini ham anglay olmay turganimda yoʻlakni Soyalar Qirolining Jeraldga tushirgan tarsakisi ovozi tutdi. Ming lanʼat! Bu odam qoʻlimdan sogʻ chiqmaydi.
-Bunga qanday jurʼat qila olasan, iblis?-dedi. Shu jurʼat qilish masalasida menga yetadigani yoʻq, sizlarga hali koʻrsataman. Yalmogʻizlar Qirolichasi ham, bu ham jurʼat, jurʼat deyaveradi. Jurʼatingiz oʻlsin, ahmoqlar! Endi Qirolga otilmoqchi boʻlganimda Jeraldning toʻxta deb qilgan ishorasi bilan joyimda qoldim. Soyalar Qiroliga qaradi. Endi qahvarang koʻzlarida gʻazab ham bor edi.
-Men nima qilsam ham, sizning menga qoʻl koʻtarishga haqqingiz yoʻq, Qirol Erik. Menga hali oʻz otam ham qoʻl koʻtarmagan, aslida siz bunga qanday jurʼat qilasiz?-deb Qirolning gaplarini ogʻziga tiqdi. Barakalla! -Agar sizni yoqishni reajalashtirganimda edi, oʻsha ruhni toʻxtatmagan boʻlardim. Lekin siz istagan holda boshqa bir qirollik shahzodasiga qoʻl koʻtardingiz. Xoʻsh, oʻz farzandlaringizga ham shunday qilasizmi?-dedi hech ham gaplaridan qoʻrqmay. Mana, mana shu haqiqiy bezbet Jerald. Bu gapidan keyin Damian tezda boshini koʻtardi. Ha, demak, qirol buni haqiqatan ham qilardi. -Yana bir marta menga yoki...-deb toʻxtadi. Gaplarida kinoya bor edi. -Yoki Sindiga qoʻl koʻtarsangiz, ana oʻshanda haqiqiy iblisning qanday boʻlishini sizga koʻrsataman-dedi va oʻgirilib zinalar tomon yurgancha ketdi. Soyalar Qiroli va oʻgʻillari joyida qotgancha qolishar ekan, men sekin Sindining xonasiga kirdim. Eshikdan oʻtib ketgandim. Xonasidagi yotoqda yerdagi boʻshliqqa qaragancha shunchaki oʻtirgandi. Xuddi kimnidir kutayotgandek edi.
-Jerald bunday qilmasligi kerak edi...-dedi sekingina. -Unga bas kelolmaydi-deb davom etdi. Jerald uchun xavotirlanayotgandi. Bu meni kuldirgandi, ammo xona eshigi ochilganda ichkariga kirgan kishi bilan kulishim lablarimda osigʻliq qoldi.
-Qirolim, bu yerda bunday qilmang-degan eshik ortidagi Damianning ovozi bilan eshik yopildi. Ichkariga esa ablah qirol kirib kelgandi. Sindi tezda oʻrnidan sakrab turdi. U... U qoʻrqayotgandi... Lekin bildirmaslik uchun otasining koʻzlariga tik qarayotgandi. Ortida yashirgan qoʻllarining qaltirashini esa faqat men koʻrayotgandim. Bir qoʻlidagi teridan tikilgan tasmani esa endi payqagandim. Qirol Erik unga yaqinlashdi va bir qoʻli bilan qizning iyagini ushladi.
-Bu yerga kelganda ham shoʻxliklaring hech tugamadimi, manjalaqi. Men senga nima degandim? Tinch turasan deganmidim? Men Qirol Yakov bilan kelishuv tuzgunga qadar jim tur demadimmi? Sen esa ikki kun oʻtmay, oʻsha iblis bolasining quchogʻida qoʻlga tushding. Seni bu yerda jazolamay deb oʻylagandim, ammo oʻsha iblisga buncha jasorat qayerdan keldi? Agar sendan umidini uzganda bu qadar jasorat bilan gapirmasdi. U bilan uchrashyapsanmi?-dedi qizini itargancha.
