IDRIS ALAYHISSALOM Idris (Axnux yoki Uxnux yoki Xanuf) Ibn Yard Ibn Maxloyil Ibn Kaynon Ibn Anush Ibn Shis Ibn Odam alayhissalom. Idris alayhissalom ga Allox taolo ning kitoblari, islom dinining sunnatlari, Odan va Shis alayhissalom ning sahifalarini koʻp bora mutoala qilgani uchun "IDRIS" ismi berilgani rivoyat qilinadi. Idris alayhissalom oq tanli, uzun boʻyli, keng koʻkrakli, qattiq soqolli, yirik suyakli, chiroyli yuzli edi. Idris alayhissalom Odam alayhissalom dan keyin qalam vositasida ilk marta yozuv yozgan, ilk marotaba yulduzlar va xisob ilmini koʻzdan kechirgan zot edi. Oʻtgan davrdagi barcha ilmlarni egallagan edi. U tikuvchi edi. Birinchi bo'lib qoʻliga igna ip olgan kiyim tikib kiygan kishi edi. Undan avvalgilar hayvonni terisini kiyishardi. Idris alayhissalom koʻp ibodat qilardi. Odam Va Shis alayhissalom lardan soʻng Idris alayhissalom ga payg'ambarlik berildi. Unga oʻttiz sahifa nozil qilindi. Idris alayhissalom qavmini butlarga sajda qilishdan qaytarib Allohga ibodat qilishga chaqirdi. Biroq ular Idris alayhissalom ni yolgʻonchiga chiqardilar. Idris alayhissalom ni soʻzlariga ming kishigina ishonib unga ergashdi. Idris alayhissalom birinchi bo'lib Qobil oʻgʻillari bilan jang qilgan, ulardan asir olib, ozod qilgan. Idris alayhissalom koʻkka ko'tarilishidan oldin oʻgʻli Mattu Shaloxni oʻziga xalifa va axli oilasiga bosh etib tayinladi. Allox taolo Qobil oʻgʻillari bilan birga boʻlganlarni azobga duchor qilishini aytdi va qavmini bunday oqibatdan ogox etdi. Ularga ibodatlarida ixlosli boʻlishlarini tavsiya etdi. Shundan so'ng Alloh taolo Idris alayhissalom ni juda yuksak maqomga koʻtardi. Ummu salamaning bildirishicha Idris alayhissalom oʻlim farishtasining doʻsti edi. Undan jannat va jahannamni koʻrsatishni iltimos qildi. Farishta uni yuksakka olib chiqdi . Idris alayhissalom jahannamni koʻrib qoʻrqdi, oʻzini yoʻqotayozdi. Oʻlim farishtasi qanoti bilan toʻsib, "uni koʻrdingmi" deb so'radi. Idris alayhissalom "xa bu kungacha uni koʻrmagan edim" dedi. Farishta Idris alayhissalom ni jannatga olib bordi. Undan "uni ko'rdingmi" deb so'radi. Idris alayhissalom "ha qasamki bu yer jannatdir" dedi. Oʻlim farishtasi aytdi "endi koʻrganingga bor!" Idris alayhissalom hayron bo'lib qayerga borishini soʻradi. "Qayerda boʻlishni istasang shu yerga bor" dedi. "Yoʻq" dedi Idris alayhissalom. Qasamki men u yerga kirsam chiqmasman! Oʻlim farishtasiga: "sen uni u yerga qoʻyma! U yerga kirgach, xech kim uchun u yerdan chiqish yoʻqdir" deyildi. Idris alayhissalomdan soʻng uning oʻgʻli Mattu Shalox Alloxga ibodat qilishda davom etdi. Otga minib jang qilishda, Alloxga ibodat qilishda, kundalik amallarida ajdodlarining yoʻlidan borgan muborak zot edi. Peshonasida payg'ambarlik nuri porlab turardi. Mattu Shalox vafotidan oldin oʻgʻli lamakni oʻrniga qoldirdi va ajdodlarining tavsiya amallarini oʻgʻliga aytib, 917 yoshida vafot etdi. *** Lamak ham Allohga ibodat etishda davom etdi. Qavmiga Qobil oʻgʻillaridan yiroq bo'lishni tayinladi. Biroq qavmi Lamakni soʻzini tinglamadi. Barchasi oʻtirgan manzillaridan Qobil oʻgʻillari joylashgan yerga tushdilar. SHIS alayhissalom oʻgʻillari Qobil qizlariga uylanganda, Jobir ismli zoʻravomlar tugʻilib koʻpaydi. Lamak oʻlim to'shagida yotganida oʻgʻli Nux alayhissalom bilan nevaralari Som, Xom va Yofasni hamda ularning ayollarini chaqirdi. Togʻda Shis oʻgʻillaridan sakkiz jondan boʻlak kimsa qolmagan, barchasi Qobil oʻgʻillari oldiga tushib ketgan edi. Lamak, xuzuriga