Xabaringiz bor o‘tgan hafta so‘nggida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo chempionatida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Osiyo chempionatida ishtirok etgan va chempion bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U23) haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Yurtboshimiz Vetnamga qarshi bo‘lib o‘tgan final o‘yinini tomosha qilgani haqida ham aytib berdi. "Futbol korruptsiyasiz, adolat bilan qanday natijaga erishish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Osiyo chempionatida qatnashgan terma jamoadagi bolalar jaydari bolalar. Birortasining ortida tanishi yo‘q. Ular milliy terma jamoaning o‘zagi bo‘ladi. Janubiy Koreyani yutishganida, prezidenti telefon qilib tabrikladi. Vetnamga qarshi o‘yinni yuragimiz orziqib tomosha qildik. Ular vatan uchun maydonda jang qilishdi. Vetnam mensimaydigan raqib emasdi. Ular ham hozir ancha rivojlangan. Endi futbolga o‘zim qarayman", - deya gapirgan Shavkat Mirziyoev.
SPORT. UZ
Xabaringiz bor o‘tgan hafta so‘nggida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo chempionatida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Osiyo chempionatida ishtirok etgan va chempion bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U23) haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Yurtboshimiz Vetnamga qarshi bo‘lib o‘tgan final o‘yinini tomosha qilgani haqida ham aytib berdi.
"Futbol korruptsiyasiz, adolat bilan qanday natijaga erishish mumkinligini ko‘rsatib berdi.
Osiyo chempionatida qatnashgan terma jamoadagi bolalar jaydari bolalar. Birortasining ortida tanishi yo‘q. Ular milliy terma jamoaning o‘zagi bo‘ladi.
Janubiy Koreyani yutishganida, prezidenti telefon qilib tabrikladi.
Vetnamga qarshi o‘yinni yuragimiz orziqib tomosha qildik. Ular vatan uchun maydonda jang qilishdi. Vetnam mensimaydigan raqib emasdi. Ular ham hozir ancha rivojlangan.
Endi futbolga o‘zim qarayman", - deya gapirgan Shavkat Mirziyoev.