-Lanʼati odam!-deb baqirdim va itarishga urindim, ammo qila olmadim. Sindi esa ifodasiz qarashlari bilan otasiga qarab turaverdi.
-Bezbetlardek qarab turishinga qara-deb siltadi qizini. Keyin esa Sindining qoʻlidagi tasmani oldi. Men oʻylagan narsani qilmaydi, shundaymi? Nimaga Sindi qochmayapti yoki yordam soʻramayapti? -Bu bugunga toʻgʻri kelmaydi-deb kuldi. Keyin esa oʻzining qoʻlidagi uzun qamchini koʻrsatdi. Ming lanʼat!
-U sening qizing, ablah?-deb baqirdim. Men gapimni tugatib ulgurmasimdan Sindining orqasiga oʻtgancha yelkasiga qamchi bilan urgandi. Qamchi kiyimining yelka qismini yirtadigan darajada qattiq tekkandi. Sindi esa tishini tishiga bosib, ifodasiz turgandi? Nega jim turgandi? Uni jim qilayotgan nima edi?
-Yetar!-deb baqirdim va gʻazabdan qaltiray boshladim. Hech qachon bu qadar gʻazablanmagandim. Qirolning ikki qoʻli ham yonishga boshlagandi. Men esa olovlarni battar kuchaytirdim. Qoʻllari yonar ekan, ogʻriqdan baqirdi. Sindi tezda shishada turgan suvni Soyalar Qirolining qoʻllariga sepdi. -Nega toʻxtatding?-dedim.
Yana yoqmoqchi boʻlganimda esa buni Jeralddan koʻrishini, keyin esa Jerald tufayli yana Sindini ayblashi esimga tushib toʻxtadim.
-Manjalaqi-deb Sindining sochlaridan tutib devorga itargancha xonadan otilib chiqib ketdi. Olov oʻchgan boʻlsa ham, qoʻli kuygan boʻlsa, bu ancha vaqtgacha azob berardi. Endi biroz vaqt qamchi ushlolmasdi, ablah! U ketgandan keyin Sindi yana ifodasizlik bilan oʻrnidan turdi. Yelkasi qolayotgandi. Shuning har doim qop-qora kiyinarmidi? Badani qonasa ham, qora rangda bilinmasligi uchun.
-Bunday laʼnati otalarning boridan yoʻgʻi yaxshi!-deb baqirdim. Sindida esa hech qanday oʻzgarish yoʻq edi. Ifodasiz edi. Sochlarini yuzidan tortdi va yotogʻi yonidagi tortmadan bir quticha oldi. Ichidan esa dumaloq idishdagi bir moviy narsani oldi. Keyin esa koʻylagining bir yoqasini tushirgancha otasi qamchi bilan urgan yaraga oʻsha malhamdan sura boshlagandi. Shu qadar ifodasiz va jim ediki, hatto nafas olishi ham eshitilmayotgandi. Shuncha yillar davomida koʻrinmas boʻlishni istagandi, shundaymi? Shuning uchun qayerga borsa ham, oʻzini koʻrmaguncha, ovozi eshitilmasdi. Koʻrinmas boʻlishni istardi, balki...
Ifodasiz edi, ammo chap koʻzidan bir tomchi yosh yanogʻiga suzilib tushganda bir qoʻli bilan artdi va yarasini bogʻlashga urindi. Bir joyda oʻqigandim. «Sukut saqlagan insonlarning ichida oʻzi ham tindira olmagan qichqiriqlari isyon qiladi». Menimcha, uning ham jimligini sababi shu boʻlsa kerak. Shuncha yillar davomida bunga oʻrgangandi va yaralariga oʻzi malham boʻlishni oʻrgangandi. Menimcha, uning jim qolishining boshqa sababi bor edi va shu sababdan Jeralddan uzoq turayotgandi. Men esa buni battar qilgandim. Chorasiz qizni bundan battar ahvolga solgandim. Yana oʻsha ahmoqona pushaymonlik hissi. Men esa uni bizgs yordam berishi uchun majburlagandim. Birdan hiqillab yigʻlay boshlagandi. Keyin esa yana jimib qoldi. Yoshlar esa jimgina yanogʻiga suzila boshlagandi. Ming lanʼat! Bu Soyalar Qirolini ham tovbasiga tayantirmasam, meni Lara Vincent demasinlar!