kelganlar uchun duo qildi va yigʻladi: "Bizdan mana shu sakkiz kishidan boshqa kimsa qolmadimi? Odam Va Xavvoni yaratgan, soʻng bu ikkisidan farzandlarni koʻpaytirgan Alloxdan soʻraymanki, sizni bu yomon ayol xastaligidan oʻzi asrasin. Sizga otamiz Odam alayhissalom ning barakasini bersin. Ogʻillaringizga hukmdorlik nasib qilsin. Ey, Nux! Koʻrib turganingdek bu yerda Bizdan oʻzga kimsa qolmagan. Bundan aslo qoʻrqma va bu gunohkor qavmning ortidan aslo ketma. Oʻlganimda meni Kanza gʻoriga dafn et. Allox taolo kemaga chiqishingni iroda qilganida otamiz Odamning jasadini ham kemangga yukla. Uni kema ustki qavatining oʻrta qismiga qoʻy. Sen va oʻgʻillaring kemaning sharqiy tomonida bo'lishsin. Xotining va kelinlarning kemaning kemaning gʻarbiy tomonida bo'lishsin. Na siz xotinlaringizga yaqinlashasiz, na xotinlaring sizga. Kemadan chiqqunga qadar ular bilan birga oʻtirmaysiz, birga yemaysiz , ichmaysiz. Toʻfon tinib kemadan tushganingizda, Odam ning jasadi oldida namoz oʻqi. Soʻng katta oʻgʻling Somga maslahat qilki, Odamning jasadini yerning oʻrtasiga olib borib koʻmsin. Oʻgʻillaringni birini unga qarab koʻz quloq boʻlib turishini buyur. Unga aytki hayotini Allox uchun bagʻishlasin. Turmush qurmasin, uy qurmasin, qon toʻkmasin. Na yuruvchilargan va na uchuvchilardan bo'lsin. Shubhasiz Alloh taolo farishtalardan birini yoʻllab, yerning oʻrtasini ustunini ko'rsatadi" dedi. Nuh va uning oʻgʻillari unga janoza oʻqidilar. U vafot etganda 777 yoshda edi. MANBA: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXI kitobi Bizga qoʻshilish👇 Telegramda: Payg'ambarlar tarixi @paygambarlar_tarihi Iymon_uzb @islom_iymonn Muhammad(s.a.v) @Muhammad_paygambar Saxixul Buxoriy @oltin_silsila Savollar va takliflar uchun @ibn_xasan Odnoklassnikida👇 https://ok.ru/group/59159840227382
payg'ambarlar tarixi
Paygʻambarlar tarixi:
IDRIS ALAYHISSALOM
Idris (Axnux yoki Uxnux yoki Xanuf) Ibn Yard Ibn Maxloyil Ibn Kaynon Ibn Anush Ibn Shis Ibn Odam alayhissalom.
Idris alayhissalom ga Allox taolo ning kitoblari, islom dinining sunnatlari, Odan va Shis alayhissalom ning sahifalarini koʻp bora mutoala qilgani uchun "IDRIS" ismi berilgani rivoyat qilinadi.
Idris alayhissalom oq tanli, uzun boʻyli, keng koʻkrakli, qattiq soqolli, yirik suyakli, chiroyli yuzli edi.
Idris alayhissalom Odam alayhissalom dan keyin qalam vositasida ilk marta yozuv yozgan, ilk marotaba yulduzlar va xisob ilmini koʻzdan kechirgan zot edi. Oʻtgan davrdagi barcha ilmlarni egallagan edi.
U tikuvchi edi. Birinchi bo'lib qoʻliga igna ip olgan kiyim tikib kiygan kishi edi. Undan avvalgilar hayvonni terisini kiyishardi. Idris alayhissalom koʻp ibodat qilardi.
Odam Va Shis alayhissalom lardan soʻng Idris alayhissalom ga payg'ambarlik berildi. Unga oʻttiz sahifa nozil qilindi.
Idris alayhissalom qavmini butlarga sajda qilishdan qaytarib Allohga ibodat qilishga chaqirdi. Biroq ular Idris alayhissalom ni yolgʻonchiga chiqardilar. Idris alayhissalom ni soʻzlariga ming kishigina ishonib unga ergashdi.
Idris alayhissalom birinchi bo'lib Qobil oʻgʻillari bilan jang qilgan, ulardan asir olib, ozod qilgan.
Idris alayhissalom koʻkka ko'tarilishidan oldin oʻgʻli Mattu Shaloxni oʻziga xalifa va axli oilasiga bosh etib tayinladi. Allox taolo Qobil oʻgʻillari bilan birga boʻlganlarni azobga duchor qilishini aytdi va qavmini bunday oqibatdan ogox etdi. Ularga ibodatlarida ixlosli boʻlishlarini tavsiya etdi. Shundan so'ng Alloh taolo Idris alayhissalom ni juda yuksak maqomga koʻtardi.