Tezda xonadan chiqdim va yuqori qavatga koʻtarildim. Men chiqayotganimda bir nechta askar Soyalar Qirolining qichqirigʻini eshitib kelgandi. Albatta, bu qavat beshinchi qavat kabi ovoz oʻtkazmas emas edi. Chiqqan zahotim Riverning xonasiga yugurdim. Chetda devorga suyangancha gʻazab bilan turgan Jeraldni, albatta, koʻrdim. Meni oʻldiradi! Battar boʻlsin! Undan qoʻrqadigan joyim yoʻq! River xonasiga kirganimni payqadi va oʻrnidan turdi.
-Qayerlarda qolding? Jerald seni oʻldirish uchun kutyapti-dedi.
-Bilaman, ammo buni qila olmaydi-dedim. -Xoʻsh, meni qanday koʻrinadigan qilmoqchisiz, Shahzodam River?-dedim unga qarab.
-Mana bu orqali-dedi qoʻlidagi tumorni koʻrsatib. Tumor kumushranf zanjirdan iborat edi. Doira shaklidagi moviy tumor edi. Ichiga toʻq moviy edi. Qaraganingizda xuddi dengizga shoʻngʻigandek boʻlardingiz.
-Nega moviy, nega qizil emas?-dedim atay jigʻiga tegish uchun.
-Chunki men ruhlarni koʻra olaman va tumor mening kuchim orqali ishlaydi. Shu sabab istamasang ham, u moviy tusda-dedi.
-Ajoyib-dedim. Keyin esa taqish uchun qoʻlidan tumorni olmoqchi ekanimda mendan oldin tumorni menga bermay, orqamga oʻtdi. Tumorni taqmoqchi boʻlib qoʻllarini oldimga oʻtkazganida bu vaziyatimiz menga yoqmagan boʻlsa ham, jim qoldim va unga yordam boʻlsin deb sochlarimni tortdim. Tumorni taqqanida qandaydir ogʻirlik his qildim. Muzday qoʻllari boʻynimga tekkandi. Qoʻllari xuds sovuq edi. Uning nafasini esa sochlarimdan his qilayotgandim. Gʻalati boʻlib ketdim. Darrov oʻzimni tortdim.
-Men shahzoda Jerald bilan gaplashishim kerak-dedim alanglagancha. Keyin tezda xonadan chiqib ketdim. Juda qizib ketayotgandim. Nega bunchalik issiq? Xonadan chiqqan zahotim menga qaragan Jeraldni koʻrdim. Ana endi oʻldim! Menga oʻzi issiq-sovuqni koʻrsatib qoʻyadi.
-Shahzoda Jerald-deb kuldim. Qarashlari yumshamadi. Men tomonga gʻazab bilan kelayotganda ortimdagi eshik ochildi va joyida qoldi.
-River yoʻq paytda senga koʻrsatib qoʻyaman, jodugar-dedi.
-Menga jodugar demang-dedim.
-Aytsam, nima qilasan?-dedi. Meni koʻrayotgandi, eshitayotgandi. Ajoyib! Nimasi ajoyib, odam meni oʻldirmoqchi!
-Soyalar Qiroli kabi boshingizni yoqaman-dedim.
-Buni rostdan qildingmi?-dedi River.
-Ha, qildi-dedi Jerald gʻazab bilan.
-Undan keyingilarni siz koʻrmadingiz-da. Oʻsha laʼnati qirolning qoʻllarini boshqa koʻtarolmaydigan qilib yoqdim-dedim. Jerald battar qoshlarini chimirdi. -Siz bilan gaplashib olishim kerak, shahzoda Jerald-dedim
-Nimani gaplashasizlar?-dedi River. Jeraldning tirsagidan ushlagancha xonamga olib kirar ekanman, ortimga aylanib, Riverga qaradim.
-Sir-dedim bir qoʻlimni jim boʻl degandek lablarim ustiga bosib. Nimaga shaʼma qilganimni tushungandi. U mendan sir saqlar ekan, men nega saqlamay? Keyin esa shahzoda Jeraldni ichkariga olib kirdim.
-River endi joyida oʻtirolmaydi-deb kuldi.
-Hozir kulish vaqti emas. Muhim masala bor. Buni boshqalar yonida aytishni istamadim-dedim.
-Toʻgʻri, seni oʻldirishim kerak edi-dedi yana jiddiylashib. Keyin esa men tomonga gʻazab bilan keldi. Birdan meni yelkasiga olgancha koʻtardi va deraza tomonga yura boshladi. Beshinchi qavatdan otish niyati yoʻq, shundaymi?
-Yana biroz koʻrinmas boʻlib qolishni istayman!-deb baqirdim.
-Endi qocha olmaysan, jodugar-dedi.
-Jodugar emasman!-dedim.
-Avlasti!-dedi.
-Avlasti emasman! Men goʻzalman. Goʻzallikning bir badanda yigʻilgan koʻrinishiman-dedim.
-Toʻgʻri, shuning uchun ham oliftasan-dedi.
-Sizchalik emas.
-Gʻururli!
-Oʻzingizni biling.
-Kibrli!
-Siz qandaysiz?-deb baqirdim oynadan yerga qarab osilib turar ekanman. Qoʻrqmadim.
-Qoʻrs!-dedi bu safar.
-Siz ham shundaysiz!
-Qoʻpol!
-Qoʻrs va qoʻpol ikkisi bir maʼnoni anglatadi!
-Hozir muammo shumi?-dedi mening aytadigan gapimni takrorlab.-Ey tovba, men ham sening gaplaringni gapirishni boshladim-dedi gʻazab bilan. -Ahmoq!-dedi. -Yo tovba, bu ham sening gaping-deb toʻxtadi. Bu holiga kuldim. -Meni ham oʻzinga oʻxshatyapsan, jodugar-dedi.
-Hozir meni otib yuborsangiz, Amelia, shahzoda River, Eymer sizni otib yuborishidan xabardorsiz?-dedim.
-Menga farqi yoʻq!-dedi.
-Sizni oʻldirishadi!
-Farqi yoʻq!
-Yoqib kul qilaman!
-Farqi yoʻq!
-Sharmandangizni chiqaraman!
-Qilmagan ishing emas!-dedi. Bu gapiga kuldim.
-Malika Sindi sizni qotil deb bilib, battar sizdan qochadi-deganimda darrov meni derazadan tortib oldi. Keyin esa yergs tushirdi.
-Rostdan shunday qiladimi?-dedi yosh bolalarcha.
-Men qayerdan bilay, ahmoq?-dedim boshiga bir urib.
-Senimi?-dedi.
-Malika Sindi haqida gapim bor!-dedim tezda. Bu safar rostdan meni otib yuboradigandek edi. Toʻxtadi.
-Nima boʻldi?-dedi.
-Siz ketgandan keyin ham shubhalanib oʻsha yerda qoldim va koʻrganlarim meni gʻazablantirdi. Shuning uchun Soyalar Qirolining qoʻllarini yoqdim. Boshqa Sindiga koʻtarilmasin deb-dedim.
-Bu nima deganing?-deb jiddiylashdi.
-U oila ichida shiddat koʻryapti-dedim.
-Bu nima degani?-dedi. Eski zamon odamlari...
-Siz tushunadigan qilib aytganda, otasi uni uryapti-dedim.
-Nima?-dedi birdan.