Ummu salamaning bildirishicha Idris alayhissalom oʻlim farishtasining doʻsti edi. Undan jannat va jahannamni koʻrsatishni iltimos qildi. Farishta uni yuksakka olib chiqdi . Idris alayhissalom jahannamni koʻrib qoʻrqdi, oʻzini yoʻqotayozdi. Oʻlim farishtasi qanoti bilan toʻsib, "uni koʻrdingmi" deb so'radi. Idris alayhissalom "xa bu kungacha uni koʻrmagan edim" dedi.
Farishta Idris alayhissalom ni jannatga olib bordi. Undan "uni ko'rdingmi" deb so'radi. Idris alayhissalom "ha qasamki bu yer jannatdir" dedi. Oʻlim farishtasi aytdi "endi koʻrganingga bor!" Idris alayhissalom hayron bo'lib qayerga borishini soʻradi. "Qayerda boʻlishni istasang shu yerga bor" dedi. "Yoʻq" dedi Idris alayhissalom. Qasamki men u yerga kirsam chiqmasman!
Oʻlim farishtasiga: "sen uni u yerga qoʻyma! U yerga kirgach, xech kim uchun u yerdan chiqish yoʻqdir" deyildi.
Idris alayhissalomdan soʻng uning oʻgʻli Mattu Shalox Alloxga ibodat qilishda davom etdi.
Otga minib jang qilishda, Alloxga ibodat qilishda, kundalik amallarida ajdodlarining yoʻlidan borgan muborak zot edi. Peshonasida payg'ambarlik nuri porlab turardi.
Mattu Shalox vafotidan oldin oʻgʻli lamakni oʻrniga qoldirdi va ajdodlarining tavsiya amallarini oʻgʻliga aytib, 917 yoshida vafot etdi.
***
Lamak ham Allohga ibodat etishda davom etdi. Qavmiga Qobil oʻgʻillaridan yiroq bo'lishni tayinladi. Biroq qavmi Lamakni soʻzini tinglamadi. Barchasi oʻtirgan manzillaridan Qobil oʻgʻillari joylashgan yerga tushdilar.
SHIS alayhissalom oʻgʻillari Qobil qizlariga uylanganda, Jobir ismli zoʻravomlar tugʻilib koʻpaydi.
Lamak oʻlim to'shagida yotganida oʻgʻli Nux alayhissalom bilan nevaralari Som, Xom va Yofasni hamda ularning ayollarini chaqirdi. Togʻda Shis oʻgʻillaridan sakkiz jondan boʻlak kimsa qolmagan, barchasi Qobil oʻgʻillari oldiga tushib ketgan edi. Lamak, xuzuriga kelganlar uchun duo qildi va yigʻladi: "Bizdan mana shu sakkiz kishidan boshqa kimsa qolmadimi? Odam Va Xavvoni yaratgan, soʻng bu ikkisidan farzandlarni koʻpaytirgan Alloxdan soʻraymanki, sizni bu yomon ayol xastaligidan oʻzi asrasin. Sizga otamiz Odam alayhissalom ning barakasini bersin. Ogʻillaringizga hukmdorlik nasib qilsin. Ey, Nux! Koʻrib turganingdek bu yerda Bizdan oʻzga kimsa qolmagan. Bundan aslo qoʻrqma va bu gunohkor qavmning ortidan aslo ketma. Oʻlganimda meni Kanza gʻoriga dafn et. Allox taolo kemaga chiqishingni iroda qilganida otamiz Odamning jasadini ham kemangga yukla. Uni kema ustki qavatining oʻrta qismiga qoʻy. Sen va oʻgʻillaring kemaning sharqiy tomonida bo'lishsin. Xotining va kelinlarning kemaning kemaning gʻarbiy tomonida bo'lishsin. Na siz xotinlaringizga yaqinlashasiz, na xotinlaring sizga. Kemadan chiqqunga qadar ular bilan birga oʻtirmaysiz, birga yemaysiz , ichmaysiz. Toʻfon tinib kemadan tushganingizda, Odam ning jasadi oldida namoz oʻqi. Soʻng katta oʻgʻling Somga maslahat qilki, Odamning jasadini yerning oʻrtasiga olib borib koʻmsin. Oʻgʻillaringni birini unga qarab koʻz quloq boʻlib turishini buyur. Unga aytki hayotini Allox uchun bagʻishlasin. Turmush qurmasin, uy qurmasin, qon toʻkmasin. Na yuruvchilargan va na uchuvchilardan bo'lsin. Shubhasiz Alloh taolo farishtalardan birini yoʻllab, yerning oʻrtasini ustunini ko'rsatadi" dedi. Nuh va uning oʻgʻillari unga janoza oʻqidilar. U vafot etganda 777 yoshda edi.
MANBA: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXI kitobi
Bizga qoʻshilish👇
Telegramda:
Payg'ambarlar tarixi
@paygambarlar_tarihi
Iymon_uzb
@islom_iymonn
Muhammad(s.a.v)
@Muhammad_paygambar
Saxixul Buxoriy
@oltin_silsila
Savollar va takliflar uchun
@ibn_xasan
Odnoklassnikida👇 https://ok.ru/group/59159840227382