-Tinchlaning. Sizlar bir ahvolda ekaningizda otasi va akalari chiqdi, toʻgʻrimi? Oʻsha paytda otasining ovozini eshitishi bilan qoʻrqqanidan sapchib tushdi. Buni koʻrdim. Siz sezmadingizmi?-dedim.
-Sezdim, ammo... Ammo bu ablahning bunday qilishi xayolimga ham kelmagandi-deb tezda eshik tomonga yurdi. Yoʻlini toʻsdim.
-Hozir bora olmaysiz. Agar bunday qilsangiz, sizga bularni Sindi aytdi deb oʻylab, uni bundan ham battar ahvolga solishi mumkin. Qizni qamchi bilan urayotgandi. Siz Qirol Erikga qatʼiyat bilan gapirganingiz uchun unga bu jasoratni Sindi bergan deb oʻylab, uni qamchiladi. Xuddi bir hayvondek. Buni aytishni istamasam ham, jim turmayman. Bugun Sindi siz va meni deb shiddat koʻrdi-dedim. -Bunday boʻlishini bilganimda sizni uning yoniga ham yaqinlashtirmasdim-dedim afsusda ekanimni koʻrsatishga harakat qilib.
-Jodugar, xafa boʻlma. Bu yerda mening ham aybim bor. Jim turganimda bunday boʻlmasdi. Sen kerakli ishni qilibsan. Qoʻllari yongan boʻlsa, biroz muddat hech narsa ushlay olmaydi-dedi. Bu gaplar bilan koʻproq oʻzini ovutayotganga oʻxshardi.
-Borligim unga azob berayotgan boʻlsa, men u uchun yana koʻrinmas boʻla olaman-degancha xonadan chiqib ketdi.
Borligim unga azob berayotgan boʻlsa, men u uchun yana koʻrinmas boʻla olaman.
Gapimning davomini eshitmagandi. Borligi unga zarar emasdi. Sindini baxtli qilgan yagona kishi Jerald edi. Faqat u Sindini kuldira olardi. Hech narsa qilmay ham, qizni kuldira olardi, baxtli qila olardi. Men shularni unga aytmoqchi edim. U esa eshitmay chiqib ketgandi. Borligi Sindiga azob bermayotgandi, borligi baxt ulashayotgandi. U qarorini bergsn koʻrinadi. Menga esa jim qolish tushadi. Balki Sindi shunda tinch boʻlar...
Xonamdan chiqdim. Yon tomondagi Eymerning xonasiga kirdim. Kirgan zahotim sakrab turgandi.
-Yo Xudo-dedi. Arvohdek eshiklardan oʻtganimdan keyin qoʻrqadi-da!
-Menman-dedim.
-Lara, men seni koʻryapmanmi yoki tushdamanmi?-dedi.
-Koʻryapsan-deganimda tomogʻini qirdi. Yoniga bordim va qarshisidagi stulga oʻtirdim. -Sen bilan gaplashib olishimiz kerak-dedim.
-Lara, men biroz aqlimni yoʻqotdim. Boyagi gaplarim uchun uzr soʻrayman. Men bunday demoqchi emasdim. Men bunday deyishni hech qachon istamaganman. Men shunchaki uni...
-Eymer-dedim qoʻlidan ushlagancha. Qotib qoldi. -Senga qanchalar ogʻir ekanini tushunmasam ham, koʻryapman. Shuning uchun uzr soʻrashing shart emas. Shunchaki ichingdagilarni aytding va haq eding-deganimda hayron qolgandi. Mendan buni kutmagandi. -Lekin bir joyda yanglishding. Men bu yerga oʻzim istab kelmadim. Toʻgʻri, men boʻlmasam, u yashardi, lekin taqdir shu ekan. Demak, sizga birga boʻlish yozilmagan ekan-dedim. Hech qachon birini ovutib oʻtirmaganman. Haqiqatni yuziga aytish ularni yanada yaxshi qilardi. -Agar menga qaraganingda hamma narsa esinga tushayotgan boʻlsa, men koʻzinga ham koʻrinmayman-dedim.
-Yoʻq, Lara.
-U holda ortiq bunday qilma! Buni aytishni yoqtirmasam ham, men seni yoʻqotishni istamayman, Eymer. Tushunarlimi?-dedim. Keyin esa qoʻllarimni tortdim.
-Lara oʻzingdamisan, isitmang bormi?-deb qoʻlini peshonamga qoʻydi. Bu harakatiga kuldim.
-Men ruhman-dedim.
-Ha, shaffofsan-dedi.
-Uxla unda-dedim yana qoʻpol holimga qaytib.
-Kechirim soʻramaysanmi?-dedi kulib.
-Menga kechirim soʻratadigan erkak hali tugʻilmadi-deb sochlarimni ortimga otdim. Keyin esa oʻrnimdan turdim.
-Bir daqiqaga oʻzgarding deb oʻylabman, tush edi, shekilli-deb kulgan ovozini eshitdim. Endi oʻziga kelib, qilgan ishlaridan pushaymon boʻlayotgandim. Bu men tanigan Eymer. Xonadan chiqdim va yoʻlakda turgan Riverni koʻrdim.
-Xayrli tun-degancha xonamga kulib kirib ketdim. Uning asablarini buzish menga juda yoqadi!
*
Ertalab men Darkning energiyasini yashirgandim, chunki hamma uygʻongandi va sezib qolishlari mumkin edi. Nonushtaga tushish majburiy edi. Men esa ruh boʻlganim uchun chiqmadim. Boʻynimdagi tumorni xonamda qoldirdim va tashqariga chiqdim. Meni hech kim koʻrmasligi kerak edi. Ovqatlanish xonasiga tushganimda hammaning oʻtirganini koʻrdim. Qirol, Qirolicha, River, Gloria, Sindi va uning oilasi, Amelia va uning oilasi, Jerald oʻtirgandi. Ryan bu yerda emasdi, chunki koʻzlari endi koʻrmayotgandi. Jerald va Sindi qarama-qarshi oʻtirgandi. Ajoyib! Jerald esa qizning yuziga ham qaramayotgandi. Sindi esa yaralari qanchalik ogʻrimasin, tik oʻtirgandi. Orada sekin Jeraldga qarab qoʻyardi, ammo Jerald unga bir soniya ham qaramayotgandi. Unga qaramayotganini sezgan Sindining kayfiyati biroz buzilgandi. Oldidagi nonushtasini gʻazab bilan yeya boshlagandi. Endi ularning munosabatiga aralashmayman! Gʻirt yolgʻon! Buni vaqt koʻrsatadi. Hamma jimgina nonushta qilayotgandi. Birdan Amelia qoʻlidagi sanchqi va pichoqni qoʻydi.
-Mening sizlar bilan gaplashadigan muhim bir masalam bor-dedi. Unga qaradim. U rostdan Oppogʻoyimmidi? Men bilgan Amelia bir ogʻiz soʻz ham deya olmasdi. Hamma unga qaradi. -Bu qarorning qanchalar muhim ekanini bilaman, shuning uchun hamma bilan birga gaplashishni istadim. Toʻgʻri, bunga yolgʻiz oʻzim qaror bera olmayman, ammo bu mening hayotim bilan aloqador ekan, men buni toʻgʻri deb bildim-dedi. Nima demoqchi oʻzi? -Men shahzoda River bilan boʻlgan toʻyimizni bekor qilmoqchiman. Hech kim meni bu qarordan qaytara olmaydi. Agar qarorimdan qaytarmoqchi boʻlsangiz, oʻzimni oʻldirishdan ham tonmayman-dedi qatʼiy ovozda va oʻrnidan turgancha xonadan chiqib ketdi. Ogʻzim ochilib qoldi. Bu oʻzimizning Ameliamidi? Eng muhimi, u nega bunday qarorga keldi? Laʼnati Dark, unga nima deding oʻzi?..
Davomi bor...
Hikoyalar_2023🦋

Комментарии

Комментариев нет.